INNOVATSION KLASTERLAR VA ULARNING IQTISODIYOTDAGI
AҲAMIYATI
BuxDU katta o`qituvchisi Boltaeva SH.B.
Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalarda
taraqqiyotni ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning
integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga
yo‘l ochadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 mart va 2018
yil 16-17 fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga
oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashriflari chog‘idagi
“Paxta va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etishni olg‘a surdilar. Unda
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy
asoslari ko‘rsatib berilgan.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat ichida
joylashgan bir hil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda
bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish
va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil
29
etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir.
Prezidentimizning elni farovon, xalqni boy qiluvchi innovatsion g‘oyalaridan biri
– Klaster tizimining mamlakatimizda keng joriy etilayotganidir.
O`zbekiston iqtisodiyoti strukturasida klasterli yondashish birinchi marta
2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasi Dasturi doirasida
mamlakat ishlab chiqarish siyosatini takomillashtirish yo`llarini belgilab berish
vositasi sifatida qayd qilindi. Jahon davlatlarining o`z iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi
asosiy
maqsadi
milliy
iqtisodiyotining
joylarida
raqobatbardoshligini oshirish va uning global bozor ulushini yanada orttirishdan
iborat.
Ta`kidlab o`tish kerakki, innovatsion klasterlarning rivojlanishi uchun Xitoy
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Innovatsion klasterlar:
Pekindagi TSin’xua yoki Shanxaydagi Fudon’, universitetlar atrofida, shuningdek
mahalliy hokimiyatlar tomonidan biznes-inkubator sifatida yaratilgan maxsus
ilmiy-tekshirish va ilmiy-texnik parklar atrofida paydo bo`lishadi. Bu klasterlar
hukumat grantlarini, xitoy venchur kapitalini, xitoylik va chet ellik (asosan
Evropa va AQSHda ta`lim olgan xitoyliklar) eng yaxshi mutaxassislarni o`ziga
jalb qiladi.
Globallashuv
va
o`sib
borayotgan
xalqaro
raqobat
sharoitlarida
klasterlashtirishni Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Nigeriya, Chili va
boshqa davlatlarda, shuningdek, arab mamlakatlarida (Marokash, Iordaniya,
Suriya, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va
boshqalar) kuzatishimiz mumkin.
Evropa ittifoqi mamlakatlari va AQSHda bu strategiya keng qo`llanilmoqda.
Klasterlar soni Buyuk Britaniyada 168 ta, Gollandiyada 20 ta, Germaniyada 32 ta,
AQSHda 380 ta, Daniyada 34 ta, Frantsiyada 96 ta, Italiyada 206 ta,
Finlyandiyada 9 ta, Hindistonda 106 tani tashkil etadi. Daniya, Finlyandiya,
Shvetsiya sanoatini klasterlar to`la egallagan.
Italiyada sanoat klasterlari hissasiga ish bilan band aҳolining 43 foiz, milliy
eksport hajmining 30 foizdan ko`prog`i to`ғri kelmoqda. Klaster tuzilmalari
Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va
Turkiya davlatlari engil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik,
Frantsiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda.
Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur,
Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda.
Innovatsion klaster strategiyasi quyidagi turlarga ajratiladi
1.
Hujum strategiyasi – bu strategiya tadbirkorlik raqobatchiligi printsiplariga
ega bo`lgan firmalar uchun mo`ljallangan. U ko`pincha kichik innovatsion
firmalar uchun taalluqli
2.
Himoya strategiyasi – firmaning raqobat printsiplarini saqlab qolish.
Bunday strategiya jadal ilmiy-tadqiqot ishlarini talab etadi
3.
Immitatsion strategiyasi – (immitatsiya – hayotda bo`ladigan voqealarni
simvollar orqali ifodalash). Bu strategiya kuchli bozor va texnologik
30
holatlarga ega bo`lgan firmalarga taalluqli. U yoki bu yangiliklarni
birinchi marta o`zlashtirmayotgan firmalar tomonidan qo`llaniladi.
Innovatsion klasterlarni tashkil etish, axborot xaritasini tuzish bilan
belgilanadi.
Innovatsion
klasterlarda
barcha
tuzilmaning
mohiyatini
markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida
g`oyalarni yig`ish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |