Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet180/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Juda muhim. Gapni gap qilib shakllanishida muhim bo‘lgan, uning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi bo‘lak - kesim. Shuning uchun u gapning eng muhim bo‘lagi, bosh bo‘lak hisoblanadi.
Ega kesim ifodalagan belgi, harakat - holatlarning egasi sifatida kesimdan keyingi bo‘lak sanaladi.
To‘ldiruvchi va hol kesim bilan tobe munosabatga kirishib, ularning ma’nosini izohlab, to‘ldirib keladi. Shuning uchun ular ikkinchi darajali bo‘laklar sanaladi.
Aniqlovchi yuqoridagi barcha bo‘laklarga bog‘lanib, ularning ma’nosini izohlab keladi. Gapda qaysi bo‘lak bilan munosabatda bo‘lsa, shu bo‘lak bilan birgalikda bitta gap bo‘lagi, birikmali gap bo‘lagi bo‘lib keladi. Aniqlovchi shu birikmali gap bo‘laklarining bo‘lagi sifatida keyingi bosqichda ajralib chiqadi.
Shunday qilib, gap bo‘laklari bir necha darajalarga bo‘linadi:
1. Bosh bo‘lak: kesim, ega
2. Ikkinchi darajali bo‘laklar: to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi.
KESIM
Ona tili (5-sinf)
Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil (-di, -yapti va boshq.)?, nima bo‘l (-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil so‘zlar gapda kesim vazifasini bajaradi.
Kesim gapning mazmuniy markazidir.U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘la oladi.Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.
Kesim qanday mustaqil so‘zlar orqali ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: fe’l kesim va ot kesim.
Fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim hisoblanadi.Masalan: Qushlar sayraydi.
Fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot,sifat,son,ravish,olmosh) ifodalanib, kim?, nima?, qanday? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan: Osmonimiz - musaffo.
Ona tili (8-sinf)
Bilib oling. Kesim gap markazi bo‘lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi.
Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi.
Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba’zan nechanchi? qanday?) kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim.
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Bilib oling. Kesim barcha mustaqil turkum so‘zlar bilan ifodalanishi mumkin. Shunga ko‘ra fe’l kesim va ot kesim ajratiladi. Fe’l kesim hamisha sof fe’l – fe’lning tuslangan shakllari bilan ifodalanadi. Men maktabga boraman. Kecha kun juda qizidi. Obro‘ni bolalikdan asra!
Fe’l kesimlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
a) sof fe’l kesimlar: Men maktabga boraman;
b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham barkashni olib keldi. (S.A);
d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar – karvon o‘tar. Po‘lat xatni kecha yuborgan.
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‘z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi.
Ot kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
a) ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo‘jayini do‘stmi? (M.Ism.) Yaxshi ro‘zg‘or – jannat, yomon ro‘zg‘or – do‘zax. (Maqol);
b) sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol);
d) son bilan: Birniki – mingga, mingniki – tumanga. (Maqol) Bu birinchisi. Ikki marta ikki – to‘rt;
e) olmosh bilan: Maqsadim – shu. O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. (Qo‘shiq);
f) ravish bilan: Sizdan umidim ko‘p;
g) modal so‘z bilan: Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo‘q!
h) harakat nomi bilan: Burchimiz - a’lo o‘qish. Chin so‘zni yolg‘on demak xub emas, dog‘i bori chin degulik emas. (A.N.)
Bilib oling. Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Birgina so‘z ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni.
Ikki va undan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o‘tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo‘ldi.
Murakkab kesim tarkibidagi so‘zlardan biri yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘zlar va b.lar) dan bo‘lishi mumkin.
Bilib oling. Murakkab ot kesimlar ot (keng ma’noda)+bog‘lama vazifasiga kelgan yordamchi fe’l yoki ko‘makchi fe’l tarzida qo‘shilishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi, ko‘makchi yoki to‘liqsiz fe’l qo‘shimcha ma’no bildiradi va kesimning ega bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Masalan, Men uchuvchi bo‘laman.
Kesim bilan egani bog‘lashda xizmat qiluvchi bunday so‘zlar bog‘lama deyiladi. Bular asl mustaqil ma’nosini to‘la yoki qisman yo‘qotib, yordamchi vazifaga ko‘chgan so‘zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalashdan iborat. Masalan, gulzor qildik – aniqlik maylida, o‘tgan zamon va I shaxs ko‘plik shaklida.
Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog‘lamalar bo‘l-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir.
Kerak, zarur, darkor, lozim so‘zlari ham bog‘lama vazifasida qo‘llanadi.
Qattiq edi, hodisa hisoblanadi, kutib olishim kerak, talaba bo‘ldi, o‘zingniki bo‘lsin, besh kishidan iborat, ozoda bo‘ladi, bir ko‘rgim keldi, oz emish, to‘g‘ri chiqdi, ko‘p edi kabilar – murakkab ot-kesimlar.
Harakat nomi bilan ifodalangan sodda va murakkab kesimlar: o‘qish – a’lo o‘qish, anglash – chuqurroq anglash, yaratish – hayot yaratish, unutmaslik – o‘tmishni unutmaslik.
Bilib oling. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit holda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi va o‘z ichida boshqa bo‘laklarga ajratilmaydi. Bunday kesimlar tuzilishiga ko‘ra murakkab kesimlar hisoblanadi.
Bilib oling. Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi:
1. Ot kesim kesimlik qo‘shimchalarisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda: Tinchlik – farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim – shu. Uch karra uch – to‘qqiz.
Eslatma. Ot kesim sifat va tartib sondan bo‘lganda, ot kesim va ega orasida tire qo‘yilmaydi: Vatanimiz go‘zal. Bino katta. Qizilqum sahrosi bepoyon. Bu qovun shirin. Ko‘ylakning rangi sariq. Bizning sinfimiz sakkizinchi.
2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo‘shimchasi yoki bog‘lama bo‘lmaganda: O‘qish – ulg‘ayish. Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. Maqsadim – o‘qimoq.
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu – siz uchun katta sinovdir.
4. Eganing ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda: Men – mana shu minglarning biriman. Urush – quyon ovi emas. Sen – bizni ozod etuvchisan.
Eslatma. Agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to‘quvchi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish