Buqalamun
149
Qizlar ilgarilari xushchaqchaq va sergap
bo‘lgan Volodyaning bu gal kam gapirishi-
ni, butunlay jilmaymaganini, uyga kelganiga
suyinmaganday ko‘rinishini payqashdi. Choy
ichib o‘tirishganida u singillariga faqat bir mar-
ta murojaat qildi, o‘shanda ham allaqayoqda-
gi gaplarni aytdi. U barmog‘i bilan samovarni
ko‘rsatdi-da:
– Kaliforniyada choy o‘rniga jin degan ichim-
lik ichishadi, – dedi. U ham allaqanday xayollar
bilan band edi. Ahyon-ahyonda do‘sti Cheche-
vitsin bilan ko‘z urishtirib qo‘yishiga qaraganda
ularning fikri bir edi.
Choydan keyin hamma bolalar xonasiga kir-
di. Qizlar otalari bilan stol yoniga o‘tirib, bo-
lalar kelganda qolib ketgan ishni davom ettir-
di. Ular rang-barang qog‘ozlardan archa uchun
gul va bezaklar yasashardi. Bu – qiziqarli va
serg‘avg‘o ish edi. Har bir gul tayyor bo‘lgan-
da qizlar zavq lanib qichqirishar. Bu gul go‘yo
osmondan tushayotgandek hatto vahima bi-
lan baqirishardi, otalari ham zavqlanar, ba’zan
qay chining o‘tmasligidan nolib, yerga uloqtirar
edi. Goh onalari yugurib kirar va tashvishlanib:
– Qaychimni kim oldi? Yana sen oldingmi,
Ivan Nikolayevich? – deb so‘rar edi.
– E Xudoyim-e, hatto qaychini ham berish-
maydi, – deb javob qaytarardi Ivan Nikolaye vich
yig‘lamsirab va stulning suyanchig‘iga o‘zini
tashlab, yuziga xo‘rlangan tus berar, lekin ora-
dan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas yana zavqlanardi.
Anton Chexov
150
Oldingi gal kelganida Volodya ham archani
bezash uchun bo‘lgan tayyorgarlikda ishtirok
etar yoki izvoshchi bilan cho‘ponning qordan
tepalik yasashganini tomosha qilish uchun
hovliga yugurar edi. Lekin bu gal u ham, Che-
chivitsin ham rang-barang qog‘ozlarga par-
vo qilishmadi, otxonaga biron marta ham bo-
rishmadi, deraza yoniga o‘tirib olib allanarsa
to‘g‘risida shivirlasha boshlashdi. Keyin ik-
kalovi geografiya atlasini ochdi va allaqanday
xari tani ko‘zdan kechira boshlashdi.
– Avval Permga... – derdi Chechevitsin. – U
yerdan Tyumenga... Keyin Tomskka... keyin...
keyin... keyin Kamchatkaga... U yerdan qayiq-
da Bereng bo‘g‘ozi orqali o‘tkazib qo‘yishadi...
Qarabsanki, Amerikaga borib qolibsan... U yer-
da mo‘ynali yirtqich hayvonlar ko‘p.
– Kaliforniya-chi? – deb so‘radi Volodya.
– Kaliforniya pastroqda... Amerikaga yetib ol-
sak bo‘ldi, undan Kaliforniyaga qo‘l uzatsang ye-
tadi. Ovchilik va talonchilik bilan kun o‘tkazamiz.
Chechevitsin kechgacha o‘zini qizlardan
chetga tortib yurdi, ularga faqat yer ostidan
qarab qo‘yardi, shunday payt keldiki, kechki
choydan keyin u besh daqiqacha qizlar bilan
birga qoldi. Miq etmay yurishga o‘ng‘aysizlanib
yo‘talib qo‘ydi, o‘ng kafti bilan chap qo‘lini ish-
qaladi, Katyaga xo‘mrayib qaradi-da:
– Siz Mayn-Ridning kitoblarini o‘qiganmisiz?
– deb so‘radi.
– Yo‘q, o‘qimaganman... Menga qarang, siz
konkida yurishni bilasizmi?
Buqalamun
151
O‘z xayollari bilan band bo‘lgan Chechevitsin
bu savolga javob bermadi, faqat ikki lunjini
shishirib juda isib ketgan kishidek uflab qo‘ydi.
U yana Katyaga qaradi-da:
– Bizonlar podasi Pampas orqali yugurib keta-
yotganda yer titraydi, mustanglar esa qo‘rqqan-
laridan yer tepinib kishnaydilar, – dedi.
Chechevitsin xomushlik bilan jilmaydi-da,
qo‘shib qo‘ydi:
– Shuningdek hindlar poyezdlarga hujum
qiladi. Lekin iskab toparlar bilan termitlar
hammasidan ham o‘tib tushadilar.
– Keyingisi qanday jonivor?
– Bular chumoliga o‘xshagan narsa, lekin qa-
notlari ham bor. Juda qattiq chaqadi. Mening
kimligimni bilasizmi?
– Janob Chechevitsinsiz.
– Yo‘q. Men Montegomo Yastrebiniy Kogot,
yengilmaslar yo‘lboshchisiman.
Oiladagi eng kichik qiz – Masha avval unga,
keyin derazaga qaradi. Tashqarida qorong‘i
tushmoqda edi. Qizcha biroz o‘ylanib turdi-da:
– Bizda kecha chechevitsadan
1
ovqat
pishirishgan edi, – deb qo‘ydi.
Chechevitsinning tushunib bo‘lmaydigan
so‘zlari, doimo Volodya bilan shivirlashishi,
Volodyaning esa o‘yinga aralashmay, nuqul al-
lanarsani o‘ylashi – mana shularning hammasi
juda g‘alati va sirli edi. Shuning uchun ham
ikki katta qiz – Katya bilan Sonya bolalarni
kuzata boshladi. Kechqurun bolalar uxlashga
1
Chechevitsa – yasmiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |