T/r
|
Xo‘jalik
operatsiyasining
mazmuni
|
So‘mma,
so‘m
|
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
Debet
|
kredit
|
1
|
Kompensatsiya to‘lash uchun bankdan kassaga pul mablag‘lari olindi
|
280 000
|
5010
|
5110
|
Chek, bank ko‘chirmasi, kirim kassa orderi, hisoblash qaydnomasi, limit-zabor kartalari
|
2
|
Me’yor doirasida kompensatsiya hisoblanishi va to‘lanishi aks ettirildi
|
220 220
|
9430
|
5010
|
Chiqim kassa orderi, to‘lov topshiriqnomasi, Qayta baholash qaydnomasi, schot fakturalar
|
3
|
Me’yordan yuqori kompensatsiya hisoblandi va to‘landi
|
50 780
|
9430
6710
|
6710
5010
|
Buxgalteriya hisob-kitobi, inventar kartochkalar, moliyaviy hisobot shakllari
|
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalarni to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditor korxona rahbariyatiga kompyuterga amortizatsiya hisoblashning qaysi usulidan foydalanishni tavsiya etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi?
A. Kumulyativ usulni.
B. Ishlab chiqarish usulini.
C. Qoldiqli kamayish usulni.
D. To‘g‘ri chiziqli usulni.
E. A va B.
2. Auditor korxona asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar raqamiga oid ma’lumotni qaysi hujjatdan oladi?
A.AV-3 shakl.
B. AV-2 shakl.
C. AV-7 shakl.
D. AV-6 shakl.
E. AV-1 shakl.
3. Auditor asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanganda tugatish qiymati hisobga olinmaganligini aniqladi. Ushbu holatda asosiy vositaga qaysi usulda amortizatsiya hisoblangan bo‘lishi mumkin?
A. Kumulyativ usul.
B. Ishlab chiqarish usuli.
C. Qoldiqli kamayish usuli.
D. To‘g‘ri chiziqli usul.
E. A va B.
Debet'>4. Kam chiqqan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda korxona buxgalteri uni qaysi buxgalteriya schotlarida aks ettirishi lozim?
A. Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi”,
Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”
B. Debet 9410-“Realizatsiya bo‘yicha xarajatlar”,
Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”
C. Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar”,
Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”
D. Debet 9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”,
Kredit (0110-0190)-“Asosiy vositalarning tegishli hisabvaraqlari”
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
5. Hisobot davri mobaynida 480000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 80000, 2-yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4-yilda – 80000, 5-yilda - 100000 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 4-yilda jamg‘arilgan jami amortizatsiya miqdori qanchaga teng bo‘ladi?
A. 36000;
B. 38000;
C. 40000;
D. 44000;
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
6. Auditorlik tekshiruvi jarayonida quyidagilar aniqlangan: balans qiymati 120000 so‘m bo‘lgan kompyuter hisobdan chiqarilgan, eskirish qiymati 30000 so‘m. Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so‘m. Moliyaviy natija qanchaga teng bo‘ladi?
A. 56000;
B. 88000;
C. 90000;
D. 96000;
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |