Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Abdulla Qahhor
tarjimasi
GRISHA
Grisha, bundan ikki yil-u sakkiz oy ilgari dun-
yoga kelgan do‘ndiqqina bola, enagasi bilan sayr 
qilib yuradi. Egnida paxtalik to‘n, bo‘ynida sharf, 
boshida cho‘qqisiga kattakon paxmoq tugma 
tikilgan qalpoq, oyog‘ida esa issiq kalish. U, isib 
ketganidan nafasi siqilib, terlab pishadi, buning 
ustiga aprel quyoshi ko‘zlarini qamashtiradi.
Uning qo‘pol, cho‘chibroq bitta-bitta qadam 
tashlab boruvchi gavdasida hayrat alomati zo-
hir edi.
Shu mahalgacha Grisha faqat to‘rt burchakli 
olamni bilar edi; bir burchakda o‘zining karavo-
ti, ikkinchi burchakda – enagasining sandig‘i, 
uchinchi burchakda – stul bo‘lib, to‘rtinchisida 
shamchiroq yonib turardi. Karavot tagiga en-
gashib qarasa, bir qo‘li sindirilgan qo‘g‘irchoq 
bilan do‘mbirani ko‘rardi, enagasi sandig‘ining 
orqasidagi narsalarning sanog‘i yo‘q: g‘altaklar, 
qog‘oz parchalari, qopqog‘i yo‘q qutichalar, siniq 
masxaravoz qo‘g‘irchoq va boshqalar yotadi. Bu 
olamda Grisha bilan enagadan boshqa ko‘pin-
cha onasi va mushugi ham bo‘lib turadi. Onasi 
qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi, mushuk esa dadasi-
ning po‘stiniga o‘xshaydi, ammo po‘stinning 


Buqalamun
127
ko‘zi bilan dumi yo‘q. Go‘daklar bo‘lmasi deb 
atalgan olamning eshigidan kattakon bo‘shliqqa 
chiqiladi, u yerda ovqat yeyiladi, choy ichila-
di. Bu yerda Grishaning baland stuli turadi, 
devorda esa soat osig‘liq bo‘ladi, bu soatning 
kapgirchasini silkitish va jom chalishdan bosh-
qa ishi yo‘q. Ovqatxonadan qizil kursilar tizilib 
turgan bo‘lmaga o‘tish mumkin. Yerga solingan 
gilamning o‘rtasida kattakon dog‘ bor, bu dog‘ 
uchun hamon Grishaga barmoq o‘qtalishadi. 
Undan keyin yana bir bo‘lma bor, u yerga hech 
kim kiritilmaydi. U yerda faqat dadasi turadi, 
u nihoyat darajada sirli shaxs ko‘rinadi. Enaga 
bilan onasi ma’lum: ular Grishani kiyintirisha-
di, unga ovqat yegizishadi, karavotga yotqizib 
uxlatishadi, ammo dadasining nimaga kerak 
ekanligi – noma’lum! Yana bir sirli shaxs bor 
bu dunyoda: u – Grishaga do‘mbira olib bergan 
xolasi. U goh paydo bo‘ladi, goh g‘oyib bo‘ladi. 
Qayoqqa g‘oyib bo‘lar ekan u? Grisha ko‘pincha 
karavot tagini qaraydi, sandiqning orqasini, di-
vanning tagini qidiradi – yo‘q...
Bu yangi, ko‘zni qamashtiruvchi quyoshli 
olamda esa dadalar, onalar, xolalar shu qadar 
ko‘pki, qaysi birining oldiga chopib borishingni 
bilmaysan. Ammo hammadan qizig‘i va g‘ala-
tisi – otlar. Grisha yurib borayotgan otlarning 
oyoqlariga tikiladi, ammo hech narsa tushu-
nolmaydi. O‘zini ajablantirgan narsani tushun-
tirib berish uchun enagasiga qaraydi, ammo 
enaga indamaydi.
Birdan unga dahshatli gursillash tovushi 
eshitiladi... Qo‘ltiqlariga hammom supurgilari 


Anton Chexov
128
qistirgan, yuzlari qip-qizil bir to‘da askar bul-
vardan to‘g‘ri uning ustiga bostirib kelmoqda 
edi. Grishani dahshat bosib, badani jimirlashib 
ketadi. Qo‘rqinchli emasmi, deb enagasiga qa-
raydi. Enagasi yig‘lamaydi ham, joyida turadi, 
demak, xavf yo‘q. Grisha askarlarni ko‘zi bilan 
kuzatadi va o‘zi ham ularning qadamiga mos-
lab qadam tashlaydi.
Ikkita uzun tumshuq katta mushuk tili-
ni osiltirib, dumlarini xoda qilib, bulvardan 
chopishib o‘tdi. Grisha men ham chopsam 
bo‘lar ekan deb, mushuklar ketidan yuguradi.
– To‘xta! – deb qichqiradi enaga uning 
yelkasidan siqib ushlab. – Qayoqqa chopasan? 
Kim aytdi senga sho‘xlik qilsin deb!
Bir joyda qandaydir enaga tog‘orada apelsin 
olib o‘tirardi. Grisha uning yonidan o‘tib bora-
turib, indamasdan bir apelsin oladi.
– Nega bunday qilasan? – deb qichqiradi ena-
ga va Grishaning qo‘liga bir urib, apelsinni tor-
tib oladi. – Tentak!
Endi Grisha, oyog‘i tagida shamchiroqday 
yaltirab yotgan siniq shishani olgisi keladi, 
ammo yana qo‘limga uradi deb qo‘rqadi.
Grisha xuddi qulog‘ining ustida bir kimsaning:
– Salom! – degan yo‘g‘on ovozini eshitadi va 
tugmalari yaltiroq novcha kishini ko‘radi.
U kishining enagaga qo‘l berishidan va to‘xtab 
gapirishidan Grisha nihoyatda xursand bo‘ldi. 
Quyoshning nuri, izvoshlarning taraqa-turuqi, 
otlarning chopishi, yaltiroq tugmalar – bular-


Buqalamun
129
ning barisi shu qadar yangi va hech qo‘rqinchli 
emas ediki, Grisha xaxolab kuladi.
– Yur! Yur! – deb qichqiradi u, yaltiroq tug-
mali kishining etagidan tortib.
– Qayoqqa yuramiz? – deb so‘raydi kishi.
– Yur! – deb undadi Grisha.
Uning onamni ham, dadamni ham, mushukni 
ham birga olib kelsak yomon bo‘lmasdi degisi 
keldi, biroq tilidan butunlay boshqa narsalar 
chiqadi.
Birpasdan keyin enaga bulvardan burilib, 
Grishani qor bosib yotgan katta qo‘raga yetak-
lab kiradi. Yaltiroq tugmali kishi ham ular bilan 
birga. Qor uyumlarini va ko‘lmaklarni aylanib 
o‘tishadi,  keyin  iflos  va  qorong‘i  pillapoyadan 
chiqib, uyga kirishadi. Uyni tutun bosgan, pi-
yozdog‘ hidi keladi, qandaydir bir xotin pechka 
yonida turib kotlet pishirmoqda. Oshpaz bilan 
enaga o‘pishib ko‘rishadi, birga kelgan kishi bi-
lan o‘rindiqqa o‘tirib sekin-sekin gapiradi. Bur-
kab o‘ralgan Grisha isib ketib, nafasi bo‘g‘iladi.
«Bu nimadan ekan?» deb o‘ylaydi va atrofga 
ko‘z tashlaydi.
Tepada is bosgan qora shiftni, yerda kat-
takon otashkurakni, o‘chog‘i katta pechkani 
ko‘radi...
– A-ya! – deb qichqirdi u cho‘zib.
– Ha, bo‘ldi! Bo‘ldi! – deydi enaga. – Birpas 
tursang hech narsa bo‘lmas!
Oshpaz stolga bir shisha, ikki ryumka va 
somsa keltirib qo‘yadi. Ikkala xotin va yaltiroq 
tugmali kishi ryumkalarni urishtirib, bir necha 


Anton Chexov
130
marta ichishdi. Haligi kishi bo‘lsa goh enagani, 
goh oshpazni quchoqlaydi. Keyin uchovlashib 
sekin qo‘shiq aytishadi.
Grisha somsaga qo‘lini cho‘zadi, unga bitta 
somsa berishadi. U, somsani chaynab, enaga-
ning ichishiga qarab turadi... Uning ham ichgi-
si keladi.
– Menga ham ber! Enaga, ber! – deydi.
Oshpaz o‘z ryumkasidan unga bir qultum 
ichkizadi. Grishaning ko‘zlari olayib ketadi, 
yo‘taladi, qo‘llarini silkitadi, oshpaz bo‘lsa unga 
qarab kuladi.
Uyga qaytishgandan keyin Grisha qayerlarga 
borganini, nimalarni ko‘rganini onasiga, devor-
larga, karavotiga gapirib berdi. Butun gapni u 
so‘z bilan emas, ko‘pincha qo‘llari va yuzi bi-
lan aytdi. Quyoshning yaltiraganini, otlarning 
chopishini, bahaybat pechkani, oshpazning 
ichishini ko‘rsatdi...
Kechqurun u hech uxlay olmadi. Supur-
gi ko‘targan askarlar, katta mushuklar, otlar, 
siniq shisha, apelsin solingan tog‘ora, yalti-
roq tugmalar bir yerga yig‘ilib, uning boshini 
aylantiradi, u yoqdan-bu yoqqa ag‘anaydi, vijir-
laydi va, nihoyat, hayajonlanishni ko‘tarolmay, 
yig‘lab yuboradi.
– Bolamning issig‘i bor, – deydi onasi,  uning 
peshonasini ushlab ko‘rib. – Nimadan issiq 
chiqdi ekan-a?
– Pechka! – deb yig‘laydi Grisha. – Ket bu 
yerdan, pechka!


Buqalamun
131
– Bo‘kib qolgandir... – deb taxmin qiladi ona-
si. Yaqinda o‘zi ko‘rgan yangi olam taassurot-
lari bilan to‘lib toshgan Grisha onasi qo‘lidan 
bir qoshiq dori ichadi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish