Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
200
Kleopa birdan o‘ziga kelib, jim bo‘ldi-da, yana 
qopini tashishga kirishdi. Tegirmonchi hamon 
vaysar edi. U har kalima so‘zdan keyin trub-
kani so‘rib, yerga tuflab, istar­istamas vaysar-
di. Baliq ustidagi gap tamom bo‘lgach, bir vaqt-
lar rohiblar muttahamlik qilib olib ketgan ikki-
ta qop esiga tushdi-da, yana vaysay ketdi; ke-
yin Yevseyning mast va bekor o‘tirganini ko‘rib, 
rohiblar bir yoqda qolib ketdi-da, xizmatkori-
ga yopishdi. U hech og‘izga olib bo‘lmaydigan 
so‘zlar bilan haqorat qilar edi.
Rohiblar oldiniga ancha chidab turib, faqat 
uh tortibgina qo‘yardilar, biroq oxirida Kleopa-
ning toqati toq bo‘ldi... Qo‘lini qo‘liga urib, 
jig‘ibiyroni chiqib, dedi:
– E, Parvardigor, tegirmonga kelishdan bosh-
qa jazoying yo‘qmidi! Bu yerdan do‘zax yaxshi-
roq.
– Kelma, nega kelasan, – deb po‘ng‘irladi te-
girmonchi.
– Jon deb kelmas edig-a, ammo boshqa te-
girmonni qayerdan oladi! O‘zing bilasan-ku, 
bu atrofda senikidan boshqa birorta tegirmon 
yo‘q! Yo donning o‘zini yeyish, yo ochdan o‘lish 
qoldi, boshqa iloj yo‘q.
Tegirmonchi gapdan qolmas, hamon so‘ki-
nardi. Trubka so‘rish unga qanchalik odat 
bo‘lib qolgan bo‘lsa, vaysash va so‘kinish ham 
shuncha odat bo‘lib qolganligi ravshan edi.
Kleopa shoshib qolganidan kipriklarini pirpi-
ratib:


Buqalamun
201
– Juda bo‘lmasa shaytonni tilingga olma! 
Birpas jim o‘tir, rahming kelsin, axir! – deb o‘ti-
nardi.
Tegirmonchi jim bo‘ldi, ammo Kleopaning 
yolvorishidan emas. To‘g‘on boshida kichkina, 
dumaloqqina, ochiq yuzli, xuddi qo‘ng‘izning 
orqasiga o‘xshagan yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiygan bir 
kampir ko‘rindi. Kampir bir qo‘lida tuguncha 
ko‘tarib, bir qo‘li bilan hassa tayanib kelar edi... 
Tegirmonga yaqinlashib kelib:
– Assalomu alaykum, taqsirlar! – dedi, rohib-
larga ta’zim qilib. – Xudo madad bersin! Salom, 
Alyoshenka! Salom, Yevseyushka!..
Tegirmonchi kampirga boshini ko‘tarib qara-
madi, qovog‘ini solib:
– Keling, ona, – deb po‘ng‘irladi-qo‘ydi.
Kampir, tegirmonchining yuziga jilmayib va 
yoqimtoygina qarab.
– Senga mehmon bo‘lib keldim, o‘g‘lim! 
Ko‘pdan beri ko‘rmaganim uchun sog‘indim. 
Ko‘rishganimizga xiyla bo‘ldi o‘ziyam... Sen-
ga yoqsayam keldim, yoqmasayam! Sen ham 
o‘zingni ancha oldirib qo‘yibsanmi, nazarim-
da... – dedi.
Kampir, tegirmonchining yoniga kelib o‘tir-
di, tegirmonchining bahaybat gavdasi yonida 
 uning egnidagi mursagi yana ham qo‘ng‘izniki-
ga o‘xshab ketdi.
– Xiyla bo‘ldi ko‘rishmaganimizga! – davom 
etdi kampir. – Sog‘indim, bolam, yuraklarim 
ezilib ketdi, seni ko‘raman deb. Endi bu yoqqa 
otlanay desam yo yomg‘ir yog‘adi, yo tobim qo-
chib qoladi...


Anton Chexov
202
– To‘g‘ri shahardan kelishingizmi? – deb 
so‘radi tegirmonchi, xo‘mrayib.
– Shahardan kelishim, bolam, shahardan... 
to‘g‘ri uydan chiqib kelishim...
– Bemor odamsiz, qarib qolgansiz, meh-
mondorchilikka yurgandan ko‘ra uyda o‘tiring. 
Xo‘sh, nimaga keldingiz? Kalishingizni aya-
maysiz!..
– Seni bir ko‘ray deb keldim-da, bolam... – 
dedi kampir. Keyin rohiblarga qaradi. – Ikki 
o‘g‘lim bor, bittasi bu, yana biri – Vasiliy. Uni-
si shaharda turadi. Nihoyati ikkitagina. Tirik-
manmi, o‘lib ketdimmi, ularning parvoyiga kel-
maydi, men bechora bo‘lsam bolalarim, ovun-
chog‘im deb o‘laman... Mensiz bularning kuni 
o‘taveradi, men ularsiz bir kun ham turolmay-
man... Qarib qolganman, shahardan yurib ke-
lish menga og‘irlik qiladi.
Oraga jimlik cho‘kdi. Rohiblar javdari solin-
gan qoplarni saroyga tashib bo‘lib, dam olgani 
aravaga  chiqib  o‘tirishdi...  Kayfi  taraq  Yevsey 
hamon to‘rini g‘ijimlar va mudrar edi.
– Bevaqt kebsiz, ona, – dedi tegirmonchi. – 
Shu tobda Karyajinoga jo‘namoqchi bo‘lib tu-
ruvdim.
– Ketaver! Yo‘ldan qolma! – dedi kampir
xo‘rsinib. – Meni deb ishingdan qolasanmi... 
Birpas damimni olib, qaytib ketaman... Senga, 
Alyoshenka, Vasya bola-chaqasi bilan salom 
deb yubordi...
Hali ham araq ichgani-ichganmi?
 – Ko‘p ichmaydi, har zamonda... Ichganni 
ichmagan deydimi, ichadi... Ko‘p ichay desa 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish