Бухоро Арки


Buxoro tarixi va madaniyati



Download 0,8 Mb.
bet4/14
Sana27.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#709304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
30 BUXORONING 12 DARVOZASI

Buxoro tarixi va madaniyati.

Buxoro vohasi Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan bo’lib, vohaning chegarasi shimolda Qiziltepa qirlaridan, janubda Qorako’l, g`arbda Qizilkir massividap sharqda Qorovulbozor qirlarigacha davom etadi. Voha mezolit zamonidan boshlab O’rta Osiyo tog`liklaridagi muzlarning erishidan hosil bo’lgan Zarafshon daryosining quyi qismida tashkil topgan. Zarafshon daryosi bundan 5000 yil oldin, yoki mil.avv.3000 yillikda to’lib,—toshib oqib, butun Buxoro vohasi, janubda Qorako’l, Jondor tumanining g`arbiy qismidan o’tib, Amudaryo bo’yidagi hozirgi Nargizqal’a yaqinidan o’tib, Amudaryoga qo’yilgan. Zarafshon daryosi tez oquvchi tog` daryosi bo’lib, o’zi bilan ko’p loyqa keltirgan. Buning natijasida Buxoro vohasining o’rni loyqa bilan to’lib borib, sekin —asta tekislikka aylangan.


Shu jixatdan Nil vodiysining paydo bo’lish jarayonlari aynan bizning vohamizda qaytarilgan. Misr Nilning farzandi bo’lganidek Buxoro vohasi ham Zarafshon daryosining xosilasidir. Sekin —asta aholi ko’chib kelgan va xo’jalik rivojlangan, madaniyat paydo bo’lgan.
Buxoro vohasi arxeologiyasini yoki moddiy — ashyoviy yodgorliklarini o’rganish uchun avvalo yozma manbalarga yanamiz. Bizning yurtimiz Buxoro vohasi haqida yozma ma’lumotlar ancha kam. Keyingi 30 — 40 yil davomida olib (kborilgan ilmiy —tadqiqotlar, yozma manbalar hamda arxeologik tekshirishlar bu o’lkada boy madaniyat yaratilganliganini ko’rsatadi6.
Hindlarning «Rigveda» to’plamida bizning o’lkamiz haqida ma’lumotlar bor. Unda shimoldan kelgan ko’chmanchi chorvador oriylar haqida ma’lumotlar •uchraydi. Mil.avv.9 asrlarda oriylarning boy yashaganligi, ularning xo’jaligida chorvachilik katta rol o’ynaganligi haqida ma’lumot beriladi. Navbatdagi muxim manba «Avesto» dir. Unda mil.avv. 9 — 4 asrdagi xayot haqida so’z boradi. Qadimiy e’tiqodlar haqida fikr yuritiladi.
Antik zamon mualliflaridan Gerodotning (mil.avv.5 asr) «Yunon —Eron urushi tarixi» kitobida, uning «Klio» bo’limida bizning o’lkamiz to’g`risida fikr yuritiladi. Ko’z ilg`amas kengliklarda xayot kechiruvchi massagetlar xo’jaligi, qurol —yarog`i, taqinchoqlari umuman turmush tarzi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bu davrda yashagan boshqa tarixchilar Kvant Kurstiy Ruf, Arrian, Polien singari "mualliflar mil.avv. IV asr voqealari haqida fikr yuritganlar. Ayniqsa ular Makedoniyalik Aleksandr yurishlarini bayon qiladilar. U bilan bog`liq voqealarga tayanib, bizning o’lkamizning xo’jalik hayoti haqida fikr yuritadilar. Bu asarlarda bevosita Buxorodeb nomlanib, Zarafshonning quyi kismidagi joylar haqida gapirilmagan bo’lsada, voqealar bayoni shu joy haqida tushuncha hosil qilish imkonini beradi. Antik zamon yozuvchilaridan faqat Arrianning «Aleksandr yurishlari» asarida kuyi Zarafshon vohasida kad kutargan Bagi qal’asi haqida bir marta aytib o’tiladi.
Qadimiy aholi massagetlar Karmanadan Quyi Zarafshongacha bo’lgan xududlarda yashaganlar. Massagetlar ittifogining 5 ta yirik kabila birlashmasi bo’lgan. Bular quyidagilar:
1. Xorazmiylar
2. Derbiklar
3. Attasiylar
4. Avgasiylar
5. Apasiaklar
Buxoro to’g`risida, uning qadimgi tarixi, shaharning paydo bo’lishi xususida yakkayu —yagona, ancha keng ma’lumotlar beradigan tarixiy manba M.Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridir. Ushbu asar 943 — 944 yillarda yozilgan bo’lib, 1128 yilda Muxammed ibn Nasr al Quboviy tomonidan arabchadan fors tiliga o’girilgan. «Buxoro tarixi» asari 36 bobdan iborat bo’lib, Buxoroda hukmdorlik qilgan kishilar, Buxoro mavzelari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 2 bobda fasl keltirilib, «Buxoro o’rnashgan bu mavze ilgari botqoqlik bo’lib, uning ba’zi erlarini to’qayzor, daraxtzor va ko’kalamzorlar tashkil etgan. Ayrim joylari shunday bo’lganki, biror hayvon oyoq qo’yishga joy topolmagan. Buning sababi Samarkand tomonidagi viloyatlarda tog`larda qor erib, suvi oqib kelib, o’sha joylarga yig`ilib yotar edi. Samarkand tomonida bir- katta dare borki, uni «Rudi Mosaf» «Mosaf daryosi» deydilar. Bu daryoga ko’p suv yig`ilgap, u bir talay erlarni yuvib o’pirib, ko’p loyqalarii surib kelgan va natijada bu botqoqliklar to’lib krlgan. Suv ko’p oqib kelaverdi, loyqalarni to Bitik (Chorjo’y va Amudaryo bo’yidagi qishloq) va Farobgacha surib keltiraverdi. So’ng suv toshib kelishi to’xtadi. Buxoro joylashgan er asta —sekin to’lib tekis erga aylandi. Shunday qilib, u katta dare So’g`d, bu loyqalar bilan to’lgan mavze Buxoro bo’lib koldi», deb - yozadi. Narshaxiy asarida Buxoro vohasi va uning atrofidagi qator aholi manzillari: Hyp, Vardonze — Vardona, Tarovcha — Tarob qishlog`i, Safna va Ispona qishloklari, Zandona, Poykend qal’asi Dabusiy singari aholi manzillari ta’riflangan.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish