2. Oshlovchi xossaga ega bo’lgan dorivor preparatlarga to'liq tasnif
Hayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va ko'p atomli fenollar unumidan tashkil topgan hamda o'simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar o'simlikning oshlovchi moddalari - tanidlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oqsil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisi o'zidan suv o'tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatIarga ega bo'ladi. Oshlovchi moddalarning bu xususiyatiga polifenollaming hamma unumlari ega bo'lavermaydi. Terini oshlay oladigan polifenollar zichligi (molekula og'irligi) 500 bilan 3000 o'rtasida bo'lishi lozim. Polifenollar zichligi 500dan kam bo'lganda, ular oqsil moddalar biIan adsorbsiya bo'lsa ham, turg'un birikma hosil qila olmaydi. Zichligi 3000dan ortiq bo'lgan polifenollar esa molekulalarining yirikligi sababli kollagenning fibrinlari orasidan sig'ib o'tib, turg'un birikma berish qiyin. Polifenollar terini oshlash xususiyatiga ega bo'lishi uchun ular molekulasi tarkibida yetarli miqdorda gidroksil guruhi (zichlikning har 100ta birligida kamida 1-2 gidroksil guruhi) bo'lishi ham kerak.
Oshlovchi moddalaming o'simlik to'qimasida qanday sintez bo'lishi to'g'risida turli fikrlar ilgaridan mavjud. Keyingi vaqtda bu fikrlarning bir qismi o'simliklar (ayniqsa, tuban o'simliklar) ustida o'tkazilgan tajribalar asosida tasdiqlandi. Oshlovchi moddalar, asosan, ikkita katta guruhdan - gidrolizlanuvchi va kondensatsiyalanuvchi tanidlardan tashkil topgan. Ular kimyoviy tuzilishiga ko'ra bir-biridan katta farq qiladi. Shuning uchun oshlovchi moddalar bu ikkala guruhining o'simliklardagi biosintezi turli yo'llar bilan horadi. Gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalaming asosiy qismini oksibenzoat va boshqa oksiaromatik
karbon kislotalaming qandlar, ko'p atomli spirtlar hamda shunga o'xshash moddalar bilan hosil qilgan murakkab birikmalari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda o'simliklar to'qimasidagi aromatik birikmalaming biosintezi shu jarayonning oraIiq moddasi bo'lgan shikim kislota orqali borishi to'luq isbotlangan.
Tanidlar o'simliklar hayotida katta rol o'ynaydi, shunday bo'lishiga qaramay, bu masala hozirgacha hal qilingan emas. Oshlovchi moddalar o'simIik to'qimalarida doimiy ravishda kechib turadigan oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida, eng avvalo hujayraning nafas olish jarayonida faol qatnashadi. Demak, tanidlar ma'lum sharoitda oksidlanib, vodorodni hamda qaytarilib kislorodni ajratishi mumkin. Ajralgan vodorod va kislorod esa hujayradagi ferment ta'sirida zarur birikmalaming qaytarilishiga hamda oksidlanishiga sarflanadi. Katexinlar oksidlanib, o'ziga yaqin antotsianlarga aylanadi. Antosianlar esa flavonlarga aylanishi yoki qaytarilib, yana katexinlar hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyani quyidagi sxema bo'yicha tasvirlasa bo'ladi:
Katexinlar ~ Antosianlar ~ Flavonlar
Tanidlar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, ayniqsa ikki pallali o'simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra'noguldoshlar - Rosaceae, dukkakdoshlar - Fabaceae, qoraqatdoshlar -Saxifragaceae, torondoshlar - Polygonaceae, toldoshlar -Salicaceae, qoraqayindoshlar - Fagaceae, pistadoshlar - Anacardiaceae va boshqa oilalar vakillari tarkibida ko'p uchraydi.
Tanidlar, ayniqsa gallalarda, o'sim1iklarning patologik o'simtalarida ko'p (ba'zan 70 foizdan ortadi) ho'ladi. Oshlovchi moddalar o'simliklaming hamma organlarida to'planishi mumkin. Ular daraxt va butalar po'stlog'ida, yog'och qismida hamda ko'p yillik o't o'simliklaming yer ostki organlarida ko'p bo'ladi. Ba'zan tanidlar daraxt va butalar bargida, mevasida, o't o'simliklaming barcha yer ustki qismida ham to'planadi.
Oshlovchi moddalar bakteritsid va fungitsid ta'sirga ega bo'lgani sababli daraxtiaming yog'och qismini tez chirishdan saqlaydi. Agar o'simliklarga tashqaridan ta'sir etilsa (masalan, hasharotlar o'simlikni yaralab-chaqib tuxum qo'ysa yoki g'o'za chekanka qilinsa), zararlangan to'qimalarda unga qarshi ko'p miqdorda tanidlar sintez bo'ladi va to'planadi. Bu hodisaning ro'y berishi ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo'lmasa ham, to'qimadagi mazkur biokimyoviy o'zgarish o'simlikning chetdan bo'lgan tasodifiy ta'sirga o'zini himoya qilish reaksiyasi ekanligi shubhasizdir.
Fosfoenol-piruvat+ D-eritroza-4-fosfat ~ 3-dezoksi -D-arabinogeptuloza-4-fosfatxin kislota ~ 5-degidroxin kislota ~ 5-degidroshikim kislota ~ shikim kislota
Oksibenzoat (n-oksibenzoat, protokatex va gallat) kislotalari shikim kislota molekulasida joylashgan tipidagi kislorodli guruhlarga ega bo'lganligi uchun ular oksidlanish yo'li bilan boradigan degidrotatsiya reaksiyasi orqali shikim kislotadan (balki unga yaqin bo'lgan dolchin kislotadan ham) paydo bo'lishi mumkin. Zamburug'larda (ehtimol yuqori o'simliklarda ham) protokatex va gallat kislotalarning 5-degidroshikim kislotadan sintezlanishi aniqlangan. Gross Neurospora crassaning degidroshikim kislotani to'playdigan mutant formasida 5-degidroshikim kislotaga ta'sir etuvchi degidrogenaza fermenti borligini topdi. Bu ferment 5-degidroshikim kislotani protokatex kislotaga aylantiradi. Bunday aylanishni Gross (3, 4, 5, 6 - C14) - shikim kislota bilan o'tkazilgan tajriba yordarnida isbotladi (sxema). Zaprometov ham maxsus o'tkazilgan eksperimentlar yordarnida choy o'sirnligi to'qimasida oldin gallat kislota, so'ngra gallokatexinlaming shikim kislotadan sintezlanishini ko'rsatib o'tgan. O'simliklardan ajratib olingan oshlovchi rnoddalar tanidlarning bir qancha formalari aralashmasidan iborat, shu sababli ular amorf kukun (poroshok) holida bo'ladi. Sof holda ajratib olingan ba'zi kornponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo'ladi. Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va sirka kislotaning etil efirida yaxshi, boshqa organik eritrnalarda yornon eriydi yoki butunlay erirnaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo'ng'ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega bo'lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil rnodda, og'ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritrnalari yordamida cho'ktirish rnumkin. Tanidlar ko'p atornli fenollarning unurnlari bo'lib, boshqa fenollar singari ternirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (qora-yashil va qora-ko'k rangli) cho'kma hosil qiladi.
Oshlovchi moddalar va tarkibida tanidlar bo'lgan mahsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar tibbiyotda me'da ichak (ich ketishi, kolit), og'iz va tomoq shilliq qavatlarining yallig'lanish (stomatit, gingivit) kasalliklarini, teri kuyishi, surunkali ekzema hamda yaralami davolashda burishtiruvchi va bakteritsid vosita sifatida hamda ichakdan qon oqishini to'xtatish uchun ishlatiladi. Tanidlaming bunday ta'siri ulaming oqsil moddalar bilan cho'kma berishiga hamda fenol gidroksil guruhlarining bakteritsid xossalariga asoslangan. Bulardan tashqari, tanidlar og'ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlar bilan zaharlanganda antidot sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |