Burishtiruvchi xossaga EGA bo’lgan dorivor preparatlar



Download 2,69 Mb.
bet2/12
Sana06.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#325108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Burishtiruvchi xossaga ega bo’lgan dorivor preparatlar

II.Adabiyotlar Sharhi

1. Farmakognoziya fanining maqsad va vazifalari

Farmakognoziya so'zi yunoncha Pharmacon - zahar, dori va gnosis - bilim, fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u asosan dorivor o'simliklardan, qisman hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlarni o'rgatadigan fandir. Tibbiyotda ma'lum kasallikni davolash va shu kasallikning oldini olish uchun ishlatiladigan o'simliklar dorivor o'simliklar - deb ataladi. Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor o'simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sofholdagi dorivor moddalar olinadi. Buning uchun shu o'simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo'lgan qismlaridan, ya'ni ba'zi o'simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba'zilarini esa yer ustki organlaridan (barg, gul,

meva, urug', po'stloq yoki o't o'simliklarning butunlay yer ustki qismi - o'ti) foydalaniladi.

Ba'zan dori turlari, dorivor preparat va toza moddalar o'simlik hamda hayvonlarni birlamchi ishlash yo'li bilan olingan efir moylar, smolalar, moy va yog'lar, daraxt yelimlari, zaharlar (Hon va asalari zaharlari), lanolin, prapolis

va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi. Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash va dorivor preparatlar hamda toza moddalar olish uchun ishlatiladigan

dorivor o'simliklar va hayvonlar organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo'li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi. Davlat farmakopeyasida (DF) tasvirlangan dorivor mahsulotlar ofitsinal mahsulot, farmakopeyaga kiritilmaganlari esa noofitsinal mahsulot hisoblanadi. Noofitsinal dorivor mahsulotlar Davlat standartlari (GOST) yoki boshqa me'yoriy hujjatlarda (MH) bayon etiladi.

Farmatsiyaning asosiy fanlaridan biri bo'lgan farmakognoziyaning tibbiyotda ahamiyati katta. Chunki kimyo fani, ayniqsa sintetik dorivor vositalami yaratuvchi kimyo bo'Iimini yuqori taraqqiy qilishga va ko'plab kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo'Ii bilan olinishiga qaramay, tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlaming 40 foizga yaqini hanuz o'simliklardan oIinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak qon tomirlari kasalliklarini davolash sohasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80 foizga yetadi. Kelajakda tibbiyotda o'simliklardan oIinadigan dorivor preparatlar va dorivor o'simliklarni yanada ko'proq ishlatish kutilmoqda.

Dorivor o'simliklar va ulardan oIinadigan preparatlarga tibbiyotda kelajakda talabni yanada oshirishga asosiy sabablardan biri sintez yo'Ii bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste'mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko'ngilsiz o'zgarishlarga oIib kelishidir. Shunga ko'ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o'simlik dorivor preparatlariga-fitopreparatlarga va dorivor o'simliklarga ehtiyoj ko'paymoqda. Bu esa o'z navbatida farmakognoziya fanining ahamiyatini yanada oshishiga olib keladi.

Farmakognoziya fanining asosiy maqsadini quyidagilar bilan

ifodalash mumkin:

1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo'lgan biologik faol

moddalar va dori turlari tayyorlash manbayi sifatjda dorivor o'simliklami o'rganish. Shu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi hamda asosiy ta'sir etuvchi biologik faol moddalar yig'iladigan organlari va vaqti aniqlanadi.

2. Tabiiy sharoitda yo'qolib ketish xavfi bo'lgan va kamayib ketayotgan muhim dorivor o'simliklami muhofaza qilish maqsadida ularni asrab qolish hamda plantatsiyalarda o'stirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Respublikamizda yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklardan oqilona foydalanish maqsadida ularni ko'plab o'sadigan joylarini izlab topib, xaritaga tushirish, zaxirasini aniqlash, yillik yig'ish miqdorini rejalash hamda dorivor mahsulotni yig'ish, quritish, saqlash va transportda jo'natish tadbirlarini ishlab chiqish.

4. Dorivor mahsulotlarga me'yoriy hujjatlarni (MH) tuzish. Buning uchun dorivor mahsulotlaming chinliligini, sifati va biologik faol moddalarini aniqlash usullarini mukammallashtirish, qayta ko'rib chiqish yoki yangi usullar yaratish.

5. Fitopreparatlar va dorivor o'simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi dorivor o'simliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish. Shu maqsadda xalq orasida va an'anaviy tabobatda ishlatiladigan dorivor o'simliklami hamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o'simliklaming boshqa turlarini o'rganishni

tashkil qilish.

Farmakognoziya fanining farmatsevtika institutida o'qitiladigan barcha fanlar bilan bog'liqligi katta. Ayniqsa, kimyoviy-biologik fanlami chuqur o'zlashtirish farmakognoziyani bilishda juda muhimdir. Farmatsevtika institutining birinchi va ikkinchi kurslarida o'tiladigan botanika, kimyo (ayniqsa organik va analitik kimyo) va boshqa fanlar farmakognoziya fanini o'qitishga asos bo'lsa, farmakognoziyaning o'zi yuqori kurslarda o'qitiladigan dori turlari texnologiyasini, farmatsevtik kimyo, toksikologik kimyo, farmakologiya va boshqa fanlami o'rganishda yordam beradi.

O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dorivor vositalarning 38-40 foizini o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba'zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlami (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmadi. Ulami olish manbayi hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda.

Yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarning zaxirasi har qancha ko'p bo'lmasin, yildan-yilga ko'payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklami saqlab qolish uchun ularni yig'ishni to'g'ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlami tayyorlashni ilmiy asoslangan qat'iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.

Dorivor o'simliklami tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:

1. Dorivor o'simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.

2. Mahsulotni yig'ish.

3. Yig'ilgan mahsulotni quritish.

4. Yig'ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.

5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash) .

6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan tashish.

7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.

Dorivor o'simliklarni tayyorlashni o'z vaqtida to'g'ri uyushtirish juda katta ahamiyatga ega bo'lib, odatda, bu ish bilan tuman markaziy dorlxonasi (TMD-SRA) shug'ullanadi.

Sobiq Ittifoq «Qizil kitobi»ga 444ta, O'zbekiston «Qizil kitobi»ga 163ta o'simlik, shu jumladan 20tadan oshiq dorivor o'simliklar kiritilgan. Ularni turti maqsadlar uchun tayyorlash va yig'ish qat'iy man etiladi, zarur bo'lsa plantatsiyalarda o'stirish lozim.

O'zbekiston dorivor o'simliklaridan quyidagilar «Qizil kitob»ga

kiritilgan:

1. Anjir (yovvoyi holda o'sadigani).

2. Anor (yovvoyi holda o'sadigani).

3. Bozulbang.

4. Viktor qoraqabug'i.

5. Yetmak.

6. Solab turlari.

7. Tilla rang aqonis va boshqalar. .

Ma'lum hududlarda o'sadigan o'simlik va yashaydigan hayvonlarini tabiiy sharoitda saqIab qolish uchun qo'riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir.

Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta'sir etuvchi kimyoviy moddasi bo'lgan dorivor o'simlik organlari mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi. Ulami kimyoviy birikmalar eng ko'p yig'ilgan davrda yig'ishtirib olish kerak. Kimyoviy moddalar o'simliklaming ham rna organlarida bir

vaqtning o'zida ko'p miqdorda to'planmaydi, shuning uchun ham ulami turli vaqtlarda tayyorlashga to'g'ri keladi.

O'simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig'ib olish kerak: Barglar odatda o'sirnlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig'ib olinadi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o'simlikka zarar yetkazmasdan yig'ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa o'simlik barglari). Ba'zan o't o'simliklaming bargini tayyorlash uchun yer ustki qismi o'rib olinadi, so'ngra barglari teriladi yoki yer ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib, poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga qo'shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o'simliklar). O'simlikning yer ustki qismi (0,1) o'simlik gullaganida yig'iladi. O'simlikning yer ustki qismi poyasining tagidagi barglar oldidan o'rib olinib, poyaning bargsiz qismiga tegilmaydi. Bo'yi baland o'simliklaming esa poyasining tepa qismi (10-20 sm uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o'simliklar).

Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o'simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda yig'iladi. Kurtaklar o'simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib so'ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to'planadi. Po'stioqiar ham erta bahorda, ya'ni o'simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog'och qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo'g'on shoxlaridan shilib olinadi. Po'stloq olishni osonlashtirish uchun poya yoki yo'g'on shoxlami bir-biridan 30 sm masofada ikki yeridan o'tkir pichoq bilan ko'ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po'stloq ajratib olinadi. Gullar o'simlik qiyg'os gullaganda yig'iladi. Ko'pincha gullar alohida-alohida kesib olinadi. Ba'zan gul to'plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar) yoki gulning ayrim qismlari (sigirquyruq o'simligida faqat gul tojibarglari) yig'ib olinadi. Plantatsiyalarda o'stirilgan yoki yovvoyi holda ko'p uchraydigan mayda gulli o'simliklaming guli maxsus asbob bilan yig'iladi (moychechak va boshqalar). Meva va urug'iar pishib yetilgan davrda yig'iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun yig'ib olinadi, kun isiganda yig'ilsa, quruq mevalarning urug'i sochilib ketishi mumkin. Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba'zilar qo'l bilan bitta bitta uzib olinadi, boshqalari esa tayoq ubilan qoqiladi. Urug'lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi.

Ba'zi urug'lar maxsus asbob bilan mevadan ajratib olinadi (bodom urug'i va boshqalar). Mayda meva. va urug'lar esa urug'lar yetilganidan so'ng yoki yetilishi old ida o'simlikni o'rib quritib, so'ngra xira Monda yanchib tozalanadi (fenxel, arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug'i va boshqalar). Yer ostki organ (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyoz.)lar odatda o'simlik uyquga kirgan vaqtida - erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba'zi yer ostki organlarni o'simlik gullab bo'lganidan so'ng yig'iladi. Chunki ularning ba'zilarini o'sayotgan yerida baland bo'yli begona o'simliklar orasidan top ish qiyin (solab turlari va boshqalar), ba'zilarini qurib qolgan poyalarini esa shamol sindirib uchirib ketadi (yetmak va boshqalar).


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish