1. Tovushga taqlid so‘zlar: taraq, gumbur-gumbur, shov-shuv, duv- duv, qars-qars, tap, sharaq, shalop, shitir-shitir, biliq-biliq(qaynash haqida) va hokazo...
2. Obrazga yoki holatga taqlid so‘zlar: lip-lip, jimir-jimir, yalt-yult, lapang-lapang, dik-dik, bilq-bilq (yumshoq narsa, masalan, loy,issiq tuproq haqida) kabi.
Taqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi.
Taqlid so‘zlar tuzilishiga ko’ra ikkiga bo‘linadi: sodda taqlid so’zlar: ship, tars, yarq, yilt; takroriy taqlid so’zlar: dag’-dag’, chars-churs, dir-dir, yal-yal, tap-tap, jaz-jaz, g’o’ng’ir-g’o’ng’ir, qiy-chuv, duk-duk.
Do'stlaringiz bilan baham: |