10-mavzu: Moliyaviy natijalar hisobi va auditi.
Auditor moliyaviy natijalami shakllanishini kuyidagi buxgalteriya hiobi schyotlaridagi yozuvlar orqali tekshiradi: 9000-«Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari», 9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi schyotlari», 9500-«Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari», 9700 - «Favkulotda foyda (zarar)lar hisobi schyotlari», 9800 - «Soliqlar va yig'imlami to'lash uchun foydaning ishlatilishi hisobi schyotlari», 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» va boshqa schyotlar.
Asosiy faoliyatdan daromadlar tayyor mahsulotIami, tovarlami sotishdan olingan daromadlar, bajarilgan ishlar va xizmatIardan olingan daromadlardan iborat. Ushbu daromadlar 9010 - «Tayyor maxsulotni 482 sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Tovarlami sotishdan olingan daromadlam, 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyotlaming kreditida va 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan tovarlar, 5110 - «Hisob-kitob schyotining» debetida aks ettirilgan bo'ladi.
Naqd pulga sotilgan tovarlar, tayyor mahsulotlardan olingan tushumlar esa bevosita 5010, 5020 schyotlarda ifodalangan bo'ladi. Realizatsiyadan olingan daromadlar oy oxirida yakuniy moliyaviy natijalar schyotiga o'tkazilgan bo'ladi. Shu maqsadlarda auditor 90 I 0 - «Tayyor mahsulotlami sotishdan olingan daromadlar» (9020,9030 schyotlar bo'yicha ham) schyotining debetidagi yozuvlar bilan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining kreditdagi yozuvlami o'zaro solishtirib ko'radi. Ushbu ma'lumotlar Bosh kitob, aylanma qaydnomalari va «moliyaviy hisobot» dagi 2-shakl: «Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot» kO'rsatkichlari bilan taqkoslanadi.
“Zebo-Biznes” MCHJda daromadlaming auditi jarayonida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, ya'ni asosiy vositalami sotishdan olingan daromadlar (9310 - schyot), boshqa aktivlami sotishdan olingan daromadlar (9320 - schyot), undirilgan jarimalar (9330 - schyot), boshka asosiy faoliyatning daromadlari (9340, 9390 -schyot bo'yicha) tekshirilib chiqiladi.
Undirilgan jarimalar pul mablag'larini hisobga olib borilgan schyotlarda (5110, 5210, 5220) ifodalangan bo'ladi. Oy oxirida ushbu daromadlar ham 9900 - moliyaviy natija» schyotiga o'tkazilgan bo'ladi. Auditor ushbu operatsiyalaming-buxgalteriya hisobi schyotlamida to'g'ri aks ettirilganligiga e'tiborini kuchaytirishi kerak. Moliyaviy natijalami audit qilish jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorlik ko'rsatgichlari tahlil qilinadi va tegishli tavsiyalar beriladi.
Korxonaning moliyaviy holatini baholovchi ko'rsatkichlarga quyidagilami kiritish mumkin:
-korxonaning mulkiy holati;
-korxona balansining likvidligi;
-korxonaning to'lov qobiliyati;
-korxonaning moliyaviy barqarorligi;
-korxonaning moliyaviy natijalari;
-korxonaning rentabellik darajasi.
Moliyaviy natija - hisobot davridagi foyda yoki zarardir. Rentabellik samaradorlik ko'rsatkichi hisoblanadi. Auditor moliyaviy natijani tekshirish jarayonida xarajatlar tarkibga kiritilgan foyda (zarar) ko'rsatkichiga ta'sirini aniqlashi kerak.
Korxona foydasi muhim sifat ko'rsatkichlardan bo'lib resurslardan samarali foydalanganlikni ifodalaydi. Olingan foyda miqdoriga qarab aktivlaming rentabelligini bilish mumkin. Audit jarayonida aktivlaming turlari bO'yicha rentabellik darajasi tahlil qilingan foydani yanada oshirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Asosiy xo'jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Asosiy xo'jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo'jalik yurituvchi sub'ekning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o'z sarmoyalariga badali bilan bog'liq bo'lagan ko'payishlami istisno etganda, o'z sarmoyasi ko'payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi.
“Zebo-Biznes” MCHJning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlarning kredit hisobot davri oxirida quyidagi provodkalar bilan 9900- schyotiga o'tkaziladi: Dt 9010,9020, 9030-schyotlar Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija».
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo'yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi: Ot 6410 «Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzdorlik» Kt 4010 yoki 4110 schyoti. Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schyotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga o'tkaziladi: Ot 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» Kt 9040 "Sotilgan tovarlaming kaytarilishi" Asosiy faoliyatdan olingan daromadlami hisobga oladigan (9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlami sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar") schyotlar bo'yicha analitik hi sob sotilgan mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlami har bir turi bo'yicha yuritiladi.
Tayyor mahsulotni xaridorga jo'natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo'natiladigan mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks ettiriladi. Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlami to' liq aks ettirilishini tekshiradi. Undan tashqari mahsulot jo'natilishi hisob schyot-faktura, chiqim yukxati to'lov-talabnomasi va boshqa hujjatIarda to'g'ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi.
Mahsulot jo'natilganda uning sotilishi narxi to'g'ri hisoblanishi, ya'ni unga qo'shilgan qiymat, aktsiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga etkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo'shilishi tekshiriladi. Auditor jo'natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi to' g'ri aniqlanishini tekshiradi.
BuxgaIteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo' natilgan vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot xaridorlarga jo'natilganda uning haqiqiy tannarxi noma'ium bo'ladi, chunki uning haqiqiy tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. Shuning uchun joriy hisobda jo'natilgan tayyor mahsulotlar hisob narxlarida rasmiy lashtiri ladi. Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo'llaniladi. Hisobot davrining oxirida jo' natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog'liq emas. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda alohida zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |