Rasmiy-idoraviy uslub namunasi: 1. Shu yil 28 – oktabr kuni soat 14.00 da “Davlat tili haqida”gi Qonun tasdiqlangan kun munosabati bilan adabiy – badiiy anjuman o‘tkaziladi. 2. Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi. 3. Betobligim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Ilmiy-ommabop uslub namunasi: ... Tovushdoshlikning ma’no bilan singishib ketgan oliy namunalarini Navoiy asarlarida ko‘rish mumkin. Masalan, shoir “Xamsa”ning Nizomiy Ganjaviyga bag‘ishlangan qismlarining birida:
Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj,
Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj,-
deydi. Bu baytda “ishtiqoq” deb atalgan san’at ham bor.
“Ishtiqoq” so‘zining badiiy atama bo‘lishiga uning grammatik ma’nosi asos bo‘lgan. So‘z yasalishi ishtiqoq deyiladi. Shunga asosan gapda bir o‘zakdan yasalgan so‘zlarni keltirishni ishtiqoq deb ataganlar...
Publitsistik uslub namunasi: Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun eng aziz bo‘lgan umr qisqa. Shu bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, u in’om etgan lazzatlardan tatishga intilib yashaydi...
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil...
Badiiy uslub namunasi: I. G‘. G‘ulomning siyohdonga bag‘ishlangan she’ri.
II. Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilib tugalgan, yer yuzi o‘zining qishki sariq kiyimini kiygan edi...(Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”)
III. ... Notiq rumkani olib o‘rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi biroz o‘zgardi, avval rumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so‘z boshladi:
O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!
Tinish belgilarining ishlatilishiga doir mashqlardan misollar:
Tire: 1. Farzandim – jigarbandim. Dalalarim – bobolarim sho‘r-sho‘r peshonasi… 2. Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu. 3. Tok ostida o‘tirgan ikki do‘st – Davron bilan Sergey issiqqa dosh berib qizg‘in suhbatlashmoqda… 4. Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas, formalizm, naturalizmlardan o‘tdim – hech kim otvod bergani yo‘q. 5. Erga navbat – sherga navbat. 6. Halol ish – lazzatli yemish. 7. Bilim – kuchda, kuch – bilimda. 8. Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin – ular seni saodatga yetaklaydi. 9. Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st-u yor orttir – dengiz to‘lib-toshsa ham daryo suviga muhtojdir. 10. Har kimga ozor bera ko‘rma – dunyo barchaga barobardir. 11. Itni o‘rgatish juda oson ish emas – undan nima talab qilayotganimizni u darrov tushunib yetmaydi. 12. Suv keldi – nur keldi. 13. Yuragida shunday dard bor – mana bu menga sir. 14. To‘rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin. 15. Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo‘yab ko‘rdi – yulduzlar o‘z rangida xira miltillab turaverdi. 16. Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. 17. G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. 18. Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi – yiqiladi kishi. 19. Qor yog‘di – don yog‘di. 20. Yurgan daryo – o‘tirgan bo‘yra. 21. Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q – idorada odamlar kutib o‘tiribdi. 22. Diloromni bir darvesh – Dehqon o‘ziga qiz qilib oladi-da, uni o‘qitib, parvarish qila boshlaydi. 23. Qish keldi – sovuq kunlar boshlandi. 24. Bola-chaqalari bo‘lmaganidan, uylari biznikiga o‘xshash to‘s-to‘polon emas – yig‘inchoqli, innaykeyin, bularning uyi salkam ajoyibxona. 25. Davr qiynoqlari o‘tkinchi – hali hamma narsa oldinda. 26. Gulbahor, gulra’no, gulsapsar, gulhamishabahor, qalampirgul, nomozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul – ishqilib sanab tugatib bo‘lmaydi. 27. Do‘stlik shishaga monand, sinsa – ulay olmaysan. 28. Birgalashib ovqatlansang – lazzatlanasan, birgalashib ishlasang – xursand bo‘lasan. 29. Go‘zal – go‘zal emas, suygan go‘zaldir. Nega suygan go‘zal – hamma gap ana shunda. 30. G‘alaba asrining o‘smirlarisiz – Sherbachcha qilig‘i sherday cho‘ng bo‘lur. 31. Nomi chiqqan ashulachi – san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. 32. Taqdirin qo‘l bilan yaratur inson, G‘oyibdan kelajak baxt – bir afsona. 33. Ko‘zlarimni yummasman also – Daryo kabi uyg‘oq o‘tarman. 34. Nima uchunki, aqlsiz shundog‘ kishi bo‘ladur – u ko‘p so‘zlar. 35. Ming yildirki, bulbul kalomi, O‘zgarmaydi – yaxlit hamisha. 36. Abdullatif otasining ketidan quvmadi – uch kun Sherozda qolib ketdi. 37. Itni o‘rgatish juda oson emas – undan nima talab qilayotganimizni u darrov tushunib yetmaydi. 38. Bir so‘z bor – yuksak tug‘ – iftixorimda, Tirigimda – nomus, o‘lganimda – sha’n. 39. Xalqimizning tilagi bitta – tinchlik. 40. Insondagi har bir tuhfa – ko‘z, quloq, til, oyoq, yurak, aql-zako yaxshilik uchun yaratilgandir. 41. G‘uncha guldan ham go‘zalroq, chunki uning bag‘rida ikki hayot – o‘z hayoti va yana gul hayoti bor. 42. Davr qiynoqlari o‘tkinchi – hali hamma narsa oldinda… 43. Necha ming, balki necha yuz ming, balki undan-da ko‘p odam – xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, qayg‘uli ham, qayg‘usiz ham … tunni bedor o‘tkazadi. 44. Vatan – onaning ko‘ksidan boshlanadi. 45. Laylaklab qor yog‘di, deyin, dedim – yerda qordan nishona qolmadi. 46. Turkiston o‘lkamiz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk – o‘zbekdur. 47. Dushmanlardan qo‘rqma – nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. 48. Quyosh qizil baxmal kabi tovlanib, o‘zini azim chinorlar panasiga olganda, bu yerdagi oqshomlar ko‘hna tabiat ko‘rki – tongdan ham musaffo bo‘lib ketadi. 49. Otam – Rustam Jo‘rayev – maktabda biologiyadan dars beradi. 50. Sulton Abu Said otasining ketidan quvmadi - uch kun Sherozda qolib ketdi. 51. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir - agar oshkor bo‘lsa, sen siringning asirisan. 52. Dadam shu atrofdan − qishloqning chiqaverishidan − do‘kon qidirdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |