Odil Rahimiy
tarjimasi
TEGIRMONDA
Tegirmonchi Aleksey Biryukov, o‘rta yosh-
lardagi norg‘il bir odam, kulbasining ostonasi-
da o‘chib qolgan trubkasini erinchoqlik bilan
so‘rib o‘tirardi. Uning afti uyqudan oldin Jyul
Vern kitobini o‘qigan yosh bolalarning tushiga
kirib chiqadigan, xuddi bolta bilan yo‘nilgan-
dek qo‘pol, terisi qalin, zalvori bilan yuruvchi
matroslarga o‘xshardi. Bu safar uning egnida
askarlar kiyadigan kulrang dag‘al movut shim,
oyog‘ida katta va og‘ir etik bo‘lib, ko‘cha nam
va izg‘irin kuz bo‘lsa ham, boshyalang va sur-
tuksiz edi. Nam tuman tugmalari yechilgan
jiletkasidan kirib, badanida bemalol kezib yu-
rar, ammo tegirmonchining qadoq bo‘lib ketgan
g‘adir-budir badani sovuqni sezmagandek edi.
Uning qip-qizil go‘shtdor yuzi endi uxlab tur-
ganday lanj, shishib ketgan qovoqlari ostida-
gi kichik ko‘zlari atrofga – goh to‘g‘onga, goh
bostirmali eski saroyga, goh qari va beso‘naqay
tollarga xo‘mrayib qarardi.
Saroy oldida endigina monastirdan kelib
turgan ikki rohib ivirsib yurardi. Ularning biri
oppoq soqolli novcha Kleopa bo‘lib, loy sachra-
gan kamzul bilan yamoq solingan nimcha ki-
ygan, ikkinchisi – qoradan kelgan, qora so-
Anton Chexov
198
qol-mo‘ylovli, egniga oddiy dehqonlar kamzuli
kiygan Diodar edi, aftidan, gruzin bo‘lsa kerak.
Ular tegirmonga keltirgan javdarni ara vadan
tushirmoqdalar. Ulardan sal narida ezilgan
va iflos ajriqda Yevsey degan qarol g‘irt mast
o‘tirardi. Yevsey hali mo‘ylovi chiqmagan yosh
o‘smir, egnida yirtilib ketgan kalta chopon.
U, qo‘lidagi baliq to‘rini zo‘r berib g‘ijimlar va
o‘zini to‘rni yamash bilan mashg‘ul odamday
ko‘rsatishga tirishardi.
Tegirmonchi uzoq vaqt atrofga qarab o‘tirdi,
keyin ko‘zlarini qop tashib turgan rohiblarga
tikdi-da, yo‘g‘on ovoz bilan:
– Hoy, rohiblar, nega daryodan baliq tutasiz-
lar? Kim ruxsat berdi sizlarga? – dedi.
Rohiblar indashmadi, hatto tegirmonchiga
qayrilib ham qarashmadi.
Tegirmonchi indamay trubkasini chekdi va
so‘zida davom etdi:
– O‘zingiz tutganingiz tutgan, yana sha-
harliklarga ham tutdirasizlar. Men bu daryoni
shahardan va sizlardan ijaraga olganman, o‘z
vaqtida ijarasini to‘lab turaman, demak, baliq
meniki, uni ovlashga hech kimning haqi yo‘q.
Xudoga sig‘inasizlar-u o‘g‘rilik qilishdan qo‘rq-
maysizlar.
Tegirmonchi homuza tortdi, birpas jim o‘tirib,
yana vaysashga kirishdi:
– Topgan qiliqlarini qara-ya! Rohib bo‘ldim,
avliyo bo‘ldim, hech kim tegmaydi, deb o‘ylar-
sizlar. Sudga ariza bersam nima qilarkinsiz lar?
Sud rohibligingga ham qarab o‘tirmaydi, qam-
ab qo‘yadi. Sudsiz o‘zim ham bir yoqli qi lishga
Buqalamun
199
kuchim yetadi. Daryoda ushlab olib bir do‘ppo-
slayki, qiyomatgacha ham baliq yeging kelma-
sin!
– Bekor shunaqa gaplarni gapirasiz-da, Alek-
sey Dorofeyevich, – dedi Kleopa, ingichka ovozi
bilan. – Xudodan qo‘rqqan yaxshi odamlar
bunday gaplarni, biz-ku rohiblar-a, itga ham
aytmaydi!
– Rohib emish, – dedi tegirmonchi, masxara
qilib! – Senga baliq kerakmi? Kerak bo‘lsa men-
dan sotib ol, o‘g‘irlama!
– Voy, tavba-yey! Qani o‘g‘irlaganimiz? – dedi
Kleopa, xunob bo‘lib. – Nega bunday deysiz,
axir? Rohiblarning baliq tutgani rost, axir bun-
ga arximandrit hazratlari ruxsat berganlar-da!
Arximandrit sizni butun daryo uchun emas,
faqat bizning qirg‘oqqa to‘r solish uchun pul
to‘lagan deb aytadilar. Daryoning hammasi siz-
ga berilgan emas... U sizniki ham emas, biz niki
ham emas, Xudoniki...
– Arximandrit ham senga o‘xshagan odam,
– dedi tegirmonchi, trubkasini etigining posh-
nasiga urib, – u ham muttaham odam! Men
uning kimligini surishtirib o‘tirmayman. Men-
ga sen ham, arximandriting ham, anavi Yevsey
ham bir. Agar daryoda ushlab olsam, uni ham
do‘pposlayman...
– Rohiblarni tutib olib urmoqchi bo‘lsangiz,
ixtiyor o‘zingizda. U dunyoda azobini o‘zingiz
tortasiz. Vissarion bilan Antipiyni urdingiz,
boshqalarni ham urabering.
Diodor Kleopaning yengidan tortib:
– Qo‘y, tegma unga, – dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |