“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
101
у айрим жисмоний сифатини ривожлантирувчи восита бўлиб ҳисобланмасин. Масалан, “Дўппи
кийишда ким ғолиб?” миллий ўйинида фақат чаққон бўлибгина қолмай, балки, эпчил, сезгир бўлишга
ҳам даъват этилади.
BO’LAJAK JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGIGA
QO’YILGAN TALABLAR
Mansurov Sh.Sh.,
o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya fanini o’qitishning
asosiy maqsadi o’quvchilarni kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o’qitishning
kommunikativ tamoyili asosida o’quvchilarda jismoniy tarbiya fani bo’yicha egallagan bilim, ko’nikmalarni
hayoti davomida sog’lom bo’lishida jismoniy mashqlarni bajarib borishi, kutilmaganda duch keladigan
muammolarning to’g’ri echimini topish va qo’llash malakasini shakllantirishga qaratiladi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib jismoniy tarbiya fani bosh vazifalari sifatida o’quvchilarda tayanch va
fanga oid xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish orqali ularni mustaqil fikrlash, egallagan bilimlarini
vaziyatga mos holda to’g’ri qo’llay olish, umumlashtirish va xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirish
ko’zda tutiladi.
Ayrim o’quvchilar dars jarayonida o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalarni hayotda qo’llay olmaydilar. Shu
sababli jismoniy tarbiya faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarning dars jarayonida singdirish bilan
birgalikda ularda kompetentsiyalarni ham shakllantirilishi lozim
.
Kompetentsiya
-
mazkur fan bo’yicha o’quvchi egallagan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini
kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni echishda foydalanib, amaliyotda qo’lay
olishidir
.
Kompetentlilik
(lot: competens – layoqatli, qobiliyati bor)
shaxs bilim, ko’nikma va tajribalarining
uning ijtimoiy-professional mavqei va o’ziga tegishli vazifalarni bajarish, muammolar hal qilishga etarliligi
hamda haqiqiy moslik darajasi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko’nikma va malakalardan tashqari,
tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, xolis baholay olish, mantiqiy
fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.
Demak, har bir o’qituvchi jismoniy tarbiya fanidan ta’lim berish jarayonida o’quvchilarda
kompetentsiyaviy yondoshuvini shakllantirishimiz lozim bo’ladi.
Avvalo kompetentsiyaviy yondoshuv nima ekanligini yaxshi tushunib olish zarur. Ta’limda
kompetentsiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan
vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tushuniladi.
Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim
–
o’quvchilarda egallangan bilim, ko’nikma va
malakalarini o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish kompetentsiyalarini
shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir.
Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z
faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog’lom raqobat hamda umummadaniy
ko’nikmalarini shakllantiradi.
Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini
egallashi, duch keladigan muammolarning echimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha
raqobatbardosh bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetentsiyalarga ega bo’lishi lozim.
Shunday qilib, kompetentlik yondoshuviga asoslangan DTS va o’quv dasturini o’qitish orqali
o’quvchilarda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi:
Tayanch kompetentsiyalar:
1.
Kommunikativ kompetentsiya
2.
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi
3.
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi
4.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
5.
Umummadaniy kompetentsiyalar
6.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish
kompetentsiyasi
Bundan tashqari, shu fanning o’ziga xosligi va mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga oid xususiy
kompetentsiyalar ham shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya fanini o’qitishda o’quvchilar egallashlari kerak bo’lgan
xususiy kompetentsiyalar quyidagilardan iborat:
1. Sog’lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo’llay olish.
2. Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to’g’ri bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |