Hol
Ona tili (5-sinf)
Fe’lga bog‘lanib, qachon?, qayer (-da, -ga, -dan)?, qanday (qilib?), nima uchun?, nima maqsadda? singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi.
Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o‘rnini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq (…….) chiziladi. Maktabga ketdi.
Ona tili (8-sinf)
Bilib oling. Hol ko‘proq gap markazi – kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‘rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakdir. Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? nima uchun? qancha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Bilib oling. Hollar ravish so‘zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so‘z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Hollar sodda (bir so‘zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so‘zdan iborat) tuzilishiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |