Buxgalteriya balansini tuzish



Download 22,98 Kb.
bet4/6
Sana20.04.2022
Hajmi22,98 Kb.
#567936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5402505929889422157

Korxona deganda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan, mustaqil faoliyat yuritadigan xo‘jalik tushuniladi. Ularga zavod va fabrikalar, firmalar, shirkatlar, jamoa xo‘jaliklari, qurilish tashkilotlari, banklar va boshqalar kiradi. Ushbu xo‘jaliklarda yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi.
Byudjet hisobi deganda, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalarda yuritiladigan hisob tushuniladi. Bunday muassasalarga maorif, sog‘liqni saqlash,madaniyat va boshqa ijtimoiy soha muassasalari kiradi. Xalq xo‘jaligi sohalarigi ko‘ra xo‘jalik hisobi alohida shu sohalar hisobidan iborat bo‘ladi, masalan, sanoat sohasi hisobi, qishloq xo‘jaligi sohasi hisobi, savdo sohasi hisobi, maorif sohasi hisobi va boshqalar.
Axborot foydalanuvchilariga ko‘ra xo‘jalik hisobi ichki va tashqi hisobga bo‘linadi. Ichki hisob deganda faqat xo‘jalikning o‘zida yuritiladigan hisob tushuniladi. Ichki hisob adabiyotlarda turlicha nomlangan, masalan, operativ-texnik hisob, boshqaruv hisobi, ishlab chiqarish hisobi. Operativ-texnik hisob deganda xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u yoki bu maqsadda yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‘limini xodimlarni ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‘ini yoki masterining stanoklarni ish holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‘la oladi. Boshqaruv hisobi – bu xo‘jalik rahbariyati talablariga ko‘ra boshqaruvga tegishli qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi. Bunday hisobni xo‘jalikning hamma bo‘limlari olib borishlari mumkin. Ishlab chiqarish hisobi – bu xo‘jalikni ishlab chiqarish jarayonlari va ularning natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja, haqiqiy tannarx usullari. Tashqi hisob deganda xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni tashqi axborot foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Tashqi hisobga qo‘yidagilarni kiritish mumkin: Moliyaviy hisob Statistika hisobi Moliyaviy hisob deganda xo‘jalik moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‘rinishida taqdim etiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar. Moliyaviy hisob ma’lumotlarini keng iste’mol qiluvchi tashqi va ichki foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan. Statistika hisobi deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi. Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‘lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob ma’lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi. Davlat tomonidan tartibga solinishiga ko‘ra xo‘jalik hisobini ikki turga bo‘lish mumkin: Reglamentlashtiriladigan
Reglamentlashtirilmaydigan PDF created with pdfFactory trial version

Download 22,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish