5-rasm. Barcha toifadagi xo’jaliklarida uzum yetishtirish
Buxoro viloyati stasistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Qadimda sug`orma dehqonchilik daryolarning quyilish qismida, deltasida rivojlangan va buning uchun tabiiy hosildor allyuvial yotqiziqlardan foydalanilgan. Bundan joylar sug`orma dehqonchilik asosida fan va madaniyat rivojlangan, ular Yer yuzidagi svilizatsiya uchoqlari hisoblanadi. Bizning o’lkamizda datslabki vohalar aynan ana shunday hududlarda vujudga kelgan. Keyinchalik sug`orma dehqonchilik geografiyasi daryolarning quyilishidan ularning yuqori qismlariga ko’tarilib borgan, suv omborlari va kanallar qurilishi tufayli tog` yonbag`irlari, adirlar ham ishlab chiqarishga jalb etilgan, vohalar bir biriga tutashib ketgan.
Sun’iy sug`oriladigan dehqonchilikdan tashqari bizda bahorikor yerlar ham ko’p. Bunday tabiiy namgarchilikdan foydalanib dehqonchilikni yuritish, yerning gidrotermik rejimini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Maxsus adabiyotlarda buning uchun "Lange omili” tushunchasi mavjud bo’lib, u issiqlik bilan yog`in-sochin nisbatini bildiradi. Jumladan, baxorikor dehqonchilikda yillik yog`in-sochin miqdori o’rtacha yillik haroratdan kamida 15 marta ko’p bo’lishi talab etiladi. Agar bu koeffitsent 15 dan kam bo’lsa, u holda faqat cho’l yaylovchiligini rivojlantirish mumkin, xolos.
Buxoro viloyati tumanlarida don ishlab chiqarish
6-rasm. Buxoro viloyati tumanlarida don ishlab chiqarish
Buxoro viloyati stasistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Buxoro tumanida 2013 yilda qishloq xo’jaligi ko’rsatkichlari quyidagicha: Paxta xom ashyosini нetishtirish va sotish 34177 tonna ya’ni 98 foizga, boshoqli don yetishtirish 14180 tonna 110 foizga, pilla yetishtirish va sotish 355 tonna 108 foizga,kartoshka ekinlari 22586 tonna, sabzavot ekinlari 61513 tonna, poliz ekinlari 12579 tonna, mevali bog’lar 1305 ga, uzumzorlar 1705 ga ni tashkil etadi.
Havo (harorat), suv, tuproq qishloq xo’jaligi rivojlanishi va undan foydalanishning asosiy uch shartidir. Shu bilan birga melioratsiya va irrigatsiya, mehnat resurslari, fan texnika taraqqiyoti, transport va boshqalarning ahamiyati ham muhim. Masalan, ishchi kuchi omili, ayniqsa, sug`orma dehqonchilikda, sabzavotchilikda katta rol uynaydi. Ammo, ta’kidlash lozimki, O’zbekiston qishloq, xo’jaligida mehnat resurslarining bandligi nihoyatda yuqori, ya’ni tarmoqda keragidan ko’ra ko’proq ishchi kuchi band. Bu esa mazkur tarmoq samaradorligining, uning mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo’ladi.
Buxoro tuman qishloq xo’jaligini qishloq joylarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki, tuman qishloq xo’jaligida tayyorlanadigan mahsulotlar to’liq qishloq joylarida tayyorlanadi. Tuman qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli xususiyatga ega. Buxoro tumanida 246245,5 mln so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirildi (ushbu mahsulotlarning asosiy qismi tumanning qishloq joylari hissasiga to’g’ri keladi). Shundan: 210382,5 mln so’m dehqonchilikka, 120711,3 mln so’m chorvachilik sohalariga to’g’ri keldi.(2013 yil). 2013 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 52,2 foizi dehqonchilik, 47,8 foizi esa chorvachilik tarmoqlarida yaratilgan. Biroq, agroiqlimiy sharoitlardan, xususan suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda bu yerda yer maydonining iqtisodiy salohiyati yuqori emas; intensiv sug’orma dehqonchiligi asosan hududi kichik bo’lgan janubda, tumanning voha qismida rivojlangan, xolos. Buxoro tumanning qolgan katta cho’l qismini esa ekstensiv qishloq xo’jaligi – chorvachilik egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |