G-k undoshlari
G (g) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So‘z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. Masalan: barg, tug, pedagog, eg kabi.
Imlo qoidasiga ko‘ra, oxiri g bilan tugagan so‘zlarga g undoshi bilan boshlanuvchi -ga, -gacha, -gach, -gan, -gina kabi qo‘shimcha qo‘shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham asliga muvofiq g yoziladi. Qarang: bargga, eg-guncha, dialoggacha, tuggin.
K (k) harfi til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Oxiri k bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak-yuragim, tilak-tilagim, bek-begim kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |