Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


Ot kesim va ega orasida tirening qo‘llanilishi



Download 2,11 Mb.
bet183/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Ot kesim va ega orasida tirening qo‘llanilishi
Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanganda, shu tugallangan ohangni ifodalash uchun ega bilan kesim o‘rtasiga yozuvda tire qo‘yiladi. Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi:
1. Ot kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, kesimlik qo‘shimchalarisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda: Tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim – shu. Uch karra uch-to‘qqiz.
2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo‘shimchasi yoki bog‘lama bo‘lmaganda: O‘qish - ulg‘ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o‘qimoq. Ikki karra ikki - to‘rt.
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu - siz uchun katta sinov.
4. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajralganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so‘zlardan oldin ishlatiladi: Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom.
5. Eganing ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda: Men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.
6. Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish kabi ma’nolarni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi: Yaxshi qiz - yoqadagi qunduz.
Ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda tire qo‘yilmaydi:
1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa: Olma ham meva. Bular ham a ‘lochi.
2. Kesim shaxs qo‘shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer (H.Po‘lat) A’lochilaringiz Salimjonmi?
3. Kesim sifat, son (sanoq sondan tashqari), olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin ?
4. Kesim kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa: Butun umidimiz sendan.
5. Ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa, bog‘lama bo‘lmasa ham, tire qo‘yilmaydi. U tajribali yurist.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish