Konstriktorlar: 1) m. cricoarytenoideus lateralis - uzuksimon tog`ay bilan cho`michsimon tog`aylar orasidagi yon (lateral) mushak. Uzuksimon tog`ayning yon yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushaklarning qisqarishi natijasida processus vocalis hamda ovoz boylamlari o`zaro yaqinlanib, ovoz tirqishi torayadi.
2) m. arytenoideus transversus - cho`michsimon tog`aylar orasidagi ko`ndalang mushak. CHo`michsimon tog`aylar orqa yuzalarini o`zaro birlashtiradi. Mushak qisqarishi natijasida cho`michsimon tog`aylar o`zaro yaqinlashadi hamda ovoz tirqishining orqa sohasi torayadi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |