Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi


-mavzu: Joriy aktivlar hisobi va auditi



Download 79,86 Kb.
bet8/22
Sana31.12.2021
Hajmi79,86 Kb.
#229555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
hisobot amalyot

4-mavzu: Joriy aktivlar hisobi va auditi

Joriy aktivlar deganda ishlab chiqarish va muomala fondlarini shakllantirish uchun pul ko‘rinishida avanslashtiriladigan, doimo bir funksional shakldan boshqa shakl ko‘rinishiga o‘tadigan qiymat tushuniladi. Bu orqali mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi.

Joriy aktivlar bu pul mablag‘lari ko‘rinishidagi 12 oy yoki oddiy operatsion sikl mobaynida shu ko‘rinishga keltirilishi mumkin bo‘lgan aktivlardir. Operatsion sikl deganda moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga tayyorlash va tovar (mahsulot, xizmat)larni sotishdan olinadigan to‘lov muddati o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt birligi tushuniladi.

Joriy aktivlar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarni tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish hamda joriy aktivlarni turkumlashga mamlakatimiz va xorijlik olimlar A.N.Xorin, Ye.M.Chetirkin, I.A.Blank, N.P.Lyubushin, I.K.Ochilov, D.X.Azlarov, A.Z.Avloqulov, J.E.Qurbonboyev, N.V.Posherstnik, N.A.Litneva, L.I.Malyavkina, T.V.Fedorovalarning yondashuvlarini tahlil qilish asosida ular turkumlanishining mualliflik yondashuvi ishlab chiqildi. Joriy aktivlarning me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan aktivlarga ajratilishi yuqorida ta’kidlaganimizdek, rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakat miqyosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (tarmoq, iqlim) aniq xususiyatlarini hisobga olgan holda aylanma (joriy) mablag‘larning normativlarini ishlab chiqish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib rejalashtirishda me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan joriy aktivlardan foydalanishlari mumkin. Me’yorlanadigan joriy aktivlarga minimal zaxiralarini aniq hisoblash mumkin bo‘lgan, me’yorlashtirilmaydigan aktivlarga ularning minimal miqdorini aniq hisoblash imkoni bo‘lmagan joriy aktivlar kiritiladi .

Me’yorlanadigan joriy aktivlar bo‘yicha zaxiralar me’yori belgilanadi, masalan, tovar moddiy zaxiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi yoki savdodagi tovarlar zaxirasi, kassadagi pul mablag‘lari me’yori va boshqalar.

“Zebo-Biznes” MCHJ ushbu mablag‘larni savdo kreditlash va hisoblashishlar tizimi orqali boshqarishi hamda ularning hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Joriy aktivlar me’yori deganda korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini bir maromda amalga oshirish uchun doimiy zarur bo‘lgan joriy aktivlarning minimal rejalashtirilgan miqdorini tushunish lozim. Joriy aktivlar me’yori ularning umumiy miqdorining me’yori va alohida joriy aktiv me’yori tushunchalariga ajratilishi mumkin.

Rejalashtirilayotgan davrda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari smetasi joriy aktivlarni me’yorlashtirish uchun asos hisoblanadi. Me’yorni aniqlash maqsadida me’yorlashtiriladigan elementlarning kunlik o‘rtacha sarfining pul ko‘rinishidagi miqdori olinadi. Ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha o‘rtacha sarf ishlab chiqarish xarajatlari rejasining tegishli moddalari bo‘yicha hisoblanadi. Zaxira me’yori biror - bir bazaga nisbatan foiz sifatida yoki pul ifodasida belgilanishi mumkin.

Tovar-moddiy zaxiralarning bu turi bo‘yicha belgilangan zaxira va xarajat me’yoridan kelib chiqib, har bir joriy aktivlar zaxiralari me’yorini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar summasi aniqlanadi. Alohida joriy aktivlar me’yorlarini jamlash orqali umumiy me’yor aniqlanadi.Shunday qilib, joriy aktivlar me’yori bu korxonaning normal xo‘jalik faoliyatini eng kam miqdorda ta’minlash uchun rejalashtirilayotgan tovar moddiy zaxiralarning pul ko‘rinishida ifodalanishidir.




Download 79,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish