Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Kurs va bitiruv malakaviy ishlari ilmiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish vositasi



Download 1,57 Mb.
bet49/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

5.2. Kurs va bitiruv malakaviy ishlari ilmiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish vositasi
Kurs ishlari, ularning ahamiyati va bajarish tartibi

«Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega»
Islom Karimov.
M utaxassislik fanlaridan kurs ishi bajarish bakalavriatura talabalari uchun mazkur fanlarni o‘rganishda eng mas’uliyatli vazifa bo‘lib, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, bitiruv malakaviy ishini yozish uchun tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Talaba kurs ishini bajarish davomida o‘zining adabiyotlar ustida mustaqil ishlashini, mantiqiy fikrlashini, olingan ma’lumotlar tahlilini bayon qilishini, xulosalar shakllantira olishini ko‘rsatishi lozim. Shuningdek, hisob, audit va tahlil uslublarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kirita olish salohiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Kurs ishini bajarishdan maqsad:

  • talabaning mutaxassislik bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini sistemalashtirish, mustahkamlash va boyitish;

  • ko‘rilayotgan muammolar va masalalarni o‘rganishda ilmiy izlanish, tadqiq qilish uslubiyotini egallash va mustaqil ishlash mahoratini oshirish;

  • talabalarning bozor iqtisodi sharoitida ishlashga tayyorgarlik darajasini aniqlash.

Talaba kurs ishida o‘zining iqtisodiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashini, mantiqiy fikrlashini, xulosa qila olishni va hisob,hisobot, tahlil va auditni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kirita olishini ko‘rsatishi kerak.
Ish mavzusi talabalarning o‘quv jarayonida kafedrada kelishib, ro‘yxatga qayd qilinadi. Agar talabalarning o‘zlari tanlagan mavzulari bo‘lsa, oldindan kafedrada ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Kafedra bilan kelishilmagan (o‘zboshimcha) mavzu bo‘yicha bajarilgan bosqich ishlari tekshirishga qabul qilinmaydi va himoyaga qo‘yilmaydi. Har qanday mavzuni yoritishda Reupublikamiz Prezidenti asarlari, farmonlari va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir hukumat qarorlari, hamda Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasining mavzularga taalluqli nizom, yo‘riqnoma va boshqa rasmiy hujjatlarini ham o‘rganishlari lozim. Chunki bu manbalarda respublikamiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishdagi asosiy tamoyillari, buxgalteriya hisobi, hisoboti va auditning ahamiyati ularni takomillashtirsh bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar bayon qilingan.
Kurs ishi talabalarning bilimlarini sistemalashtirish, mustahkamlash va chuqurlashtirishni ta’minlaydi.
Ishni bajarish jarayonida talabalar tegishli adabiyotlarni tanlash va ularni o‘rganish, zarur ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, ishlov berish va iqtisodiy tahlil, auditorlik xulosasi hamda shular asosida takliflar yozishni o‘rganadilar. Bu esa o‘z navbatida talabalarga bitiruv ishi yozishda katta yordam beradi.
Kurs ishi tarkibi quyidagi qismlardan iborat:
Sarvaraq, mundarija, matn qismi, adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Mundarijada ish rejasidagi bo‘limlar va bandlar yoritilgan betlar ko‘rsatiladi.
Ishning matn qismi quyidagi bo‘limlardan iborat:
Kirish.

  • Korxonaning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi.

  • Ish mavzusiga oid adabiyotlar sharhi.

  • Asosiy qism.

  • Xulosa va takliflar.

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  • Ilovalar.

Bo‘limlar o‘z navbatida bandlarga bo‘linadi. Bo‘limlar arab raqamlari bilan belgilanib, raqamdan keyin nuqta qo‘yiladi. Bo‘limdagi bandlar har bir bo‘lim ichida alohida raqam bilan belgilanadi. Masalan, «2.1.» ikkinchi bo‘limning birinchi bandi yoki «2.2.» ikkinchi bo‘limning ikkinchi bandi va hokazolar.
Bo‘limlar va bandlarga sarlavha qo‘yilishi kerak. Sarlavhalarda bo‘g‘in ko‘chirish, bo‘yash va tagini chizish mumkin emas.
Kirish qismida tanlangan mavzu asoslanib, maqsadi va bajarilish uslubi bayon qilinishi kerak.
Ishda xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi joylashgan o‘rni, yerdan foydalanishi, asosiy fondlari, mavjud mehnatga yaroqli aholisi va ularning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, ishlab chiqarish va moliya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari kamida so‘nggi ikki yillik hisob ma’lumotlari asosida yoritilishi lozim. Xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifidagi ma’lumotlar tegishli mavzuga mos bo‘lishi ham bayon qilinishi kerak.
Adabiyotlar sharhida mavzu ish rejasidagi savollarga muvofiq yoritiladi. Bunda xo‘jalikning amaliyot materiallari va mualliflarning va talabaning mavzuga taalluqli o‘z fikrlari hamda takliflari batafsil bayon qilinadi. Talaba bu bo‘limda mazkur mavzu bo‘yicha xo‘jalikda hisob ishlarining yuritilishini yoritib, afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatishi kerak. Asosiy qism savollarini yoritishda buxgalterlik hisobiga oid yangi rasmiy materiallardan yo‘riqnoma, nizom va boshqalardan foydalanishi zarur.
Kurs ishining xulosa qismida korxonadagi buxgalteriya hisobining ahvoli to‘g‘risida xulosa qilinib, xulosalar yozilgan ishning matnidan kelib chiqqan chiqqan bo‘lishi kerak. Xulosalar va takliflar aniq, sodda va tushunarli bo‘lib, ularni amaliyotga tadbiq qilish, hisob ishlarini yaxshilash uchun aniq va tezkor ma’lumotlar olishni ta’minlashlari kerak.
Kurs ishidagi ma’lumotlarga sarlavha qo‘yilib, «jadval» degan suzdan keyin berilishi kerak. Jadvalning sarlavhasini bo‘yash va tagini chizish tavsiya etilmaydi. Jadvallarni matnda shunday joylashtirish kerakki, ularni o‘qish qulay bo‘lsin. Agar bunday joylashtirishning imkoni bo‘lmasa, iloji boricha o‘qishga qulay qilib joylashtiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga barcha foydalanilgan kitob yoki risola muallif (mualliflar)ining familiyasi, ismi-sharifi kitob(risola)ning nomi, nashriyoti, nashr qilingan joyi va yili ko‘rsatiladi.
To‘plamlar, gazetalar va jurnallardagi maqolalardan foydalanilganda mualliflarning familiyasi, ismi-sharifi, maqolaning nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi, to‘plam, ro‘znoma va jurnalning nomi esa qo‘shtirnoqqa olinib, nashr qilingan yili, jildi, raqami va betlari ko‘rsatiladi.
Masalan, Qodirxonov S. Auditorlik. «Bozor, pul va kredit» 2005 yil №2, 30-31 betlar.
Foydalanilgan adabiyotlar quyidagi belgilangan tartibda joylashtiriladi. Prezident asarlari. Farmonlar va hukumat qarorlari ro‘yxat boshida ko‘rsatiladi. Prezident va boshqa hukumat rahbarlarining asarlari – mualliflar familiyalari bo‘yicha alfavit tartibda, hukumat qarorlari xronologik tartibda guruhlanib beriladi. Boshqa adabiyotlar ham shu tartibda beriladi.
Ishning asosiy savollarini yoritishda mavzuga tegishli dastlabki hujjatlardan ko‘chirilgan nusxalar, analitik va sintetik hisob registrlari, schetlar aloqasi sxemasi va boshqa hisob-kitoblar ilova qilinishi shart. Bunda xo‘jalikning hisobini va nazoartni tashkil etish taribasiga tanqidiy baho berilib, uni keyinchalik yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish kerak.
Kurs ishi buxgalterlik hisobining ilg‘or shakllari: jurnal-order, kompyuterlashtirilgan shakllarda bajarilishi kerak.
Ish hajmi qo‘lyozma matnida (ilova qilinadigan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari bilan) 40-45 varaq bo‘lishi kerak.
Kurs ishining matni mantiqan ketma-ket bayon qilingan bo‘lib, ma’lumotlar aniq va o‘zaro bog‘langan, asoslangan xulosa va takliflar berilgan bo‘lishi shart.
Talaba kurs ishini o‘quv davrida komissiya oldida himoya qiladi, uning bilimi shunga asosan baholanadi va bu baho uning sinov daftarchasiga qo‘yiladi.
Kurs ishi mavzulari talabalarga tegishli fan bo‘yicha ma’ruza boshlanishida biriktirilib, ular ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishlaridan oldin yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish darsida uslubiy qo‘llanma bilan ta’minlanadilar.
Ish oxirida talabaning imzosi qo‘yilib, bajarilgan vaqti ko‘rsatiladi.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish