Efeb
– qadimgi yunon harbiy askari
Palestrika
- qadimgi yunon gimnastikasining qismi bo’lib, uning asosini kurash
mashqlari tashkil qilgan
Orxestrika
– qadimgi yunon gimnastikasining qismi bo’lib, nafis harakatlarni
rivojlantirish uchun bajariladigan mashqlar
Stadiy
– qadimgi yunon o’yinlarida yugurish masofasi (192 m 27 sm)
Stadiodrom
- qadimgi yunon o’yinlarida 175 mdan 192,27mgacha masofaga yugurish
Diaulos
- qadimgi yunon o’yinlarida 2 stadiy masofaga yugurish
Dolixodrom
- qadimgi yunon o’yinlarida 24 stadiy masofaga yugurish
Pentathlon
- qadimgi yunon o’yinlarida yugurish, sakrash, nayza va disk uloktirish,
kurashdan iborat bo’lgan mashqlar
Pankration
- qadimgi yunon o’yinlarida kurash va qo’l jangidan iborat bo’lgan
mashqlar
Ekexeyria
– qadimgi yunon o’yinlari vaqtida e’lon qilingan muqaddas tinchlik
Do'stlaringiz bilan baham: |