Bugungi kunda kompyuterdan foydalanish tajribasi bir necha 10 yillar avvalgiga qaraganda butunlay boshqacha. Ular avvalgiga qaraganda butunlay boshqacha bu tizimlarning tezligi yildan-yilga oshib bormoqda kechagina bir gugurt chópiddek bólgan bir dona transistor endilikda shu qadar kichik, ular bir processor ichida mlrd.lab joylashtirilishi mumkin. Bunday zamonaviy processorlar bir soniya vaqt ichida mlrd.lab operatsiyalarni amalga oshira oladdii. Ammo qarangkiy bu ham inson talablarga kamlik qilar ekan. Hozirda barcha yangi ilmiy sohalarda yirik hisoblash kuchlari talab etiladi. Zamonaviy ob-havo bashorati, yaddroviy sinovlarni modellashtirish hujayralarni molekulyar darajada modellashtirish va hattokiy inson miyasini taqlid qilish uchun kuchliy super kompyuterlar ishi talab qilinadi.
Super kompyuterlar bu zamonaviy hisoblash qurilmalari, katta hajmdagi masalalarni yechish tizimi hisoblanib u oʻzining zamondoshlari dagi kompyuterlardan sezilarli darajada ancha ustun. Tarix boʻyicha maʼlum boʻlgan eng qadimiy super hisoblash qurilmasi bu antikiter mexanizmi hisoblanadi u taxminan miloddan avvalgi 100 yilda yaratilgan. Mexanizmi oʻzining murakkab konstruksiyasi sababli kompyuterning ilk muqobili hisoblanadi. Oʻnlab yillar davom etgan tadqiqotlardan soʻng, olimlar ushbu mexanizm quyosh oyning holati,ularning tutilishi, sayyoralar harakatini koʻrsatishi hamdaolimpiya óyinlari kunni kabi muhim voqea va hodisalarni hisoblash qobiliyatiga ega ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Bu mexanizmning analoglari to Yyevropada uygonish davri yaʼni Reniysans davri kelmaganga qadar bólmagan ekan.
Birinchi real super kompyuter 1978-yil Seymur Cray tomonidan yigilgan. Bu kompyuterning nomi Cray-1 edi, unga keyinchalik supe rkompyuterlar otasi deb taxallus berilgan edi. Mashina kuchining eng yuqori koʻrsatkichi 133 MFLOPSni tashkil etardi. Shuni taʼkidlash joizki hozirda hattoki eng arzon telefonlarning hisoblash kuchi 7-10 GFLOPSni tashkil etadi. Bu esa undan 50 baravar koʻproqdir. Bugungi kunda super kompyuterlar yaratilishda faqat yirik davlatlar tadqiqot institutlari hamda qudratli kompaniyalari ishtirok etmoqda, chunki qurilmalarni qurish uning texnik ishini,elektr taʼminotini, yuzlab xoldimlarni ishini taʼminlash juda qimmatga aylanadi. Hozirda bunday super kompyuterlar soni va kuchi boʻyicha Xitoy,AQSH,Yaponiya Germaniya va Fransiya yetakchilik qilmoqda.
Yuqori samarali kompyuterlar yaʼni superkompyuterlar nima uchun kerak ? Bugungi kunda super kompyuter texnologiyalari bir qator muhim masalalarni yechimini topishga yordam beradi. Mana misol uchun AQSHda har yili kamida ikki marta halokatli tarnadolar sodir boladi. Ular óz yólidda shaharlarni supirib vayronalarga aylantiradi. Ularga qarshi kurashda AQSH byudjetining muhim qismi sarf etiladi. Oxirgi yillar davomida bir gina Florida shtati tarnado oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 mlrd dollar uchun sarflagan ekan. Shuning uchun hukumat tarnado ularning qayerda hamda qaysi hududlardan oʻtishni oldindan bashorat qilish uchun pul ayamaydi. Bu tabiiy ofatlarni bashorat qilish uchun tadqiqotchilar suniy yoldosh va yerdagi obu-havo dan olingan barcha maʼlumotlarni jamlab super kompyuterlarda hisoblash ishlarini amalga oshirishadi. Bu amalning qiyinchiliklardan biri bu-vaqt.Unda barcha hisob-kitob ishlari bor yoģi 4 soatdan ortiq davom etmasligi kerak, aks holda maʼlumotlar realdagi bilan toʻgʻri kelmaydi. Barcha qilingan ish esa zoya ketgan boladi. Shuning uchun bu ishni faqat super kompyuterlar amalga oshira oladi. Ular esa qancha kuchli boʻlsa, hisoblash ishlari ham shuncha tez bajariladi. Bugungi kun super kompyuterlarsiz na faqat obu-havo balki sesmik bashoratlar neft va gaz qazib olish sanoati,avtomobil sanoati,elektron qurilmalar, farmakologiya,yangi materiallarni sentizi va boshqa koʻplab muhim sanoat ishlarini tasavvur qilib boʻlmaydi. Masalan fort avtokonserni olaylik oʻz avtomobillarini sinovlardan oʻtkazish uchun krash testlar otkazadi. Unda yangi rusum avtomobil prototivlari beton devor bilan toʻqnashadi, shu orqali natijalar va zaruriy parametrlar oʻlchanadi. Barcha parametrlarni aniqlash uchun taxminan yuz 150ta real avtomobil kerak. Bu esa kompaniya uchun chamasi 60 million dollar sarf xarajatdir. Lekin super kompyuter modellashtirish hisoblarining yordamida kompaniya real mashinalar sonini 10 baravar gacha kamaytiradi va bu ancha pulni tejash imkoniyatini beradi. Shunday qilib koʻrib turganingizdek super kompyuterlar haqiqatdan ham insoniyat uchun kerak ekan. Yuqori samarali kompyuterlar qanday qurilmalardan tashkil topgan?
Zamonaviy super kompyuterlar odatda yuqori, samarali server kompyuterlarning bir-biriga yuqori tezlikda ulangan jamlanmasini tashkil etadi. Bunday super kompyuterlarda, mingdan ón minggacha maxsus pricessorlar oʻrnatilgan boʻlib, kompyuter samarali ishlash uchun maxsus dasturiy taʼminot va maksimal miqdorda operativ hamda disk xotirasiga ega boladi. Albatta oʻz-oʻzidan bunday kuchli kompyuterlar koʻp elektr energiyasini sarflaydi.Misol uchun dunyodagi eng kuchli kompyuterlardan biri bólgan Tyanhe-2 kichik bir shahar isteʼmol qiluvchi energiyaga muhtoj ekan.
Xósh dóstlar biz kompyuterlarning tarixi ularning tuzilishi va qanday maqsadlarda ishlatilishini bilib oldik. Endi keling dunyodagi TOP500 eng kuchli super kompyuterlar qaysilar ekanligini bilib olamiz.
TITAN nomli super kompyuteri gʻarbdagi eng mashhur super kompyuter u Tenisedagi OAK RIG milliy laboratoriyasida joylashgan. Uzoq vaqt davomida dunyodagi eng kuchli super kompyuter edi, ammo yillar otib hozirda beshinchi oʻrinda. Ushbu super kompyuter Cray kompaniyasiga tegishli.Uning ishlash tezligi 17,59 PFLOPSga teng. Soatiga bu Mega kompyuter 8,2 MVatt elektr energiyasini sarflaydi. Hozirda Cray-TITAN yoqilģi yoqish jarayonlari, tabiiy materiallar, yadroviy energiyasi va iqlim oʻzgarish tadqiqotlari bilan shugʻullanadi.
4-oʻrinda Yaponiyadagi GYOUKOU super kompyuter tizimiga tegishli dunyodagi barcha super kompyuterlar orasida bu tizim eng koʻp yadroli kompyuter hisoblanadi. Unda taxminan 19 mln.860000 mikro yadrolari mavjud. Shunisi qizikkiy ushbu processorlar yoģli suyuqlik bilan tóldirilgan maxsus reziwarlarda sovitiladi. Bu super kompyuterning ish kuchi 19 PFLOPSga teng. Shuningdek GYOUKOU kompyuteri dunyodagi 10ta energiya samaradorligi bóyicha eng tejamli super kompyuterlar safiga kiradi. Uning ishini taminlash uchun 1.3 MVatt energiya quvvati kerak bólar ekan. Hozirgi kunda bu super kompyuter óz ishini tóqtatti.
PIZ DAINT Shvicariya va qolaversa Yevropaning eng kuchli hamda dunyodagi 3-super kompyuteri hisoblanmoqda. 2016-yilda bu kompyuter butunlay maternizaciyadan ótdi. Buning natijasida super kompyuter óz samaradorligini 3 barobarga oshirishga muvaffaq bo ʼldi. Hozirda bu kompyuterning ish tezligi 19.5 PFLOPSni tashkil etadi.Piz Daint tizimining asosiy ishlash sohasi bu biologiya, tibbiyot va yangi kashfiyotlardir. Yaqin yillarda ushbu super kompyuterni olimlar katta ADRON KOLAYDIR ga ulashni rejalashtirmoqdalar. Dunyoda 2 ta eng qudratli super kompyuterlar hozirda Xitoyga tegishli, sobiq birinchi va hozirgi ikkinchi eng kuchli superkompyuter IN SPUR kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. TIANHE-2 Chanche shahrining mudofa texnologiyalari universitetida oʻrnatilgan. Uning bugungi kundagi ish tezligi 33.86 PFLOPSni tashkil etadi. Bunday ulkan ish tezligini Intel kompaniyasining XEON processorlari taʼminlaydi. Bu processirlarning jami boʻlib 3 milliondan oshiq yadrolari mavjud. TIANHE-2 super kompyuteri dunyoda eng koʻp energiya sarflovchi kompyuterdir. U 18 MVatt elektr energiya quvvatini isteʼmol qiladi. Hozirda ushbu supe rkompyuter xavfsizlikka oid barcha maʼlumotlar va kashfiyotlarni tahlil bilan bantdir.
Va nihoyat birinchi raqam dunyodagi eng kuchli super kompyuter bu Buhiy shahrida milliy superkompyuterlar markazida joylashgan SUNWAY TAIHULIGHT super kompyuter tizimi hisoblanar ekan. Ushbu kompyuterning tezligi 93 PFLOPSni tashkil etadi. Bu esa koʻrib turganingizdek uning raqobatdoshlaridan uch barobar koʻproqdir. Bunday yuqori koʻrsatkichlarga erishish uchun Xitoyliklar yangi maxsus serverlar uchun moʻljallangan RISC processorlarni ishlab chiqarishdi. SUNWAY TAIHULIGHT yadrolarning umumiy soni 10 mln.dan oshiqdir.Bu super kompyutrning operativ xotirasi eesa rekoord darajadagi 1.3 EksaBayt yaniy 1.3 mlrd.GBaytni tashkil etadi. Ushbu superkompyuterlar ishini taʼminlash maqsadida 15 MVatt elektr energiya sarf etiladi. SUNWAY TAIHULIGHT ularning asosiy tadqiqot yonalishlari iqlim ishlab chiqarish sanoati farmakologiya yer osti va ustki tizimini simmulaciya qilish va shu bilan birga neft va gazlarni qidirishdir. Shunday qilib top500 dunyodagi eng tez ishlovchi super kompyuterlari róyxatida xitoy aqshni ortda qoldirmoqda. Super kompyuterlar soni boyicha mamlakatlarda bunday koʻrinishga ega Xitoy AQSH Yaponiya Germaniya Fransiya hamda Angliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |