8-jadval
Tashkiliy-huquqiy shakli; mulkchilik shakli; mansubligi; statusi (sho"ba, qaram, xolding, kichik korxona); faoliyat turi; hududi.
Tashkiliy - huquqiy shakli - O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar bular OAl, YOAl, MCHl vah.k.
Mulkchilik shakli - O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar Fuqarolik kodeksiga binoan davlat, xususiy va h.k.
Mansubligi - xo'jalik yurituvchi subyektlar O'zbekiston, xorij, xorijiy investisiyali bo'lishi mumkin.
Statusi - xo'jalik yurituvchi subyektlar sho"ba, qaram, xolding, kichik korxonalar ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Faoliyat turi - xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomaga, yoki lisenziyaga ega bo'lishi mumkin yoki bun day hujjatlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Faoliyat ko'rsatish hududi - O'zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanmasligi mumkin. Ushbu yo'nalishlaming tahlilidan tekshiruvning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
Ushbu yo'nalishlaming tahlilidan tekshiruvning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
1) Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatning huquqiy asoslarini tasdiqlash;
2) Xususiy kapital to'g'r7i shakllantirilganligini tasdiqlash;
3) Ta'sis etuvchilar bilan oraliq va yakuniy hisob-kitoblaming to'g'riligini tekshirish;
4) Ustav kapital to'liq va o'z vaqtida shakllantirilganligini tekshirish;
5) Ta'sis etuvchilar bilan o'z vaqtida va to'liq hisob-kitoblar qilinganligini tekshirish;
6) Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash: ustav kapitalning miqdori va tuzilishi; ustav kapitalga ulushlari bo'yicha ta'sis etuvchilaming qarzlari; aksionerlardan sotib olingan xususiy aksiyalaming mavjudligi; ta'sis etuvchilarga to'lanadigan dividendlar bo'yicha qarzlari;
7) Ustav kapitaliga ulushlari bo'yicha kiritilayotgan moddiy qiymatliklaming baholanishi, ulaming to'g'riligi va hisob-kitoblaming asoslanganligini tekshirish.
Ustav, qo'shilgan, zahira kapitali va zahiralami shakllanishi va harakatining auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) tomonidan quyidagi asosiy hujjatiar axborot manbai bo'lib hisoblanadi va ulardan foydalaniladi:
-iqtisodiy subyekt ustavi;
-ta'sis shartnomasi;
-ta'sischilar majlislarining bayonnomalari;
-davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma;
-korxonalami xususiylashtirish va aksionerlashtirish bilan bog'liq bo'lgan hujjatJar;
-statistika, davlat soliq idoralarida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida guvohnoma;
-bankning xizmat ko'rsatishi to'g'risidagi shartnomasi;
-ta'sis hujjatJariga kiritilgan va ro'yxatga olingan o'zgarishlar;
-emissiya prospekti; -aksiyadorlik jamiyatlari uchun aksiyadorlaming reestri;
-aksiyadorlaming yillik majlisi bayonnomalaridan ko'chirma;
-aksiyadorlar, ta'sischilaming majlis bayonnomalaridan ko'chirma;
-direktorlar (nazorat) Kengashi majlislarining qarorlaridan ko'chirma;
-ijro direksiyasining buyruqlari va farmoyishlari;
-ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyalar va ruxsatnomalar;
-ta'sischilar va aksiyadorlar bilan yozishuvlar;
-ichki ustavlar;
-ustav kapitaliga natura va nomoddiy ko'rinishida kiritiladigan ulushlaming baholash uslubi;
-xo'jalik yurituvchi subyekt davlat ro'yxatidan o'tganidan keyingi boshlang'ich faoliyat davri bo'yicha hisobot;
-yillik hisobot;
-xo'jalik yurituvchi subyektning tugalishi yoki qayta tuzish sanasidagi hisoboti.
Do'stlaringiz bilan baham: |