Anton Chexov
142
chaqalar bor, xotin-xalajlar kelib turadi... Ha
mayli, qolsa qolaqolsin! Baribir, sizga tushun-
tirish qiyin.
– Tushuntirib o‘tirishning hojati yo‘q, – dedi
xursand bo‘lib ketgan Sasha. – Suvenirni mana
bu yerga, vazaning yoniga qo‘ying! Attang, jufti
yo‘q-da... Eh attang! Xo‘b, xayr endi, shifokor!
Sasha chiqib ketgandan keyin shifokor an-
cha vaqtgacha suvenirga qarab o‘tirdi, qu-
log‘ining orqasini qashib, uzoq o‘yladi.
«O‘zi yomon narsa emas, bunisi to‘g‘ri, – deb
o‘yladi u. – Uloqtirib tashlash uvol... Bu yerda
ham qoldirib bo‘lmaydi... Obbo! Toza mushkul
ishga yo‘liqdimmi! Kimga hadya qilsam ekan?»
Uzoq o‘ydan keyin Uxov degan o‘zining qa-
lin o‘rtog‘i esiga tushdi. O‘rtog‘i advokat bo‘lib,
shifokorning janjalli ishlarini boshqarar edi.
– Juda soz-da, – dedi shifokor, o‘ziga o‘zi. –
Oshnalik vajidan mendan sira pul olmaydi. Bi-
ron narsani hadya qilsam juda xursand bo‘ladi.
Mana shuni olib borib beraqolaman! O‘zi ham
bo‘ydoq va yengiltak odam...
Ishni keyinga qo‘ymay, shifokor darhol ki-
yindi-da, suvenirni ko‘tarib Uxovnikiga ketdi.
Advokat uyida ekan.
– Yaxshimisan, og‘ayni! – dedi shifokor, ad-
vokatga. – Menga qilgan xizmatlaring uchun
tashakkur bildirgani keldim... Pul bersam ol-
maysan, juda bo‘lmasa mana buni ol... Mana,
buni ol... Mana, ko‘rdingmi, og‘ayni... Juda
ajoyib bir narsa!
Ajoyib narsani ko‘rishi bilan advokat o‘zida
yo‘q sevinib ketdi.
Buqalamun
143
– Ana xolos! – dedi u, qah-qah urib kulib. –
Voy qurib ketgur-ey! Shunaqa narsalarni ham
o‘ylab topishadi-ya! Haqiqatan ham ajoyib nar-
sa ekan. Qayerdan topding buni?
Advokat, ichidagi butun sevinchini izhor
qilib bo‘lgach uyning eshigiga qo‘rqa-pusa ko‘z
tashladi-da:
– Yo‘q, birodar, buningni olib ket bu yerdan,
men olmayman... – dedi.
– Nega olmaysan? – dedi shifokor, qo‘rqib
ketib.
– Olmayman-da... Uyimga onam kelib tura-
di, mijozlar keladi... xizmatchi xotinlar oldida
ham uyat...
– Bu gaplaringni qo‘y, og‘ayni... Sovg‘adan
ham qaytib bo‘ladimi! – deb turib oldi shifokor.
– Olmasang itlik qilgan bo‘lasan. O‘zi juda na-
fis narsa... Qanday nafosat!.. Qanday malo-
hat, orzu bor bunda... Bo‘ldi, gap tamom! Xafa
bo‘laman, olmasang!
– Ba’zi joylari yopiq yoxud barg bilan berki-
tilgan bo‘lsa ham mayli edi...
Shifokor avvalgidan battar qattiq turib oldi.
Sovg‘ani boplab o‘tkazgandan xursand bo‘lib,
Uxovnikidan chiqib, uyiga ketdi...
Shifokor ketganidan keyin advokat suvenirni
yaxshilab qarab chiqdi, u yer-bu yerini ushlab
ko‘rdi, keyin xuddi shifokor singari «buni nima
qilaman?» deb uzoq bosh qotirdi.
«O‘zi yomon narsa emas ekan, – deb o‘ylardi
u. – Tashlasang uvol bo‘ladi, bu yerda qoldi-
rish ham uyat. Yaxshisi, biron kishiga taqdim
Anton Chexov
144
etish kerak... Ha, ha, topdim! Bu suvenirni bu-
gun kech
qurun qiziqchi Shashkinga taqdim
etaman... u ablah bunaqa narsalarga o‘ch.
Aytmoq
chi, bugun uning sha’niga spektakl
qo‘yiladi...»
Aytilgan gap – otilgan o‘q. Juda puxta o‘ral-
gan suvenirni Uxov kechqurun qiziqchi artist
Shashkinga taqdim etdi. Yarim kechagacha
Shashkinning pardozxonasi sovg‘ani ko‘rish
uchun kelgan erkak artistlar bilan liq to‘la edi,
pardozxonadan hadeb ot kishnaganday kulgi
eshitilardi. Biron artist ayol eshik oldiga kelib:
«Kirsam maylimi?» deb so‘rasa, qiziqchi artist-
ning darhol:
– Yo‘q, yo‘q, xonim, men kiyingan emasman!
– degan tovushi eshitilardi.
Tomoshadan keyin artist kiftini qoqib:
– Bu yaramas narsani endi nima qilaman?
Axir, birovning uyida ijaraga tursam, uyimga
ayollar kelib turadi... Bu fotorasm emaski, dar-
rov stol ichiga yashirib qo‘ysang... – derdi.
– Oborib soting, qo‘ying, – deb maslahat ber-
di, artistni yechintirayotgan sahna sartaroshi.
– Bir joyda shunaqangi qadimgi bronzalarni
olib sotuchi bir kampir bor. Borib Smirnovani
so‘raysiz... Hamma taniydi.
Qiziqchi artist sartaroshning maslahatiga
kirdi... Shu voqeadan ikki kun keyin shifokor
Koshelkov o‘z xonasida barmog‘ini peshonasiga
tirab, me’da kislotalari to‘g‘risida o‘ylab o‘tirar-
di. Birdan eshik ochilib, xonasiga Sasha Smir-
nov yugurib kirib keldi. Uning og‘zi qulog‘iga
Buqalamun
145
yetgan, yuzida shodlik aks etar, yurish-tur-
ishidan baxtiyorlik ko‘rinib turar edi... Qo‘lida
gazetaga o‘ralgan bir narsa ko‘targan edi.
– Shifokorim! – deb gap boshladi Sasha, na-
fasi bo‘g‘ilib. – Shu tobda dunyoda mendek xur-
sand odam bo‘lmasa kerak! Baxtingizga suve-
niringizning juftini topishga muvaffaq bo‘ldik!..
Oyim ham juda xursandlar... Men oyimning
yolg‘iz o‘g‘liman... Siz meni bir o‘limdan olib
qoldingiz...
Minnatdorligidan titroq bosgan Sasha
shifokorning oldiga suvenirni keltirib qo‘ydi.
Shifokor bir nima demoqchi bo‘lib, og‘zini och-
gan edi, hech narsa deya olmadi: tili tanglayiga
yopishib qolgan edi...
Do'stlaringiz bilan baham: |