Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet44/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Ona tili (8-sinf)
Hozirgi o‘zbek yozuvida 10 xil tinish belgisidan foydalaniladi:
1) nuqta – (.); 6) so‘roq belgisi – (?);
2) vergul – (,); 7) undov belgisi – (!);
3) nuqtali vergul – (;); 8) ko‘p nuqta – (…);
4) ikki nuqta – (:); 9) qavs – ( ), [ ];
5) tire – (-); 10) qo‘shtirnoq – (“ ”, « »).
Har bir tinish belgisi muayyan qoidalar asosida qo‘llanadi. Tinish belgilarining qo‘llanishiga oid qoidalar to‘plami punktuatsiya deyiladi.
AL va KHK darsligidan:
Nuqta va uning qo‘llanilishi
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida qo‘llanilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.
Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq va undov gaplardan so‘ng.
Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda.O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. Farzandlarimiz doimo sog‘lom bo‘lsin.
2.Atov gaplardan keyin.
Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
3. Ism, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng.
M. Behbudiy, A.Fitrat, A. Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. A. S. Pushkin - rus poeziyasining quyoshi.
4. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng.
va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘.G‘. (G‘afur G‘ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent);”O‘qituvchi”NMIU;1995-y.
5. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin.
Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg‘in.
6. Nuqta ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2013.
7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta qo‘llanilishi mumkin.
Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi. 2∙2=4 (ikki karra ikki to‘rt).

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish