pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga kelishini taʻminlash;
talabalarda madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
hamkorlik va o‘zaro tenglikka asoslangan muhitni yaratish.
HTTini qo‘llashda talabalar quyidagi shakllarda taʻlim oladilar:
jamoada;
kichik guruhda;
juftlikda
variant: Jamoada taʻlim olish. Har bir talabaning yutuqlaridan jamoa xabardor bo‘ladi, chunki jamoa har bir talaba tomonidan o‘quv materialining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishidan manfaatdor. Zero, jamoaning muvaffaqiyati har bir talaba va uning yutug‘iga, jamoa oldiga qo‘yilgan muammoning yechimiga bog‘liq.
variant: Kichik guruhda taʻlim olish. Talabalar 4-5 nafardan bo‘lib, kichik guruhlarga birlashib, blok holida berilgan o‘quv materiali ustida ishlaydi. Har bir talaba material ustida alohida ishlaydi. So‘ngra bir guruhdagi talabalar boshqa guruhlarga 1 nafardan bo‘lib o‘tishadi va o‘zlari o‘rgangan material bo‘yicha ekspert sifatida tengdoshlariga maʻlumot bergandan so‘ng o‘z guruhlariga qaytirib, tengdoshlaridan o‘zlashtirgan maʻlumotlar bilan o‘z jamoasi aʻzolarini tanishtiradi. Bunda sheriklarni diqqat bilan tinglash, zarur maʻlumotlarni o‘z daftarlariga qayd etib borish talab qilinadi. Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi istalgan talabadan o‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollarga javob berishini so‘raydi.
variant. Juftlikda ishlash. Talabalar juftliklarga bo‘linadi. Har bir juftlik yaxlit mavzu bo‘yicha alohida topshiriq oladi. Birgalikda ishlash asosida juftlik aʻzolari o‘zlariga berilgan materialni o‘zlashtiradi. So‘ngra bu haqida jamoa oldida axborot beradi.
HTTni qo‘llashda talabalardan quyidagilar talab etiladi:
sherigi va guruhdoshlari bilan hamkorlikka erishish;
faol ishlash, topshiriqqa nisbatan masʻuliyatli yondashish;
sherigi yoki guruhdoshlariga ijobiy munosabatda bo‘lish;
nafaqat o‘z yutug‘i, balki sherigi va guruhining muvaffaqiyati uchun javobgarlikni his qilish;
juftlikda va guruhda ishlash – jiddiy va masʻuliyatli
mehnat ekanligini his qilish.
HTT «pedagog-talaba hamkorligi tamoyiliga asoslanib,
quyidagi shakllarda qo‘llaniladi: