4
-
fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning
rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi
kerak;
-
ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni
tahlil qila olish kerak;
-
amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish
malakalariga ega bo'lishi kerak;
-
fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi
fani o'quv rejasiga kiritilgan pedagogika,
O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologic fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi
va uslubiyati hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanlari bilan uzviy aloqada
o'qitiladi.
Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur o'rin
egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning dolzarb
muammolaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar
ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi
bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», - deb yangi
tariximizga yo'l ochib beidi. Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan
ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin.
Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va sport
tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O'zDJTI) va Respublika oliy o'quv
yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining
jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim
standartlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy tarbiya
va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim hamda amaliy
malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat
harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bin bo'lib
hisoblanadi.
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng avvalo,
milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan
qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat
ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi.
Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport
taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi,
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda
o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi
fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov,
Yu.S.Sholomitskiy, RAbdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va
boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning
asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan
jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish imkoniyatiga ega bo'lmoqdamiz.
Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy
turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi muhim
ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida gi
Qonuni, Ta’lim to’g’risida gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Sog'lom avlod davlat
dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini hayotga singdirish, bolalar sportini
rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari», «Barkamol avlod» sport o'yinlari
hamda talabalar «Universiada»larini tashkil qilishda asosiy maqsad buyuk kelajakning har
tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir. Aholining salomatligini yaxshilash,
barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va
sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda.
5
Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli
mas'uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali kadrlar
tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining mohiyatini
tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan
tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan
madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy tarbiya hamda uning tarixi
asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda.
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar asosida
uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o'quv qo'llanmalar darslik deyarli yo'q.
R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1968) «O'zbekistonda fizkultura tarixi» o'quv
qo'llanmani yaratgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning jismoniy tarbiyasi haqida jiddiy
ma'lumotlar uchramaydi. X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy tarbiya va
sport tarixi» ommabop va o'quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati to'laqonlik
bilan mazmun topmagan. R.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati
tarixini o'rganish masalalari» (1993) o'quv qo'llanmasida asosan xalq og'zaki ijodi
durdonalari, tarixiy muzeylardagi ashyolar, Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalaridagi
ba'zi ma'lumotlarga tayangan holda mazkur muammoga ozroq bo'lsada, oydinlik kiritilgan.
O'zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq (1991) mamlakat
tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklami ochiq-oydin ko'rsatish vazifa qilib qo'yildi.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi
ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi» - degan so'zlari asosida «O'zbekistonning yangi
tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda «Turkiston
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi
davrida» (2-kitob), «Mustaqil O'zbekiston tarixi» (3-kitob) o'z nomi bilan asosli ravishda
ifoda topdi.
Dunyodagi juda ko'p mamlakatlar hozirgi O'zbekiston va uning tarixiy o'tmishini yaxshi
bilishadi va yanada chuqurroq o'rganish maqsadida ularning rasmiy vakillari yurtimizga tez-
tez tashrif buyurishmoqda. Bu jarayonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
va boshqa rasmiy rahbarlar hamda mutaxassislarning 1991- 2011-yillarda chet ellarga qilgan
rasmiy safarlarida, ayniqsa, ko'proq namoyon bo'ldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq I.A.Karimov hozirgi davrga
yuqori baho bergan edi, ya'ni: «Hozir bizning jamiyatimiz tarixiy chorrahada turibdi.
Respublikani milliy-davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamol toptiruvchi o'z taraqqiyot
yo'lini ishlab chiqishimiz zarur. Hozir yashab turganlarning taqdirinigina emas, balki ular-
ning farzandlari, nevaralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog'liq
bo'ladi».
Jahonda buyuk tarixiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yo'lda O'zbekiston
mustaqil davlat
maqomini o'z qo'liga kiritdi. Shu sababdan, mamlakatimiz jahondagi buyuk va eng taraqqiy
etgan mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya
va h.k.) bilan yelkama-yelka bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda. Shular qatorida Arab mamlakatlari,
Hindiston, Yevropa va boshqa mintaqalardagi davlatlar bilan ham madaniy aloqalarni
kuchaytirmoqda.
Milliy madaniyat taraqqiyotida O'zbekiston dunyo davlatlari, hatto butun Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida o'ziga xos xususiyatlar O'zbekiston o'zining geografik va tabiiy
qulayliklariga ko'ra qadimdan insoniyat tarixining ilg'or madaniy markazlaridan joy olib
kelgan.