O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“TUPROQSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA” KAFEDRASI
Abdullayeva Mo’mina Aslonovna
“Buxoro tumani qishloq xo’jaligining rivojlanish istiqbollari”
5140600- Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kvalifikatsiyasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
BMI kafedraning “28” may 2017 yilda o’tkazilgan №9 sonli qarori bilan himoyaga ruxsat etilgan
Kafedra mudiri, dotsent _____________ X.R.Toshov
Fakultet dekani, dotsent ____________ H.T.Artikova
Ilmiy rahbar, katta o’qituvchi ________ I.E. Mirzoyeva
BUXORO – 2017
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………2-4
I. Bob. Buxoro tumanining geografik o’rni, iqtisodiy-ijtimoiy geografik rivojlanishi
Buxoro tuman tabiati va undan foydalanish……………………….5-14
Buxoro tumanining Buxoro viloyati iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati……………………………………………………………..15-21
Buxoro tumani mehnat resurslari………………………………….22-25
II. Bob. Buxoro tumani qishloq xo’jaligining rivojlanish istiqbollari
2.1. Qishloq xo’jaligini geografik o’rganishning asosiy xususiyatlari…26-35
2.2. Buxoro tuman qishloq xo’jaligining rivojlanishi…………………..36-46
2.3. Buxoro tumani qishloq ho’jaligidagi muammolar va ularni echimiga doir ayrim mulohazalar……………………………………………………….47-57
Xulosa va takliflar………………………………………………………53-54
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..55-56
Ilovalar…………………………………………………………………..57-68
Kirish
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” asarida Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida qishloq xo’jaligiga doir quyidagi vazifalar aytildi.
2017 yilda- Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek barcha bo’g’indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
Birinchi- ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg’or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko’paytirish
Ikkinchi-fermer xo’jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o’g’itlar, yoqilg’i moylash materiallari va urug’lik narxining o’sishi bilan paxta xomashyosi va g’allani xarid qilish narxlari o’sishi o’rtasida keskin farq kuzatilmoqda;
Uchinchi- o’tgan yillarda moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg’arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
To’rtinchi- oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar ko’rishimiz zarur.
Yuqoridagi berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo’jalik sohasini yanada rivojlantirish, masalasiga jiddiy yondoshmoq lozim.
Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi qishloqda agrar siyosatning bosh masalasi, negizi – yerga egalik – mulkchilik masalasidir. Shu boisdan ham qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, “Yer to`g`risida”gi qonunda bu masalalar hisobga olinib, qishloq xo`jaligidagi munosabatlar, yerga egalik munosabatlari aniq belgilab berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat`iy qilib yozib qo`yildi. Jumladan, Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi qayd etilgan.
Mamlakatimizda yer moddiy farovonlikni oshirishning eng muhim manbai, shuning uchun ham hukumatimiz tabiatni asrashni kuchaytirish hamda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tadbirlarini qonun yo`li bilan mustahkamlab qo’ygan. Yer kodeksining 44-moddasiga muvofiq sug’oriladigan yerlarning yuridik ma’nosi shunday – qishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yaroqli bo’lgan, suv resurslari shu yerlarni sug’orishni ta’minlay oladigan sug’orish manbai bilan bog’langan doimiy yoki muvaqqat sug’orish tarmog’iga ega bo’lgan yerlardir.
“Alohida e’tirof qaratish lozim bo’lgan navbatdagi eng muhim utsuvor vazifa qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorlarning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, fermer xo’jaliklari rivojini har tomonlama qo’llab quvvatlashdan iboratdir” I.A.Karimov.
Men bitiruv malakaviy ishimda o’zim tug’ilib o’sgan Buxoro tumanining qishloq xo’jaligini o’rganishga harakat qildim. Bitiruv malakaviy ishimni mavzusi “Buxoro tumani qishloq xo’jaligining rivojlanish istiqbollari” deb nomlanadi.
Mazkur mavzuni tanlashimda quyidagilar asosiy sabab bo’ldi:
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi rivojlanishiga katta ahamiyat berilayotganligi;
Yurtimizning geografik o’rni, iqtisodiyoti, ma’naviy-ma’rifiy hayoti ko’p jihatdan qishloq xo’jaligi bilan bog’liqligi;
Buxoro tuman iqtisodiyotining asosan agrar yo’nalishda ekanligi;
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi – Buxoro tumani qishloq xo’jaligining hozirgi holati, qishloq xo’jaligining rivojlanish istiqbollari, geografik o’rnining qishloq xo’jaligiga ta’sirini o’rganishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:
- Buxoro viloyati qishloq xo’jaligi rivojlanishini tadqiq etish;
- Buxoro tuman xo’jaligida qishloq xo’jaligi tarmoqlarning ahamiyatini o’rganish;
- Tuman bo’yicha qishloq xo’jaligining rivojlanish darajalarini aniqlash;
- Buxoro tuman qishloq xo’jaligidagi mavjud muammolarni belgilash va ularni hal qilish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |