III. Tajriba qismi
1. Oshlovchi moddalarga sifat reaksiyalar
Odatda, o'simlik tanidlariga sifat reaksiyalar qilish uchun 10 foizli suvli ajratma tayyorlab, 5ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir-ammoniyli achchiqtoshning va temir xloridning hamda alkaloidlar, o'simlik shilliq moddalari va jelatinning 1 foizli eritmasidan qo'shiladi. Temir tuzlari eritmasi probirkada tanidlar bo'lsa, qora-ko'k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil (pirokatexin guruhi) rang va shu rangdagi cho'kma, shilliq moddalar, jelatin hamda alkaloidlar eritmasi qo'shilgan probirkada esa rangsiz cho'kma hosil bo'ladi. Oshlovchi moddalarnng tasnif (klassifikatsiya) reaksiya:
a) oshlovchi moddalaming qaysi guruhga mansubligini xlorid kislota va formalin ishtirokida olib boriladigan idassifikatsiya reaksiyasi (Stiasni reaksiyasi) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun 200-250 ml hajmli tagi tekis kolbaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanid ajratmasidan 50 m1 solinadi va ustiga 10 ml konsentrlangan (1 : 1) xlorid kislota va formalinning 40 foizli eritmasidan 15 ml qo'shiladi. So'ngra kolbani tik turuvchi shisha nay bilan birlashtirib, elektr plitka ustida to qizil g'isht rangli cho'kma (tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi kondensatsiyalanishidan vujudga kelgan cho'kma) hosil bo'lgunga qadar asta-sekin qizdiriladi. Hosil bo'lgan cho'kma. filtrlansa, filtratda gidrolizlanuvehi
guruhning parchalangan mahsulotlari qoladi. Bu guruh mavjudligini aniqlash uchun 5 ml filtrat olib, ustiga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan asta-sekin solinadi va suyuqlikni ehayqatmay, temir-ammoniyli achehiqtoshning 1 foizli eritmasidan 10 tomchi qo'shiladi. Natijada kristall ustidagi neytral zonada filtratdagi tanidlarning gidrolizlanuvehi guruhi parehalangan mahsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko'k yoki zangori rangli to'garakcha hosil bo'ladi.
b) Kolbachaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanidlar ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo'shib qaynaguncha qizdirilsa, kondensatsiyalanuvehi (pirokatexin guruh) oshlovchi moddalar to'liq cho'kadi. Cho'kma filtrlanadi. Filtratda gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovehi moddalar borligini aniqlash uchun probirkada olingan 5 ml filtratga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan solinadi va suyuqlikni ehayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1 foizli eritmasidan 10 tomehi qo'shiladi. Pirogallol guruh oshlovchi moddalar bo'lsa, filtrat binafsha rangga bo'yaladi.
d) Kolbachaga o'simliklardan tayyorlangan 10 foizli tanidlar ajratmasidan 5 ml solib, unga qo'rg'oshin atsetatning 10 foizli eritmasidan 5ml va sirka kislotaning 10 foizli eritmasidan 10 ml qo'shilsa, gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovchi moddalar cho'kadi.
e) Kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy qismi bo'lgan katexinlarga vanilin bilan reaksiya qilinadi. Buning uchun oshlovchi moddalar ajratmasiga vanilin va konsentrlangan xlorid kislota (yoki vanilinning konsentrlangan xlorid kislotadagi 1 foizli eritmasi) qo'shiladi. Agar ajratmada katexinlar bo'lsa, aralashma qizil rangga bo'yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |