Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt
1000 000 600 000
540 000540 000
Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob»
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi.
170 000 – 120 000 = 50 000
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi
kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli
schyotlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «qizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi.
2. javob: O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi. Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so’ng, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo’lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi:
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani va shu kabilar uchun to’lanadigan haq);
- ish haqini yig’ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun;
- barcha turdagi qo’shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani bo’yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;
- o’tgan oy bo’yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun;
- ijro varaqalari bo’yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari;
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo’yicha to’lov qaydnomaslari;
- rejasiz avanslar berish bo’yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo’lib hisoblanadi, chunki u har bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, to’lov va ushlanmalar turlari bo’yicha tuziladi. Тo’lov qaydnomasi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat:
- to’lov turlari bo’yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo’yicha;
- to’lov va zachet turlari bo’yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning debet oboroti;
- qo’liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi – 6710 schyotning kredit saldosi.
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko’rsatkichi pirovard hisoblashish bo’yicha to’lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qo’llaniladi: - hisoblashish-to’lov qaydnomaslarini tuzish yo’li bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va to’lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o’zida to’lashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to’lanadi);
- hisoblash qaydnomasini tuzish yo’li bilan, to’lash esa to’lov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi;
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo’liga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yo’li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun to’lov qaydnomasi tuziladi.
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun bo’yicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o’rtacha ish haqi, rag’batlantiruvchi to’lovlar, kompensatsiya to’lovlari kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga o’tkazilib, keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yo’naltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o’z navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo’yicha yig’ma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar bo’yicha yig’ma» ishlov berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi. Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning ma’lumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari bo’yicha ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig’ini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi to’g’risidagi ma’lumotnoma 6410-schyotning kredit ma’lumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti bo’yicha; 7-qaydnomasga – 4710-schyotning krediti bo’yicha, 6990-schyotning krediti bo’yicha yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |