Odil Rahimiy
tarjimasi
SAN’AT ASARI
Onasining yolg‘iz o‘g‘li Sasha Smirnov «Birja
xabarlari» gazetasining 223-nchi soniga o‘ralgan
bir narsani qo‘ltig‘iga qistirib, yuzi so‘lg‘in bir hol-
da, shifokor Koshelkovning xonasiga kirdi.
– E-e, keling yaxshi yigit! – deb kutib oldi
shifokor. – Xo‘sh, sog‘lig‘ingiz qalay? Qanday
xushxabarlar keltirdingiz?
Sashaning ko‘zlari pirpiradi, o‘ng qo‘lini chap
ko‘kragiga bosib, hayajonlangan holda dedi:
– Oyim sizga salom deb yubordilar va sizga
minnatdorlik bildiradilar, Ivan Nikolayevich...
men oyimning yolg‘iz o‘g‘liman, siz meni o‘lim-
dan saqlab qoldingiz... Qattiq kasaldan qutqaz-
dingiz... Ikkimiz sizning bu yaxshiligingizni sira
unutmaymiz...
– Qo‘ying bunday gaplarni, yigit! – dedi
shifokor, bu so‘zlardan erib ketib. – Men qilgan
ishni hamma qila oladi.
– Men oyimning yolg‘iz o‘g‘liman... O‘zimiz
kambag‘al odammiz, xizmatingizga yarasha
haq to‘lashga ojizmiz... Juda uyatda qoldik,
shifokor... Shuning uchun oyim va uning yolg‘iz
o‘g‘li men, ikkimiz bizning sizga minnatdor-
ligimiz alomati bo‘lmish mana bu narsani qa-
Anton Chexov
140
bul qilishingizni o‘tinamiz... O‘zi juda qimmat
narsa, qadimgi bronzadan ishlangan... Kam-
dan-kam uchraydigan san’at asari.
– Hech keragi yo‘q! – dedi shifokor, aftini
burishtirib.
– Yo‘q demang endi, – dedi Sasha qog‘ozni
ochaturib. – Olmasangiz meni ham, oyimni
ham xafa qilasiz... Juda asil narsa o‘zi... Qa-
dimgi bronzadan ishlangan... Marhum dadam-
dan qolgan, biz buni qimmatli yodgorlik deb
saqlab kelardik... Dadam qadimgi bronzadan
qilingan narsalarni olib ishqibozlarga sotar-
di. Hozir oyim ham, men ham shu ish bilan
mashg‘ulmiz...
Sasha qog‘ozni ochdi-da, keltirgan narsa-
sini tantanali sur’atda stolga qo‘ydi. Bu nar-
sa qadimgi bronzadan nafis ishlangan pastak
qandil edi. Qandil bir to‘da odamlarni tasvir
etardi: quyidagi supachaga Momo Havo kiyim-
larini kiygan ikki xotinning figurasi o‘rnatilgan,
ularning turish-turmushi shunday ediki, uni
yozib tasvirlash uchun jasoratim ham yetmay-
di, ehtirosim ham. Figuralar tannozlik bilan
jilmayishar, shamdonni ko‘tarib turish vazifasi
bo‘lmasa, supachadan sakrab tushib, uy ichini
tasavvur etib bo‘lmaydigan darajada ostin-us-
tin qiladiganday ko‘rinar edilar.
Shifokor sovg‘aga birpas qarab turdi-da, qu-
log‘ining orqasini qashladi, keyin bir yo‘talib,
burnini qoqdi.
Buqalamun
141
– Aytganingiz rost, asil narsa ekan, – dedi u,
po‘ng‘irlab. – Ammo, nima desam ekan... Hech
kimga ko‘rsatib bo‘lmaydigan narsa ekan-da...
ayb...
– Ya’ni nega endi?
– O‘taketgan ustasi ham bundan battarini
o‘ylab topolmas. Bu narsani stolga qo‘yish –
butun uyni harom qilish demakdir.
– San’atga nega bunday ko‘z bilan qaraysiz,
– deb xafa bo‘ldi Sasha. – Axir, bu san’at asari,
o‘zingiz bir qarang! Bundagi nafislik va go‘zal-
likdan kishining yuragi shodlikka, ko‘zi yoshga
to‘ladi! Bunday go‘zallikni ko‘rgan kishi butun
dunyoni unutib yuboradi... Bir qarang, qanday
malohat, qanday nafosat, orzu bor bunda!
– Buni o‘zim ham ko‘rib turibman, azizim, –
dedi shifokor, Sashaning so‘zini bo‘lib. – Ammo,
men oilali, bola-chaqali odamman, uyimga tur-
li-tuman xonimlar kelib turadi...
– Albatta, agar nodon xalq nazari bilan qa-
ralsa bu yuksak san’at asari boshqacha bo‘lib
ko‘rinadi... – dedi Sasha. – Ammo siz, shifokor-
siz, oddiy xalqdan baland turmog‘ingiz kerak.
Bu narsani qabul qilmasangiz meni ham, oyim-
ni ham qattiq xafa qilasiz. Men oyimning yolg‘iz
o‘g‘liman... Siz meni bir o‘limdan qutqazdin-
giz... Biz sizga eng qimmatbaho buyumimizni
taqdim etayotibmiz... Faqat shunga mos kela-
digan boshqa narsangiz yo‘qligi meni achinti-
radi...
– Rahmat, rahmat, azizim, ko‘p minnatdor-
man... Oyingizga salom ayting. Ammo, yana
bir o‘ylab ko‘rsangiz bo‘lardi, har holda bola-
Do'stlaringiz bilan baham: |