Yordamchi so‘zlar deb yuritiluvchi guruh tarkibida shunday yordamchilar borki, ular so‘z va gaplarni bir – biriga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalamaydi. Masalan, faqat o‘qishni o‘ylaydi jumlasidagi faqat yordamchisi o‘qishni so‘zini boshqalardan ayirib, bo‘rttirib, ta’kidlab kelyapti. Shuning uchun ham bu jumla zamirida boshqa narsani o‘ylamaydi degan ma’no ham yashiringandir. Ana shu yashirin ma’noga ishora faqat yordamchisi orqali seziladi. Agar mazkur jumla tarkibidan faqat yordamchisini olib tashlasangiz, yuqoridagi yashirin ma’no ham xiralashadi.
So‘z va gaplarga qo‘shilib, ularga qo‘shimcha ma’no yuklovchi yordamchilarga yuklama deyiladi.
Yuklamalarning ko‘pchiligi qo‘shimcha shaklida, ayrimlari esa so‘z shaklida qo‘llaniladi. Ana shu belgisiga ko‘ra yuklamalar ikki guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |