Uchinchi turdagi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi.
Masalan: Biz Xorazmiy farzand/i/miz. Gapda III shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi va I shaxs ko‘plikdagi bog‘lama mavjud.
Otlarning egalik shakllari
Ona tili (5-sinf)
Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo‘shimchalarga egalik qo‘shimchalari deyiladi.
Egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan ot, albatta, o‘zidan oldingi otning qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi.
K va q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday eshitilsa, o‘shanday yoziladi, ya’ni ba’zan k undoshi g tovushiga, q undoshi g‘ tovushiga o‘zgaradi. Masalan: tuproq-tuprog‘i, terak-teragi. Ayrim so‘zlarda bunday o‘zgarish yuz bermaydi. Masalan: huquq-huquqi, idrok-idroki.
O‘g‘il, burun kabi otlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi i yoki u unlisi tushib qoladi va o‘g‘li, burni kabi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |