1.Tashqi burun?
Burun bo`shlig`i - suyak va tog`ayli tuzilishga ega bo`lgan tashqi burun – nasus externus ning davomi bo`lib hisoblanadi. Burun bo`shlig`iga kirish teshigi – nares deyiladi Burun bo`shlig`i to`siq - septum nasi vositasida ikki bo`shliqga ajraladi. To`siqning oldingi qismi tog`aydan va orqa sohasi suyakdan tashkil topadi. SHu sababdan to`siqda quyidagi qismlar bo`ladi:
a) pars membranacea – pardali qism;
b) pars cartilaginea – tog`ayli qism;
v) pars ossea – suyakli qism;
g) organum vomeronasale – dimog` – burun hosilasi.
2.Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi, burun yo‘llari. Para-nazal bo‘shliqlar?
Burun bo`shlig`ining boshlanish sohasi uning daxlizi – vestibulum nasi deyiladi. Burun bo`shlig`ining orqa sohasini, xalqumga davom etadigan - orqa teshiklar xoanalar deyiladi. Burun bo`shlig`ining shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplanadi va shilliq bezlari bo`ladi. Shilliq qavat ostida juda ko`p miqdorda venoz tomir chigallari joylashadi. Bu hosilalar havoni tozalaydi, ilitadi yoki sovutadi va asosan burun bo`shlig`ining o`rta va pastki burun chig`anoqlari sohasida joylashadi. Shu sababdan o`rta va pastki havo yo`llarini - nafas sohasi regio respiratoria deyiladi. Yuqori burun yo`llari sohasida hid biluv nervining retseptorlari joylashadi, shu sababdan burun bo`shlig`ining bu sohasini hid biluv sohasi - regio olfactoria deyiladi. Burun bo`shlig`ida quyidagi chig`anoqlar bo`ladi
a) concha nasi suprema – burunning eng yuqori chig`anog`i;
b) concha nasi superior – buruning yuqori chig`anog`i ;
v) concha nasi media – buruning o`rta chig`anog`i;
g) concha nasi inferior – buruning pastki chig`anog`i.
Chig`anoqlar orasidagi quyidagi xavo o`tadigan yo`llar bo`ladi:
a) meatus nasi superior – yuqorigi burun yo`li;
b) meatus nasi medius – o`rta burun yo`li. Bu yo`lda uning daxlizi atrium meatus medii, g`alvirsimon pufakcha – bulla ethmoidalis, g`alvirsimon suyak quyg`ichi infundibulum ethmoidale va shu sohadagi yarimoysimon tirqish hiatus semilunaris lar bo`ladi.
v) meatus nasi inferior – pastki burun yo`li. Bu yo`lda ko`z yoshi knalining nayi ochiladigan tirqish apertura ductus nasolacrimalis ko`rinadi.
g) Burun bo`shlig`ining orqa tarafida havo yo`llari qo`shilib umumiy havo yo`li – meatus nasi communis ni hosil etadi.
d) Umuimy havo yo`li – burun xalqum yo`li – meatus nasopharyngeus ga davom etadi
Burun bo`shlig`i; sagittal
kesimi.
1 - concha nasalis media;
2 - lamina cribrosa;
3 - concha nasalis superior;
4 - sinus sphenoidalis;
5 - foramen sphenopalatinum;
6 - lamina medialis processus pterygoidei;
7 - lamina perpendicularis ossis palatini;
8 - lamina horizontalis ossis palatini;
9 - processus palatinus maxillae;
10 - foramen incisivum;
11 - concha nasalis inferior
12 - processus frontalis maxillae;
13 - os lacrimale;
14 - os nasale;
15 - spina nasalis ossis frontalis;
16 - sinus frontalis;
17 - hiatus maxillaris.
3.Hiqildoq: tuzilishi, bo‘shlig‘i, yoshga doir xususiyatlari?
Hiqildoq IV-VI bo`yin umurtqalari sohasida, bo`yinning oldingi yuzasida joylashgan. Orqa tomondan xalqum, yon tomonidan esa bo`yindan o`tuvchi qon tomir va nervlar bilan o`ralib turadi. Hiqildoq yuqori tomonda til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakga (traxeyaga) davom etadi. Hiqildoq juft va toq tog`aylarning, boylamlarning va mushaklarning birikuvidan hosil bo`ladi. Hiqildoq quyidagi tog`aylardan tashkil topadi:
1) uzuksimon tog`ay - cartilago cricoidea;
2) qalqonsimon tog`ay - cartilago thyroidea;
3) cho`michsimon tog`ay - cartilago arytenoidea;
4) hiqildoq usti tog`ayi - cartilago epiglottis;
5) shoxsimon tog`ay - cartilago corniculate;
6) ponasimon tog`aylar - cartilago cuneiformis.
Uzuksimon tog`ay xalqasimon shaklda bo`lib, hiqildoq asosida joylashgan. Orqa sohasida kengroq lamina, oldingi va yon sohalar yoysimon arcus qismlari bo`ladi. Uzuksimon tog`ay orqa sohasida chumichsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza – facies articularis arytenoidea, oldingi sohada esa qalqonsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza facies articularis thyroidea bo`ladi. Qalqonsimon tog`ay ikki bo`lak laminae dextra et sinistra lar dan hosil bo`lib, ularning o`zaro birikishi natijasida bo`rtib chiqqan burchak prominentia laryngea tashkil bo`ladi. Bu hosila erkaklarda o`tkir
Hiqildoq boylamlari va bo`g`imlari
Do'stlaringiz bilan baham: |