Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi kelishik qo‘shimchalari



Download 2,11 Mb.
bet171/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida ham bog‘lanadi.
Masalan: Istiqlol uchun kurashmoq. Toshkent tomon yo‘nalmoq.
Ba’zan kelishik va ko‘makchilar birgalikda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda kelishik tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin. Masalan: Dala tomon ketmoq; Dala tomonga ketmoq.
Juda muhim. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo‘llanilishi mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi vujudga keladi. Uni quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin:

-ga
-tomon


-tomonga
-ga tomon
Eslab qoling. Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasida ma’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalangan harakatning chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi.
S olishtiring:
Maktabdan chiqdi Maktabga ketdi
Maktab tomondan chiqdi Maktab tomonga ketdi
Maktab tomon ketdi
Maktabga tomon ketdi


Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchalarining qo‘llanilishi
Juda muhim. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi.
Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Uni quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin.
a) - ning (do‘stimning) (ona) -si
b) -? (mustaqillik) (shabada) -si
d) - ning (bizning) (Vatan) - ?
Qaratqich kelishigi doimo tushib qola bermaydi. U quyidagi hollarda, albatta, qo‘llaniladi: a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z kelsa: Masalan, Derazaning qora oynasi; b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda: Masalan, Ahmadning daftari, mening daftarim kabi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega:
Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. Solishtiring:
1) daftarning varag‘i 2) daftar varag‘i 3) bizning daftar 4) daftar varaq
Birinchi bog‘lanish bilan ikkinchi bog‘lanish o‘rtasida aniqlik-noaniqlik ma’nosi bor yoki yo‘qligiga ko‘ra farqlanish mavjud.
Agar varaq so‘zlovchi va tinglovchi uchun aniq bitta daftarga qarashli bo‘lsa, birinchi bog‘lanish qo‘llaniladi, umuman daftarga qarashli bo‘lsa, ikkinchi bog‘lanish qo‘llaniladi. Uchinchi bog‘lanish ko‘proq qaratqich I-shaxs ko‘plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi. To‘rtinchi bog‘lanish esa birinchi va ikkinchisidan ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan farqlanadi.
Shunday qilib, qaratqichli birikmalarning qay holatda qaysi biridan foydalanishni bilish madaniy nutq uchun katta ahamiyatga ega.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish