Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet68/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

AL va KHK darsligidan:
ADABIY TIL HAQIDA MA’LUMOT
Hozirgi o‘zbek tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o‘z ichiga oladi.
Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi.
Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug‘at tarkibining boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat’iy me’yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Bu jihatdan adabiy til xalq shevalariga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi.
Shevalar shu xususiyatlari bilan boshqa hududga mansub shevalardan va ayni paytda adabiy tildan farq qiladi.
Adabiy til xalq shevalaridan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Demak, adabiy til xalq shevalaridan uzilgan til emas.
Adabiy til xalq shevalari negizida so‘z ustalari tomonidan umumlashtirish, qat’iy me’yorlarni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ko‘proq qarluq, qisman qipchoq va o‘g‘uz shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ularning atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek bu sheva vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Har bir ziyoli o‘zi mansub bo‘lgan hudud tili xususiyatlaridan qutulib, adabiy tilda gapirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Masalan, ashi, kevotti, kelutti, kelopti, oka, aqa-baqa singari shakllarni nutqda qo‘llash so‘zlovchida nutq madaniyatining shakllanmaganligidan dalolat beradi.
Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy til sanaladi. Masalan, gazeta-jurnallar tili, ish qog‘ozlari tili va boshqalar.
Tovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til og‘zaki adabiy til deyiladi. Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.
Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning og‘zaki so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya’ni badiiy uslub sanaladi. Ko‘rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo‘lib, badiiy tilni ham o‘z ichiga oladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish