Interpol – [ing.] Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti.
Kadastr – [fr. varaq, ro‘yxat] Muayyan obyektlar haqidagi aniq va tartiblashtirilgan axborotlar majmui, ro‘yxati.
Kredit – [lot. u ishonadi] Kirim – chiqim daftarlarining chiqimlar, unadigan pullar yoziladigan o‘ng tomoni. Kredit – [lot. qarz, ishonmoq] Foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; qarz, nasiya, mablag‘, chqarilgan pul.
Kvorum – [lot. shularning(qatnashayotganlari yetarli)] Biror bir yig‘ilish yoki majlisda qarorlarni qonuniy deb topish yoki majlisni ochish uchun unda qatnashishi shart bo‘lgan va qonunda yoki jamoat tashkiloti nizomida belgilab qo‘yilgan ishtirokchilar soni.
Kvota – [lot. har bir kishiga to‘g‘ri keladigan qism, hissa] Biror bir narsaning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qismi, ulushi; saylovda ovoz miqdori.
Kongress – [lot. uchrashish, ko‘rishish; to‘qnashuv] Muhim siyosiy, ilmiy va b. masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya, kengash.
Do'stlaringiz bilan baham: |