) m. arytenoidei obliqui - cho`michsimon tog`aylar orasidagi qiyshiq mushak. Ko`ndalang mushaklarning orqa yuzasida joylashib, cho`michsimon tog`aylarning asosi bilan, ikkinchi cho`michsimon tog`ayning uchiga yo`naladi. Bu mushak tolalari cho`michsimon va hiqildoq usti tog`aylari orasidagi m. aryepiglotticus mushagi tolalariga davom etadi. Bu mushaklarning qisqarishi - ovoz tirqishini toraytiradi.
4) m. thyroarytenoideus - qalqonsimon mushak orqa yuzasida boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Bu mushak tarkibida qalqonsimon – xiqildoq usti qismlari pars thyroepiglottica bo`ladi
Mushak qisqarishi hiqildoq bo`shlig`ini toraytiradi hamda ovoz boylami bo`shashadi.
II Kengaytiruvchi mushaklar: 1) m. cricoarytenoideus posterior - uzuksimon tog`ay orqa yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushak qisqarishi natijasida mushak o`simtalari o`zaro yaqinlashadi, lekin ovoz o`simtalari va ovoz boylamlari uzoqlashadi, tirqish kenkayadi.
2) m. thyroepiglotticus - qalqonsimon tog`ay ichki yuzasida boshlanib, hiqildoq usti tog`ayiga birikadi. Mushak tolalari xiqildoqga kirish teshigini kengaytiradi.
III Ovoz boylamining tarangligini o`zgartiruvchi mushaklar :
1) m. cricothyroideus - uzuksimon tog`ay bilan qalqonsimon tog`ayning pastki shoxi orasida tortilgan bo`ladi. Bu mushak tarkibida to`g`ri tolalardan hosil bo`lgan qism – pars recta va qiyshiq tolalar dan hosil bo`lgan pars obliqua qismlari bo`ladi.
Mushak qisqarishi natijasida qalqonsimon tog`ayning pastki qismi orqaga tortiladi, yuqori qismi esa oldinga yo`naladi. Natijada ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro uzoqlashadi va boylam taranglashadi.
2) m. vocalis - chin ovoz boylami tarkibida yo`naladi. Qalqonsimon tog`ay ichki yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning ovoz o`simtasining lateral yuzasiga birikadi. Mushak tolalarining qisqarishi natijasida chin ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro yaqinlashadi va ovoz boylami bo`shashadi.
Hiqildoq mushaklari. Hiqildoqni harakatga keltiruvchi mushaklar: m. sternohyoideus; m. sternothyroideus; m. thyrohyoideus.
Ovoz yorig`ini kengaytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus posterior.
Ovoz yorig`ini toraytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus lateralis; m. arytenoideus transversus; m. arytenoideus obliquus.
Ovoz burmalarini (boylamini) taranglaydigan mushaklar: m. thyroarytenoideus; m. vocalis; m. cricothyroideus anterior.
Hiqildoq usti tog`ayini tushuruvchi mushaklar: m. aryepiglotticus; m. thyroepiglotticus.
6. Burun atrofida havo saqlaydigan bo`shliqlar haqida ma'lumot bering?
Burun atrofida havo saqlaydigan bo`shliqlar - sinus paranasales joylashadi. Bu bo`shliqlarning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangangan bo`ladi. Bu bo`shliqlar quyidagilar: 1) yuqori jag` suyagi ichidagi Gaymor bo`shlig`i - sinus maxillaris; 2) peshona suyagi ichidagi - sinus frontalis; 3) g`alvirsimon suyak ichidagi g`alvirsimon katakchalar - cellula ethmoidales. Bu g`alvirsimon katakchalar oldingi cellulae ethmoidales anteriores, o`rta – cellulae ethmoidales mediae va orqa cellulae ethmoidales posteriores katakchalariga bo`linadi.
ponasimon suyak ichidagi - sinus sphenoidalis.
Havo burun bo`shlig`idan xalqumga davom etadi. Xalqumning oldingi sohasida hiqildoq joylashadi.
Sagdullayev Shohruh 103 A BC.
Do'stlaringiz bilan baham: |