6-mavzu: Xarajatlar hisobi va auditi
«Xarajatlar tarkibi to'g'risida»gi Nizomda xarajatlami turkumlash va moliyaviy natijalaming tarkib topishining asosiy qoidalari bayon etilgan. Mazkur Nizomga muvofiq hamma xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
5-jadval
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo'shiladigan xarajatIar
2.Ishlab chiqarish tannarxiga qo'shilmaydigan, arnmo asosiy faoliyatdan olinadigan foydadan hisobga olinadigan davr xarajatlariga qo'shiladigan xarajatlar.
3. Korxona umumxo'jalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararlarda hisobga olinadigan korxona moliyaviy faoliyati bo'yicha xarajatlar.
4. Daromaddan yoki foydadan soliqlar to'langunga qadar foyda yoki zarar hisob-kitobida hisobga olinadigan tasodifiy zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko'ra 2 guruhga bo'linadi:
1. Asosiy xarajatlar.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bog'liq xarajatlar. Asosiy xarajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog'liq xarajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xomashyo, material, yordamchi material, yoqilg'i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchilaming asosiy va qo'shimcha ish haqi hamda ijtimoiy sug'urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda unga xizmat qilish bilan bog'liq xarajatlarga umumiy ahamiyatdagi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda tannarxga o'tkazish nuqtayi nazaridan xarajatJar bevosita (to'g'ri) va bilvosita (egri) xarajatlarga bo'linadi. Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to'g'ri o'tkaziladigan xarajatJarga aytiJadi. Masalan: texnologik mahsulotJar uchun sarflangan xomashyo va asosiy materiaIlar, ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchilarning asosiy mehnat haqi va boshqaIar.
Bilvosita xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig'ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kaIkulyatsiya qilishda mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko'rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo'li bilan qo'shiladigan xarajatJarga aytiladi.
Mahsulot hajmiga bog'liqliklar nuqtayi nazaridan xarajatlar o'zgaruvchan va shartli doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatlarga bo'linadi. Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra o'zgaruvchan xarajatlar asosiy xarajatlarga shartli-doimiy (o'zgarmaydigan) xarajatJar esa ishlab chiqarishni tashkil qilish va unga xizmat qilish bilan bog'liq xarajatJarga tenglashtiriladi.
Xarajatlar tarkibi O'zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatJarining tarkibi hamda moliyaviy natijaIarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom»da belgilab qo'yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatJar ikki guruhga bo'linib hisobga olinishi belgilangan:
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatJar. Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo'yicha harnda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi.Yuqordagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
c) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chi qarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma'muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
c) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar:
a) foizlami to'lash bo'yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan operatsiyalar bo'yicha kurslardagi salbiy farqlar; ,
c) qimrnatbaho qog'ozlarga qo'yilgan mablag'lami qayta baholash natijasidagi zararlar;
d) moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to'lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Kalkulyatsiya obyekti bu, korxonalarda tayyorlangan ayrim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, biron-bir buyurtma turidan iborat. Korxona uchun kalkulyatsiya obyektining ro'yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mutasaddi xodiml ~omonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilinishn tashkil qilishda kalkulyatsiya birligini to'g'ri tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |