Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Download 370,61 Kb.
bet17/17
Sana22.06.2022
Hajmi370,61 Kb.
#691326
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
20-variant
1-savolga javob:
Xo‘jalik mablag‘lari va uning manbalari xo‘jalik jarayonida doimo harakatda bo‘ladi. Sodir bo‘layotgan jarayonlarning har birini o‘z vaqtida hisobga olib borish zarurdir. Chunki har kuni korxonada ko‘plab xo‘jalik muomalalari amalga oshiriladi, bularning ta’sirida xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarish oqibat natijada buxgalteriya balansining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Lekin balansning tengligi saqlanib qolinadi. Bu mablag‘lar holatini balans usuli bilan umumlashtirishning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Xo‘jalik muomalalari natijasida balansda quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin:



  1. Aktiv tomonda ko‘payish, aktiv tomonda kamayish,


  2. Passiv tomonda ko‘payish, passiv tomonda kamayish;


  3. Aktiv tomonda ko‘payish, passiv tomonda ko‘payish;


  4. Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.


    Balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aktiv va passiv qismlarning tengligini saqlaydi. Chunki har bir xo‘jalik muomalasi ikki yoqlama yozuv asosida – bir hisobvaraqning debetida, ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.

2-savolga javob:
Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi. Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi
ladi.

Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.


Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftarini yuritadi, u raqamlanishi, ip bilan tikilishi va surg’uchli yoki mastikali muhr bilan muhrlanishi kerak. Kassa daftaridagi varaqlar miqdori mazkur tashkilot yoki yuqori turuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Byudjet muassasalariga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari hisobini kassir Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha maxsus daftarda yuritadi.
Byudjet hisobidagi muassasalarga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan taqdirda ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat boʻyicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi. (OʻzR AV 05.03.2004-y. 565-5-son bilan roʻyxatga olingan OʻzR MBB Qarori tahriridagi xat boshi)
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida sharikli ruchka, siyohqalam yoki siyoh bilan 2 nusxada amalga oshiriladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari qirqiladigan boʻlishi kerak, ular kassirning hisoboti boʻlib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqamlar bilan belgilanadi.
Kassa daftarida oʻchirishlar va taʼkidlanmagan tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek, bosh buxgalterining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat boʻyicha pul olingani yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar koʻchirma nusxasini) topshiradi.
Agar korxonalarda har kuni jami 200 soʻmlikka qadar operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marotaba tuzilishi mumkin.
Tashkilotlarda kassir roziligi va kassa hujjatlarining toʻliq saqlanishini taʼminlash sharti bilan kassa daftari avtomatlashtirilgan usulda yuritilishi mumkin, bunda uning varaqlari “Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammasi koʻrinishida shakllantiriladi. U bilan bir vaqtda “Kassir hisoboti” mashinogrammasi shakllantiriladi. Tilga olingan ikkala mashinogramma keyingi ish kuni boshlanishiga tuzilishi, bir xilda mundarijaga ega boʻlishi va kassa daftari shaklida koʻzda tutilgan barcha rekvizitlarni oʻz ichiga olishi kerak. Ushbu mashinogrammalarda kassa daftari varaqlarini raqamlash yil boshidan oʻsib borish tartibida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
“Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammasida har bir oy uchun oxirida har bir oy uchun kassa daftari varaqlarining umumiy miqdori, taqvimiy yil uchun – oxirida bir yil uchun kassa daftari varaqlarining umumiy miqdori avtomatik tarzda bosiladi.
“Kassa daftarining suqma varag’i” va “Kassir hisoboti” mashinogrammalarini olganidan keyin kassir kassa daftari va kassir hisoboti toʻg’ri tuzilganini tekshirishi, ularni imzolashi va kassa daftarining suqma varag’iga imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga topshirishi shart.
Saqlanishini taʼminlash maqsadida va mashinogrammadan foydalanish qulay boʻlishi uchun “Kassa daftarining suqma varag’i” yil davomida kassir tomonidan іar bir oy uchun aloіida saєlanadi. Taєvimiy yil tugagach (yoki zarurat tug’ilishiga qarab) “Kassa daftarining suqma varag’i” mashinogrammalari xronologik tartibda kitobcha qilinadi. Yil uchun varaqlarning umumiy miqdori korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi va daftar surg’uchlanadi.
Kassa daftarini toʻg’ri yuritish ustidan nazorat qilish tashkilot bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
Chiqim kassa orderi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda oluvchining tilxati bilan tasdiqlanmagan kassadan pul berilishi kassadagi naqd pullar qoldiјini tasdiqlash uchun qabul qilinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undiriladi. Kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va daromadga hisoblab oʻtkaziladi.
Katta kassir ish kuni boshlanishidan oldin boshqa kassirlarga kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftarida imzo chekdirgan holda chiqim operatsiyalari uchun zarur naqd pul summasini boʻnak tarzida beradi.
Download 370,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish