Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
169
latishga majbur qildi. Kashtanka Ivan Ivanich-
dan ko‘z uzmas, zavqlanganidan g‘ingshir va 
qattiq vovullab, bir necha marta uning ketidan 
yugurdi. G‘oz ham, o‘zi ham charchagandan 
keyin notanish kishi peshonasining terini art-
di-da: 
– Marya, Xavronya Ivanovnani chaqir! – deb 
qichqirdi.
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas xurullagan 
ovoz eshitildi... Kashtanka o‘ziga qahramonona 
tus berib, vakilladi, har ehtimolga qarshi nota-
nish kishining yoniga borib turdi. Eshik ochil-
di, allaqanday kampir mo‘raladi va bir nimalar 
dedi-da, qop-qora, juda xunuk bir cho‘chqani 
kiritib yubordi. Cho‘chqa Kashtankaning iril-
laganiga hech bir parvo qilmay tumshug‘ini 
ko‘tardi-da, xursandlik bilan xurilladi. U egasi-
ni, mushukni va Ivan Ivanichni ko‘rganiga juda 
sevinib ketganga o‘xshardi. U mushukning 
yoniga borib tumshug‘i bilan qorniga tur-
tib qo‘yganda va g‘oz bilan allanarsa haqida 
gaplashganda uning harakatlari, ovozi hamda 
dumining titrashida ancha yoqimtoylik sezilib 
turardi. Bundaylarga qarab irillash va vovul-
lash foydasizligini Kashtanka darrov tushundi.
Xo‘jayin «П»ni olib qo‘ydi va:
– Fedor Timofeich, marhamat! – deb qichqirdi. 
Mushuk erinchoqlik bilan o‘rnidan turdi va 
istar-istamas yurib cho‘chqaning yoniga keldi.
– Misr piramidasidan boshlaymiz, – dedi 
xo‘jayin. U anchagacha allanarsalarni tushun-
tirdi, keyin: – Bir... ikki... uch! – deb buyruq 
berdi. 


Anton Chexov
170
«Uch» deyilishi bilanoq Ivan Ivanich qanot-
larini qoqdi va sakrab cho‘chqaning ustiga 
chiqib oldi... G‘oz qanotlarini yoyib, bo‘yni-
ni cho‘zib, muvozanatni saqlab, cho‘chqaning 
ustiga joylashgach, Fedor Timofeich erinchoq-
lik bilan shalvirab yurib, ularning yoniga bor-
di va o‘z san’atini bir chaqaga arzitmaydigan, 
nazar-pisand qilmagan bir qiyofada avval is-
tar-istamas cho‘chqaning ustiga chiqdi, keyin 
g‘ozning ustiga chiqdi-da, oldingi oyoqlarini 
ko‘tarib turdi. Notanish kishi Misr piramidasi 
deb atagan narsa hosil bo‘ldi. Kashtanka zavq-
langanidan chiyillab yubordi, lekin shu mahal 
keksa mushuk esnadi va muvozanatini yo‘qo-
tib, g‘ozning ustidan ag‘nab tushdi. Notanish 
kishi baqirdi, qo‘llarini silkidi va yana allanar-
sani tushuntira boshladi. Xullas, xo‘jayin pi-
ramida bilan bir soatcha ovora bo‘lgandan ke-
yin Ivan Ivanichga mushukka minib yurishni 
o‘rgata boshladi, keyin mushukka chekishni 
o‘rgatdi va hokazo.
Ta’lim, notanish kishi peshonasining terini 
artib chiqib ketishi bilan tugadi. Fedor Timo-
feich jirkanib, pix-pix qilib qo‘ydi-da, ko‘rpa-
chasiga yotib ko‘zini yumdi.
 Ivan Ivanich tog‘ora yoniga bordi, kampir 
cho‘chqani olib chiqib ketdi. Juda ko‘p yangi 
taassurotlar tufayli Kashtankaga kun juda tez 
o‘tib ketganday tuyildi, kechqurun esa devor-
lariga yopishtirilgan qog‘ozlari kir bo‘lib ketgan 
uyga ko‘rpachasi bilan ko‘chirib qo‘yildi va u 
yerda Fedor Timofeich va g‘oz bilan birgalikda 
tunadi.


Buqalamun
171
5
ISTE’DOD! ISTE’DOD!
Oradan bir oy o‘tdi.
Kashtanka har kuni kechqurun yaxshi ovqat 
bilan boqishlariga va Tyotka deb chaqirishlari-
ga o‘rganib qoldi. U notanish kishiga ham, yan-
gi hamxonalariga ham ko‘nikdi. Umr silliq va 
ravon o‘tardi.
Hamma kunlar bir xilda boshlanardi. Odat-
da Ivan Ivanich hammadan avval uyg‘onar va 
Tyotka yoki mushuk yoniga borar, bo‘ynini egib 
allanarsalar to‘g‘risida qizg‘in va berilib gapirar, 
lekin uning nima deyayotganiga avvalgidek sira 
tushunib bo‘lmas edi. Ba’zan u boshini baland 
ko‘tarib uzun monologlar o‘qirdi. Dast 
labki 
tanishgan kunlarida Kashtanka, g‘ozni aqlli 
bo‘lgani uchun ko‘p gapiradi deb o‘yla gandi, le-
kin ko‘p o‘tmay uni butunlay izzat qilmaydigan 
bo‘ldi; g‘oz uning yoniga kelib, uzun nutqini 
boshlaganda, Kashtanka avvalgidek dumini 
likillatmas, aksincha hadeb gapiraverib hech 
kimni uxlatmagani, ezmaligi uchun sira men-
simas va mulohaza qilib o‘tirmay «rrrr...» deb 
qo‘yardi.
Fedor Timofeich esa butunlay boshqacha 
zot. U uyg‘onsa ham damini chiqarmas, qimir-
lamas, hatto ko‘zini ham ochmas edi. Unga qol-
sa sira uyg‘onmas edi, chunki hayotni uncha 
yaxshi ko‘rmasa kerak. Uni hech narsa qiziqtir-
mas, hamma narsaga beparvo qarar, hamma 
narsadan nafratlanar, hatto o‘zining mazali 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish