5-mavzu: Mehnatga haq to`lash hisobi va auditi
Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schyotlarining 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Хo’jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to’lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo’shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish;
hisoblangan ish haqi va sug’urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o’z vaqtida hamda to’g’ri o’tkazib borishni ta’minlash;
boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo’yicha ko’rsatkichlarni operativ yig’ish va guruhlash;
ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi.
Masalan, ishchiga yanvar oyida 300000 so’m ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig’i miqdori quyidagicha bo’ladi: Minimal ish haqi 12420 so’m. 1) 12420 x 5 = 62100 so’m. x 13% / 100% = 8073 so’m
2) 5 baravaridan oshgan summa 62100 so’m x 18% /100% = 11178 so’m
3) 10 baravaridan oshgan summa 175800 so’m x 25% / 100% = 43950 so’m
4) jami ushlanadigan daromad solig’i miqdori 63201 so’m (8073+11178+43950) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -63201 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m. Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -63201 so’m.
Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -7500 so’m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m.
Mablag’ o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -7500 so’m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Auditorlik tekshiruvining maqsadi mehnat munosabatlariga tegishli bo'lgan amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo'shimcha to'lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to'lovlar to'g'ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.
Auditorlik tekshiruvining vazifalari quyidagilardir:
mehnat to'g'risidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi va mehnat aloqalariga oid ichki nazorat holatini tekshirish;
dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli xii mukofotlar va qo'shimcha to'lovlar to'g'ri hisoblanganligini tekshirish;
ish haqi va boshqa to'lovlardan daromad solig'i va turli chegirmalar to'g'ri ushlab qolinganligini tekshirish;
mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarga oid schetlarning to'g'ri korrespondensiyalanganligini tekshirish.
Mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisob-kitoblami tekshirish uchun ma'lumot manbasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi: korxona rahbarining xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish, mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o'tkazish, mehnat ta'tili berish to'g'risidagi buyruqlari va farmoyishlari; xodimlar jadvali, huquqiyfuqarolik tavsifdagi shartnomalar, kontraktlar va mehnat shartnomalarining boshqa shakllari; ish haqi, mukofotlar va rag'batlantirishlami hisoblashga asos bo'lgan dastlabki hujjatlar (xususiy varaqalar, ish vaqtidan foydalanilganligini hisobga olish tabellari, naryadlar, bildirishnomalar, marshrut varaqalari, bajarilgan ishlar to'g'risidagi dalolatnomalar, to'Iov qaydnomalari, yo'l varaqalari, vaqtinchalik mehnatga Iayoqatsiziligi to'g'risidagi varaqalari, qo'shimcha haq to'lash varaqalari, ijro varaqalari, hisob-kitob va hisob-kitob-to'lov qaydnomalari va boshqalar) hamda buxgalteriya hisobining registrlari, ish haqi turlari va shifrlar bo`yicha taqsimlaydigan yig`ma qaydnomalar, 8,10-sonli jurnal-order, mashinogrammalar, Bosh kitob, balans va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari.
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo'yicha audit o'tkazganda auditor dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut xaritalar, yo'l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bO'yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to'lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to'g'ri qo'llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to'g'risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo'yicha boshqa hujjatiarni tekshirganda ularga "o'lik jonlar"ni kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo'yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo'limidagi shaxsiy tarkibni hisobga olish ma' iumotiari bilan solishtirish lozim.
Dastlabki hujjatlar bo'yicha avval to'langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to'lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi. Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo'lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz) mahsulotlarni tuzatish bo'yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatIar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisob-kitoblar to'g'riligiga katta e'tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag'batlantirishga qaratilgan turli to'lovlar: ma'ium bir davrda ishlaganligi natijasiga ko'ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo'shimcha to'iov va ustama xaqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to'lovlar hujjatlarda to'g'ri rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag'batIantirish va turli qo'shimcha to'lovlar va mukofotIarni hisoblash to'g'risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo'lishi kerakligini unutmasligi zarur.
Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug'i bilan rasmiylashtiriIishi va mukofotlash to'g'risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo'lishi lozim. O'rtacha ish haqiga asoslangan hisob-kitoblar to'g'riligini tekshirganda o'rtacha ish haqqi to'g'ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to'lovlar to'g'ri hisoblanganligini tekshirish kerak.
Aniqlangan kamchilik va xatoliklar bo'yicha buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Ish haqidan daromad solig'i to'g'ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari bo'yicha chegirmalar, nafaqa jamg'armasiga ajratmalar, hisobdor summalar bo'yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo'yicha to'lovlar, olingan ssudalar bo'yicha to'lovlar, kreditga olingan tovarlar bo'yicha xodimlarning qarzlari, shaxsiy sug'urta shartnomalari bo'yicha to'lovlar, xodimning arizasiga muvofiq jamg'arma banklarga o'tkaziIadigan summalar va boshqalar tekshiriladi. Ish haqidan ushlab qolingan ushlanmalarning to'g'riligi tekshirilganda, ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlab qolingan summalar esa o'z vaqtida maqsadga muvofiq o'tkaziIganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha ushlanmalarlarning umumiy summasi bir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo'lmasligini unutmaslik kerak.
“Zebo-Biznes” MCHJda auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob registrlarida ko'rsatilgan ish haqidan ushlanmalar bo'yicha schetlar to'g'ri korrespondensiyalanganligini aniqlash lozim. Buning uchun xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schetlari ma'lumotlari asosida ish haqi bo'yicha yig'ma hisobotlar tekshiriladi. Hisob jumal-order shaklida olib borilganda xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schetlarining kredit bo'yicha oboroti 10 va IOIl-sonli jumal-order ma'lumotlari bilan, ushbu schet bo'yicha debet ma'lumotlari esa - 1,2, 8- sonli jumal-order ma'lumotlari bilan solishtiriladi.
Ma'lum bir sanaga ish haqi bo'yicha tahliliy hisob ma'lumotlarlari Bosh kitob va buxgalteriya balansidagi xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schetning sintetik hisobi ma'lumotlarlari bilan muvofuqligi aniqlanadi. Buning uchun oyning I-sanasiga xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schetning qoldig'i hisob-kitob-to'lov qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi.
Tafovutlar paydo bo'lsa ulaming sabablari aniqlanadi. Ish haqi j jamg'armasidan turli to'lovlar va chegirmalami chiqarib tashlash yo'li bilan pul xarajatlarini yashirib ko'rsatish, avanslami to'liq ushlab qolmaslik, pul hujjatIarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular bo'yicha to'lovlami xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar schetning debetiga o'tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga kchiqarishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzini ko'paytirib ko'rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida etilganlarning asosiy sabablaridir.
“Zebo-Biznes” MCHJda auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan xato kamchiliklar, talablariga rioya qilinmagan me'yoriy hujjatlar ko'rsatilgan va hisobotning ko'rsatkichlariga miqdoriy ta'siri aniqlangan holda, auditoming ishchi hujjatlarida qayd etiladi.
Ish vaqtining me'yoriy muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. U mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha korxona va tashkilotlarning xodimlari uchun boshlang'ich me'yor tariqasida belgilanadi.
Korxona o'z xodimlarining ish vaqtini o'tkazishi hisobi uchun tabel shaklini o'z hohishiga ko'ra tanlaydi: T-12 shakl yoki T-13 shakl. Oy tugayotganda tabel uchun javobgar xodim ish vaqtini o'tkazish turlari hamda sababli va sababsiz ishga kelmaslik turlarini ko'rsatish uchun ajratilgan barcha ustunlami to'ldrib, tabelni yopadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |