Bugungi kunda Respublikamiz avtomobil yo’llar tarmog’i jami 184 ming km uzunlikda bo’lib, undan 42654 km ri umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llaridir



Download 143,97 Kb.
bet1/4
Sana22.08.2021
Hajmi143,97 Kb.
#153836
  1   2   3   4

Kirish

Mamlakatimizdagi avtomobil sanoati yildan-yilga o’sishi, avtomobillarni yuk ko’tarish qobilyatini va tashilayotgan yuk hajmini ortishi, harakat jadalligi va tezlikni ortishi avtomobil yo’llarining iste’mol talablarini ortishiga olib kelmoqda.

Bugungi kunda Respublikamiz avtomobil yo’llar tarmog’i jami 184 ming km uzunlikda bo’lib, undan 42654 km ri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llaridir. Bundagi 2755 km dan iborat avtomobil yo’llari O’zbek milliy avtomagistrali, deya alohida tasnifga kiritilgan. Demak, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki,umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llarining O’zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi qisimlaridagi qurish va rekanstruksiya qilish ishlari yuqorida ko’rsatib o’tilgan. Dasturlar asosida davom etmoqda. Shuni takidlab o’tish kerakki, istiqlolning turli davrlarida Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatda avtomobil yo’llari qurilishi masalasiga aloxida etibor berib kelingan va soha istiqboli yo’lida muntazam ravishda qarorlar qabul qilingan.Investitsiya dasturiga muofiq 2019-2020 yilda bahosi 1.622 mlrd so`mlik uzunligi 135.1 km ishlar bajarilgan. Bundan tashqari to`la tamirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi yo`llarda 557.7 mlrd so`mlik uzunligi 101.8 km. Mintaqaviy yo`llarni tamirlash dasturi bo`yicha 2.358 mlrd so`mlik uzunligi 8.192 km. Shu jumladan Samarqand viloyatida 194.1km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini joriy tamirlash va saqlash ishlari dasturi bo`yicha 2205.7mlrd so`mlik uzunligi 4.470 km. Ishlar bajarilgan. Tizim korxonalari tomonidan 2020-yil birinchi yarim yilligida 11774 ta ish o`rinlari yaratilgan.

Navbatdagi tasdiqlangan dasturni (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6-mart 2015-yildagi PQ-2313 “Muxandislik kommunikasiyasi va yo‘l-transport infratuzilmasini 2015-2019 yillarda rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturi haqida”) bajarish maqsadida 2015-2019 yillarda Milliy avtomagistral tarkibiga kiruvchi1227,8 kilometr yo‘l va ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlarni va ulardagi transport kesishmalarini (razvyazka) Respublika yo‘l fondi mablag‘lari hisobigqurish va qayta qurish rejalashtirilgan. Shu davr mobaynida Xalqaro moliya institutlarining mablag‘i xisobiga O‘zbekiston Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 1172,5 kilometr avtomobil yo‘llarini ulardagi ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va transport yechimlarini qurish va qayta qurish rejalashtirilmoqda. Qarorda 2015-2019 yillarda Respublika yo‘l fondi va dunyo banki mablag‘lari xisobiga O‘zbekistonda 299.5 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘li va ulardagi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich va transport yechimlarini qurish va qayta qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek besh yilda avtomobil yo‘llarini taьmirlash va saqlash ishlari uchun 995 birlik eng yangi yo‘l –taьmirlash texnikasi jixozlarini olish rejalashtirilgan. Ulardan 150 tasi 2015-yilda, 2016-yildan 2018-yiogacha har yili 200 birlikdan va 2019-yilda 243 birlik texnika. Undan tashqari, 2016-2018 yillarda ishlab chiqarish bazasini yangilash ko‘zda tutilgan: 38 kilometr asfaltobeton, syementobeton zavodlari, beton qorishgich moslamas, maydalash- ajratish tizimlari, shuningdek boshqa jixlozlar va texnikalar. Dasturda ko‘rsatilganiga muvofiq 2016-yilda 520,1 kilometr avtomobil yo‘lini qurilishi va qayta qurilishi tugatildi. 2016-yilda o‘zbekistondagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qurilish, kapital taьmirlash va joriy taьmirlash ishlari, shuningdek ekspluatasiya ishlari 1,3 trln.so‘mga bajarildi, shu jumladan

Milliy avtomagistralni qurish dasturi doirasida 1501 kilometr avtomobil yo‘lini qurish va qayta qurish rejalashtarilgan, shu jumladan trans yevropa avtomobil yo‘nalishi Ye-40 ning o‘zbek bo‘lagi bo‘lib, uning uzunligi 1139 kilometr bo‘lib, “Beyneu-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Navoi-Samarqand- Toshkent-Andijon” yo‘nalishida o‘tadi. 2009-2016-yillarda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, taьmirlash, saqlash va tabiiy ofatlarni bartaraf qilish ishlariga 12.6 trln.So‘m sarflandi. Bir paytda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taьmirlash ishlarini moliyalashtarishga xalqaro moliya institutlari (ABR, IBR, VB. Arab kordinasiya guruxi va boshqalar) ning 2.03 mlrd AQSH dollari mablag‘lari jalb qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar xarakatlar strategiyasida yo‘l-transport, muxandis- kommunikasiyalarini modernizasiya qilish va rivojlantirish xususan region xududlardagi avtomobil yo‘llarini maqsadli dasturi yo‘l infrastrukturasini qurish va rekonstruksiya qilish aholining yashash sharoitini yaxshilashna taьminlaydi. Xususan 2017-yilning oxirigacha O‘zbek avtomagisrali tarkibiga kiruvchi, xalqaro talab va standartlarga javob beruvchi 260 km avtomobil yo‘li qayta quriladi. Umumfoydalanuvdagi 155.2 avtomobil yo‘li kapital taьmirlandi. Umumfoydalanuvdagi 2350 km avtomobil yo‘llarini yo‘l qoplamasini joriy taьmirlash xisobiga ularning ravonligi taьminlandi,

Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri dengizga chiqish yo’liga ega emas. O’zbekiston hududining ko’pgina qismi 30% tog’ va tog’ oldi adirlari, 70% o’rtacha qirli, adirlik va tekislik bo’lib keskin kontinental, quruq iqlim sharoiti 90% atrofida ishlab chiqarish va aholini Respublika hududini uchdan bir qismida joylashishi transport tarmog’ini rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu geografik vaziyat mamlakaitmizning keng, jahon andozalari talabi darajasida bo’lgan, rivojlangan mukammal transport tizimiga ega bo’lishini taqozo etadi va runi taraqqiy ettirishning asosiy yo’nalishlairini belgilab beradi. Bunda asosiy o’rinni avtomobil yo’li egallaydi. So’ngi vaqtlarda mamlakatimizda sodir bo’layotgan jarayonlar, qurilish sohasidagi o’zgarishlar yurtimiz chiroyiga-chiroy qo’shib O’zbekistonni yanada gullab yashnashiga omil bo’lmoqda. Zero bu o’zgarishlar o’z-o’zidan emas balki katta sarmoya va katta mehnatlar evasiga kelgan. Albatta bu ishlar inson mehnati va zahmati bilan bo’ladi. Lekin bunday ulkan ishlar faqatgina inson mehnati bilan qilish ancha murakkab jarayonlarni vujudga keltiradi. Bu murakkab ishlar avtomatlashtirilgan texnika va texnologiyalar bilan ma’lum bir kampyuter tizimlari bilan amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini asosiylari yo’l va bino inshooti bo’lgani uchun, ularning eng ko’p vaqt oladigan jarayoni shu inshootlarni loyihalash jarayonidir. Shu bilan birga eng yaxshi maosh oladigan ishchilar ham bu loyihachilardir. Loyiha–bu hali qurilmagan yo’l, bino va inshootning chizmada ko’rinishi, chizmalar tarhi, qurilish olib borish ko’rsatmasi va qacha sarf-harajat ketishini ko’rsatuvchi, inshootning qanday qurilishi kerakligini ko’rsatuvchi yo’l xaritasidir. Ushbu kurs loyihasini bajarishdan maqsad ham mamlakatimizdagi yo’l xo’jaligidagi texnika texnologiyalardan samarali foydalish va avtomobil yo’llarini loyihashda yangicha g’oya va ko’nikmalarni egallashdan iboratdir.



Avtomobil yo’llari faqat ayrim hududlardagina emas balki butun davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivonlanishida katta o’rin egallaydi. "Yo’llar-davlatni qon tomiridir" deb bejizga aytilmagan. Men yurtimizda avtomobil yo’llarida bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. O’zim qiziqqan savollarga javob oldim va ma'lumotlar to’pladim. Men institutda o’qish davrida olgan bilim va ko’nikmalarimni ko’limdan kelgancha sarflayman.

Yo’l loyihalanadigan joyning iqlimi

Menga berilgan variantga ko’ra yo’l loyihalanadigan hudud bu Sirdaryo viloyati .Aholi (2011) 727 200 Zichligi 142,59 kishi./km² Millatlar tarkibi o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, ruslar Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar Maydoni 5 100 km² (12- joy) Soat mintaqasi UTC+5 Kod ISO 3166-2 UZ-SI Avtomobil raqami kodi 12 (eskisi 1998-2008) 20 (yangisi 2008-yildan) Rasmiy sayti

Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 5,3 ming km. Axoliyey 667748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sharof Rashidov) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang , maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston sh.

Tabiati. Relefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, jan.dan shim.gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shim.da 230 m, markaziy qismida 400—450 m, jan. va jan.gʻarbda 600—650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. S.v.da yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat.

Obhavosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha t-rasi 14°. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim.da —6°, jan.da —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27—29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180—220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyab.dan martgacha teztez esib turadigan "Bekobod shamoli" tezligi 20—25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproklari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproklardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5—6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang , iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang , shumtol va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va b. bor.

Tarixi. Qad. Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning "Iskandarning harbiy yurishlari" asaridir. Bu asarda Sirdaryo "Tanais", "Yaksart" nomi bilan yuritiladi.

Mil. av. 3—2-a.larda Oʻrta Osiyoning shim. r-nlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hoz. Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hoz. Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi.

S.v. hududi ilk bor alohida oʻlka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoʻq) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoʻshni Choch va Sugʻddan farqli ravishda daryolarning koʻp boʻlmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oʻlkaning toʻlaroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida ("Shuaydushana", "Suydushana" nomlari b-n) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oʻlka nomi, shuningdek, Layviy (magʻrurligini sezgan holda boʻysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugʻd tiliga oʻxshash tilda soʻzlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligʻida yashagan aholi tiliga yaqin boʻlgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (Fargʻona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boʻlgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oʻzaro birbirini tushunganlar deyiladi. Mil. 6-a.da Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oʻrnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-a.ga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oʻlka "Sutulisen" deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.gʻarbda katta choʻl (Mirzachoʻl) joylashganligi, oʻlka hukmdori Bosi togʻi (Turkiston togʻ tizmasi)ning shim. yon bagʻrida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Oʻlkada zarb qilingan 6—8a.larga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi.

Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-a. boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 y.da xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751 y.da Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-a. boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi.

Aholisi. S.v.da, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km2 ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Sv. respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.

Sanoati. 20-a. boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970y.larda 8 paxta tozalash z-di, 29 paxta qabul qilish punkti boʻlgan. Paxta z-dlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan.

Sv. dagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.

Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi "Turkiston S" (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya "Lechiva" farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya "Sirdaryo", "Lolamodel" (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), "Sarbonteks" (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — eron "Sayxun PAYa" (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy "Paxtakor LTD" (issiqxona),Oʻzbek — Arab "Ok,oltin PMB" (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va b. korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash z-di, Sirdaryo issiklik elektr st-yasi, Farhod GES, "Momiq", "Zilola", "Shuxrat", "Gulistonnon", "Xovosdon", "Oq oltindon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Sayxunsut" xususiy korxonasi, "Bunyod" korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va b. ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi. Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. S.v.da 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va b. Ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir.





Download 143,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish