Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ism (ot) larning lug‘aviy shakllari
Ot narsaning, sifat belgining, son miqdorning nomini bildirgani va olmosh uni almashtirgani uchun bu to‘rt turkum so‘zi ism atamasi bilan ham yuritiladi. Ot, sifat, son, olmosh – ismlar.
Ona tili (7-sinf)
Ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash, belgining darajasi kabi ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy shakl sanaladi.
Son (ko‘plik) shakllari
Ona tili (6-sinf)
Otlarning –lar qo‘shimchasini olgan shakli ko‘plik shakli, -lar qo‘shimchasisiz qismi esa birlik shakli sanaladi.
Otlarning ko‘plik shakli ko‘plik ma’nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko‘zim, ko‘zlarim, labi-lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin.
Otlarning -cha, -choq, -chak kabi qo‘shimchalarni olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina) -jon, -xon, -oy kabi qo‘shimchalarni olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |