4-rasm Buxoro viloyati tumanlarida poliz mahsulotlari ishlab chiqarish
Buxoro viloyati stasistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Yuqoridagi xususiyatlar ushbu tarmoqning iqtisodiyoti va geografiyasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, tabiiy sharoitning, iqlim va ob-havoning noqulayligi qishloq xo’jaligi unumdorligining pasayishiga, u esa qayta ishlovchi (oziq-ovqat) sanoati va pirovard natijada xalqning turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Qolaversa, qishloq xo’jaligi bilan sanoatning boshqa tarmoqlari: mashinasozlik, kimyo, qurilish sanoati va elektr energetika ham aloqador.
Mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiyligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuv darajasi yuqori emasligi mazkur tarmoqning iqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, qishloq xo’jaligida yer ishlab chiqarish vositasi bo’lib, uning tabiiy hosildorligi hamma joyda ham bir xil emas.
Qishloq xo’jaligi makroiqtisodiy tarmoq sifatida asosan ikki katta sohadan, ya’ni dehonchilik va chorvachilikdan tashkil topgan. Jahon qishloq xo’jaligida dehqonchilik oldinda turadi. Biroq, shunday bo’lsada, dehqonchilik va umuman qishloq xo’jaligida tarmoqlarning turlanishi sanoatga nisbatan sustroq, bormoqda. Ayni vaqtda qishloq xo’jaligidagi ayrim yangi yo’nalishlar-broyller parrandachiligi, teplitsa (issixona) xo’jaligi, sut va go’sht fabrikalari o’zlarining tashkil qilinishiga qarab ko’proq indutsrial sohaga yaqin turadi.
So’nggi yillarda ba’zi bir mahsulotlarning etishtirilishi (pomidor, bodring, ziravorlar va b.) mavsumiy xususiyatini yo’qotib bormoqda. Masalan, Toshkent bozorlarida bunday mahsulotlar deyarli yil davomida mavjud. Albatta, bu o’rinda «geografik konveyr»ning roli ham bor. Chunki, yuqoridagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetkazib turish turli hududlarda, ularning agroiqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, navbatma — navbat amalga oshiriladi.
Yana shuni qayd etish joizki, ayrim qishloq xo’jaligi mevalarining geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Chunonchi, anjir, anor va ayniqsa, xurmo faqat alohida, respublika janubiy rayonlarining mevasi bo’libgina qolmay, ular endigi sharoitda ko’pgina hududlarda yetishtirilmoqda.
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, qishloq xo’jaligida atigi 8,7 foiz mehnat resurslari band. Buyuk Britaniyada, hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi mahsulotlari chetdan keltirilganligi tufayli, bu ko’rsatkich atigi 3 foizni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligida namlik, harorat va tuproq, tabiiy xo’jalik rayonlari yoki majmualarining shakllanishida asosiy o’rin tutadi. Ammo bunday majmualarni kichik hududlarda ham kuzatish mumkin. Masalan, paxta ekin maydonlari, sug`orish, kanal va ariqlar buyidagi tut qatorlar paxtachilik va pillachilikning uygunlashgan holda rivojlanishiga, ya’ni o’ziga xos hududiy majmua ko’rinishida tashkil etilishiga olib keladi. Ayniqsa, soylarning quyilish qismida shakllangan, sug`orma dehqonchilik rivojlangan Farg`ona vodiysidagi hududiy majmualar diqqatga sazovordir.
Shuningdek, dehqonchilikda almashlab ekish, turli xil ekinlarni bir biriga yaqin joyda yetishtirish (beda, paxta, poliz yoki uzum va mevalarni, tokchilik va bog`dorchilikni hududiy tashkil etish), yirik chorvachilik fermalari ham hududiy majmua shaklida bo’ladi.
Joyning tabiiy sharoiti, ya’ni cho’l, dasht, tog’, tog’odi yoki unumdor tuproqli sug’orma dehqonchilik qilinadigan yerlardan iboratligi, sug’orish manbalariga, yirik shaharlarga qulay joylashganligi katta ta’sir ko’rsatgan.
Yuksak agrotexnika va seleksiya ishlarining yo’lga qo’yilishi natijasida qurg’oqchilik sharoitiga yaxshi moslashgan Buxoro-6, F-103, Toshkent-1 navli paxta katta mydonlarda ekilmoqda. Qishloq xo'jaligini intensive yo’nalishda rivojlantirish uchun unga yerga ishlov berish kimyoviy o'g'itlardan umumiy foydalanish yo’lida yuqori hosildorlikka erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |