5. Shergiron darvozasi
Abdullaxon qurdirgan darvozalardan biri Shergiron |darvozasisidir. Darvoza qurilgan joyda qadimda sherlarni saqlaydigai qo’riqxona bo’lgan va ular urushda foydalanish uchun o’rgatilgan. Shu bilan birga, podshohlar sherlardan xazina qo’riqchisi sifatida ham foydalanganlar. Podshohlar saroyida sherlar xaykali o’rnatilgan. Muhammad Narshaxiyning kitobida yozilishicha, Amiri shahid Ahmad Ismoil as-Somoniy hukmdorligi davrida Amiri shahidning bir odati bor edi. Amirning bir sheri bo’lgan. Har kecha amir yotadigan eshik yonida sher zanjir bilan boglab qo’yilar edi. Kim bu uyga kirmoqchi bo’lsa, sher uni halok qilar edi. Bir kuni amir gamgin bo’lganida uning yaqin kishilari u bilan band (mashg`ul) bo’lib, sher (qo’riqchi)ni olib kelish eslaridan chiqqan. Natijada amir uxlab yotganida uning qullaridan bir to’dasi kirib, amirning boshini tanasidan judo qilishadi. Bu voqea 914 yil 12 yanvarda sodir bo’lgan. Uni Buxoroga olib kelib, Navkand qabristoniga ko’mganlar (hozirgi Somoniylar qabristoni maqbarasi). O’sha davrdan boshlab Jondorga boradigan yo’lda qurilgan darvozani |Shergiron darvozasi deb ataganlar.
XVI asrdan boshlab Shergiron darvozasidan to Mir Do’stim xonaqoh-masjidiga qadar yo’l ustida yopiq bozor bo’lib, unda sabzavot, meva, sut-qaymoq kabi mahsulotlar kecha-kunduz sotilgan. Bu an’ana hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Lekin qadimiy Shergiron darvozasi hamda qal’a devori saqlanib qolmagan.
6. Haj (Qorakul) darvozasi
Buyuk ipak yo’li savdo tarmogidagi asosiy darvozalardan biri bo’lgan Qorako’l darvozasi Abdullaxon tomonidan 1558-1575 yillar oralig`ida qurdirilgan. Darvozaning eski yogochli nusxasi Ark muzeyida saqlanmokda. Darvozadan ichki tomonida bozor bo’lib, to
Volidai Azizxon, Havzi Navgacha davom etgan. Qorako’l darvozasi ikki katta "guldasta", svod, arkali qilib kurilgan. Kvadrat shaklidagi 25x25 sm.li gisht bilan terilib, ustki qismi kungurali gultoj bilan zeb berilgan hamda qal’a devorlariga tenglashtirib bunyod etilgan.
Darvoza 1975 yilda usta Ahror Asrorov tomonidan qayta ta’mirlangan. Buxoro xalqi shu darvoza orqali haj ziyorati uchun yo’lga chiqqan. Shuning uchun uni "Haj darvozasi" deb ham atashgan.
Eron, Xuroson, Turkiya davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Ayni paytda darvoza kal’a devorlaridan ajralgan holda bo’y cho’zib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |