Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet173/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Ona tili (8-sinf)
Bilib oling. Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo‘laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so‘z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma’nolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar, Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi. Bilib oling. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi.
Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik, egalik, son, zamon va shaxs-son qo‘shimchalari, shuningdek, ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham o‘zaro bog‘lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi. Teraylik quvnab-quvnab. (Qo‘shiq) Bu gapda oq va paxtalar so‘zlari bir-biri bilan so‘z tartibi orqali bog‘langan.
Har bir gap biror maqsadni – mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi.
Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so‘z (Kuz. Tong.) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala. G‘arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba’zan uch xil mazmun ifodalash mumkin: Buvijonim keldilar. – Buvijonim keldilar! – Buvijonim keldilar?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo so‘roq, yoki undov belgisi qo‘yiladi.
Bilib oling. Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So‘zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o‘ziga noma’lum bo‘lgan narsa va voqea-hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo‘yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko‘ra turlicha quriladi: o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo‘lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.
Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo‘linadi.
Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig‘iq va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida bo‘lishi mumkin.
Bilib oling. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) his-hayajonsiz gaplar; 2) his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so‘roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi.
Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o‘rgilsin! (A.Q.) O‘z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? (A.Q.) Qadamlaringizga hasanot! (A.Q.)
Salomlashish-so‘rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog‘langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To‘y muborak! Xayr, do‘stim!) va undov gaplar hisoblanadi.
Undov gap so‘roq gapdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi: Aytsangiz-chi, nima dedi?!
Ertaga maktabimizga shoirlar keladi./ Ertaga maktabimizga shoirlar keladi!
Qachon chiqasiz deyapman?/ Qachon chiqasiz deyapman?!
Meni xafa qilgingiz kelmasa, u yerga bormang./ Meni xafa qilgingiz kelmasa, u yerga bormang!
Ko‘z yoshlarini, koshki, to‘xtata bilsa./ Ko‘z yoshlarini, koshki, to‘xtasa bilsa!

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish