Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi


-mavzu: Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarishnintashkil qilish texnologiyasi va buxgalteriya hisobini yuritishning tashkiliy tizimi



Download 79,86 Kb.
bet2/22
Sana31.12.2021
Hajmi79,86 Kb.
#229555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
hisobot amalyot

1-mavzu: Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarishnintashkil qilish texnologiyasi va buxgalteriya hisobini yuritishning tashkiliy tizimi.

Men 2021-yil 19 apreldan 22maygacha “Zebo-Biznes” MCHJda malakaviy amaliyotni o`tadim. Amaliyot davri davomida belgilangan dastur asosida 2 kun davomida “Zebo Biznes” MCHJning tarkibiy tuzilishi, mas`uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarishini tashkil qilish texnologiyasi, buxgalteriya hisobini yuritishning tashkiliy tizimi bilan tanishib chiqdim.

Korxona — yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt. Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shugʻullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor.

“Zebo-Biznes” MCHJ Toshkent viloyati Parkent tumani xokimligi tomonidan 2007 yil06 avgustda 4171-son bilan ro`yxatga olingan.

“Zebo-Biznes” MCHJ faoliyati quyidagi turlarini amalga oshiradi:


  • qurilish mahsulotlarini ishlab chiqish;

  • chakana savdo;

  • non mahsulotlarini ishlab chiqish;

  • chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqish;

  • xizmat ko`rsatish;

  • yog`ochni qayta ishlash;

  • eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish;

  • montaj, ta`mirlash ishlarini amalga oshirish;

  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo va boshqalar.

Amaliyot davri davomida “Zebo-Biznes” MCHJning ishlab chiqarish texnologiyalari ya`ni qurilish, chakana savdo,non sexlari, chorvachilik, xizmat ko`rsatish, yog`ochni qayta ishlash, eksport va import faoliyati bilan tanishib chiqdim.

“Zebo-Biznes” MCHJda buxgalteriya apparati ham tashkil topgan bo`lib, bosh buxgalter rahbarligida har bir xodimning xizmat vazifalari va majburiyatlari belgilab berilgan. “Zebo-Biznes” MCHJ buxgalteriya apparati bosh buxgalter, bosh buxgalter o`rinbosari, kassirdan tashkil topgan.

Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea– hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim qilish tizimidir.

“Zebo-Biznes” MCHJda buxgalteriya hisobi korxona faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali sschyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.

Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan xujjat tuzilishi kerak.

Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.

Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biznes reja ko‘rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilishdir. O‘z navbatida ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishni ta’minlashdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratishda namoyon boʻladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish  dan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.

Ishlab chiqarishni tashkil etish xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqartishning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-texnik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni modernizatsiyalash jarayoni ishlab chiqarish boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari ham ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli ishlab chiqarishni xreil qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot ishlab chiqarishning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib, vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etishdirning muhim ko`rinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.

“Zebo-Biznes” MCHJning moliyaviy axvoli, uning faoliyati ko`rsatkichlari to`g`risida hamda pul mablag`larining harakati haqida iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilar keng doirasiga zarur bo`lgan axborotni taqdim etish moliyaviy hisobotlar maqsadi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek xo`jalik yurituvchi subyektning rahbariyati tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko`rsatadi.

“Zebo-Biznes” MCHJning rahbari hisob siyosati qonunlarga mos bo`lishi uchun, shuningdek xo`jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun javobgar hisoblanadi.

“Zebo-Biznes” MCHJ da moliyaviy hisob va hisobot tartibga solish quyidagi me`yoriy hujjatlar orqali tartibga solinadi:

1.“Buxgalteriya hisobi to`g`risida” gi qonun, 2016-yil 13 aprel, O`RQ-404;

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida” gi 54-sonli Nizom;

3. O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS);

4.21-son BHMS “Xo`jalik yurituvchi subektlar moliyaviy-xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma”;

5.Tarmoqlar yoki korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatlari ifodalovchi boshqa me`yoriy hujjatlar.

Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonun 32 ta moddadan iborat. Unda buxgalteriya hisobining barcha bosqichlari va tashkiliy jihatlari qamrab olingan.

Bugungi kunda 24- raqamgacha milliy standartlar bo`lib, ular asosida Respublikada buxgalteriya hisobini yuritishning yagona tizim asosida tashkil qilib kelinmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom xo`jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslarning, shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.

Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo`ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadihisoblanadi.





Download 79,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish